Maxsus tarix fanidan


Download 43.13 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi43.13 Kb.
#1601062
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SOVET DAVRIDA O’ZBEKISTONDA ARXIV ISHI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAB\N VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
TARIX KAFEDRASI

MAXSUS TARIX FANIDAN



KURS ISHI

MAVZU: SOVET DAVRIDA O’ZBEKISTONDA ARXIV ISHI




BAJARDI: ______________

TEKSHIRDI : ______________

URGANCH- 2023


KIRISH
I BOB. O’zbekistonda arxiv ishining tarixi
1.1. 1925-1990 yil davrida O'zbekistonda tashkil etilgan arxivlar, ularning asosiy maqsadlari va faoliyati.
1.2. O'zbekiston arxivlarida saqlanadigan hujjatlar. Arxivlarda qanday turlarda hujjatlar saqlanadi (rasmlar, xatlar, muzokaralar, sharhlar va boshqalar).
II BOB. Arxiv ishi va davlat siyosati
2.1. Arxivlar va ularning ijtimoiy ahamiyati. O'zbekistonda arxivlar o'zida nimalar saqlanadi va ularning ijtimoiy ahamiyati qanday?
2.2. O'zbekistondagi arxiv ishi yuritish tizimlari. O'zbekistonda hozirgi kunda arxiv ishi yuritish tizimlari qanday ishlaydi, arxivlarga qanday kirish mumkin?
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
1924-yilda O‘rta Osiyoda milliy-hudidiy chegaralanishi o‘tkazilishi natijasida sovet respublikalari tashkil qilindi. Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda bo‘lindi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari O‘rta Osiyo Markaziy davlat arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo‘ldi. Turkiston Respublikasining Yagona davlat arxivi fondi shu tarzda bo‘linib ketdi.[1] 1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MITK huzurida O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil topgan barcha viloyat arxiv fondlari O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek, O‘rta Osiyo ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari ham O‘rta Osiyo markaziy davlat arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi, chunki ushbu O‘rta Osiyo arxiv fondlari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. O‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 22-iyul qarori bilan “O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra, respubikada Yagona davlat arxiv fondi (YaDAF) tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy arxivlar kiritildi, deb ko‘rsa- 133 tildi. Viloyatlarda viloyat arxiv byuro’lari (1925-yilda -Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon, 1926-yilda – Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo) tashkil qilindi. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida va Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga olib borib topshirdilar. 1925-yil yanvar oyining o‘zida Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari topshirildi. Davlat arxivlarini arxiv materiallari bilan butlash ishlari olib borilishi barobarida 1925-1929-yillarda 134 ta arxiv fondi qabul qilindi. 1929-yili Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 863 ta arxiv fondi va 764 ming yig‘ma jild qabul qilgan.[2] Viloyatlar arxivlarida 924 ta arxiv fondi va 994 ming yig‘ma jild saqlangan. 1930-yil 9-apreldagi O‘zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Sovet davri arxivlarining ko‘payib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori asosida 1929-yil aprelda Davlat arxiv fondi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv fondlariga hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy va mahalliy arxiv fondlariga bo‘lindi. 1931-yil 20-mayda O‘zSSR MIK O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risida nizom haqida qaror qabul qildi. O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va Markaziy davlat tarix arxivi tashkil qilindi. 1934-yil iyulida SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy arxiv boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi.[3] 1945-yilda bu arxiv tugatildi va barcha arxiv fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya markaziy davlat arxiviga topshirildi. 1939-yili respublika arxiv tashkilotlari O‘zSSR MIK huzuridan O‘zSSR ichki ishlar xalq komissariati (IIXK - NKVD) qaramog‘iga o‘tkazildi. Shu munosabat bilan O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi o‘rniga O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissariati Arxiv bo‘limi tashkil qilindi. Arxiv ishlarini takomillashtirish sari qo‘yilgan qadamlar natijasida 1936-yilga kelib respublika arxivlarida 1534 ta arxiv fondlari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941-yilga kelib fondlar soni 4116 taga yetdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. 134 Urush yillarining og‘ir damlariga qaramay respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zSSR XKSning 1943-yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-fotofono-hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil qilindi.


Download 43.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling