Hujjatlarni davlat va nodavlat tashkilot hamda idoraviy arxiv va arxivlarda saqlash uchun topshirishga tayyorlash
Download 12.38 Kb.
|
Hujjatlarni davlat va nodavlat tashkilot hamda idoraviy arxiv va-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxiv hujjatlarini saqlash
- Fuqarolarning shaxsiy arxivlari
Idoraviy arxivlarda hujjatlarIdoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak. Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi asosiy manbadir. Arxiv hujjatlarini saqlashArxiv hujjatlarini saqlash – arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar majmui. Hujjatlarni saqlash – har bir arxivning asosiy vazifalaridan biridir. Hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish deganda, “keraksiz qog`ozlardan qutulish” emas, balki ulardan ma’lum muddat – 3, 5, 10, 25, 40, 75 yil, asrlar davomida ma’lum qiymatga ega ekanligida foydalanish tushuniladi. Va saqlanish muddati davomida hujjatlar o’g`irlikdan, layoqadsizlik oqibatida yo’qolish, salbiy sharoit tufayli yo’q bo’lishdan, hujjatning fizik asosi buzilishidan ( qog`oz, plyonka va boshqa. ) va hujjatdagi matnni o’chib ketishidan saqlash zarur. «Arxiv ishi to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining “Arxiv hujjatlarini saqlash” to’g`risidagi 23-moddasida shunday deyilgan: “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini saqlash ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Fuqarolarning shaxsiy arxivlariHar bir shaxsning hayoti va faoliyati davomida uning ixtiyorida ma’lum hujjatlar to’planadi. Bu hujjat va materiallar o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lsa-da, ularda davlat ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy arxivi fondiga kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaxsiy arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan xolda davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar (vaqtincha) asrovga olinishi mumkin. Download 12.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling