Hujjatlarni nusxalash vositalari
Download 233 Kb.
|
1404126351 50937
Planshetli rizograflar ham varakli, ham broshyuralangan materiallardan nusxa ko’chirish imkonini beradi. Lekin ularning ba’zilari (KA seriyalisi) asl nusxani avtomatik berib turmaydi.
Rizograflar bezakli ishlar uchun dizaynerlik paansheti bilan ta’minlanadi. Bu planshet yordamida asl nusxani kaychisiz va elimsiz maketlash mumkin va nusxani asl nusxadan yaxshiroq qilib bezash mumkin. Planshetga joylashtirilgan asl nusxaga maxsus qalam bilan o’zgartirilishi kerak bo’lgan maydonni belgilash va har bir maydon uchun qayta ishlash turini ko’rsatish mumkin. Asl nusxaga belgi qo’yib chiqish muloqotli rejimda olib boriladi, bunda hamma maydon planshet displeyida aks ettiriladi. 2-jadval Rizograflarning texnik tavsiflari
Maydonlarni qayta ishlash turlari: rangli ajratish; asosiy rangni bo’yash; o’rin almashtirib tasvirlash: konturli shrift; maydonni chikarib tashlash; fakat belgilangan maydonni bosish; maydonni aks ettirishning matnli rejimi; maydonni aks ettirishning fotorejimi. Rizograflardan samaraliroq foydalanish uchun ularni xujjatlarni kompyuterli qayta ishlash va keyin bosish uskunalari bilan bitta kompleksga, masalan, 3-rasmda ko’rsatilganidek birlashtirish maqsadga muvofiqdir. RIPZOO interfeysi yordamida parallel port orqali rizografni kompyuterga ulash mumkin. Bu interfeys ixtiyoriy rizografni (RA seriyasidan tashqari) ajratish qobiliyati 400 dpi bo’lgan yuqori sifatli skanerga aylantirish imkonini beradi; bu kompyuterga tasvirni uzatish, uni taxrir kilish (xattoki, shriftlarni tanlash va masshtablashgacha) va keyin rizografda bosish imkoniyatini beradi. YAna ixtiyoriy matnli proсessor yordamida istalgan xujjatni tayyorlash va minutiga 130 nusxa tezlik bilan rizografda chop etish mumkin. Shunday qilib, rizograf tezkor matbaa vositasi bo’lib, o’zining aniq belgilangan matbaa o’rniga ( 20 dan 10000 nusxagacha) ega; uning doirasida, ixtiyoriy reprografiya va matbaa vositalari bilan jiddiy raqobatlashadi. Rizograf ekologik tozadir, maxsus tayyorlangan xona va xodimlarni talab etmaydi; rizograf tarmoqqa ulangandan keyin ishga darhol tayyor bo’ladi. Rizografiya sifati va qulay texnologiyasi tufayli sizning o’zingizga hamma kerakli matbaa mahsulotini, tashrif kog’ozlari, blanklar, reklamali prospektlar va texnik xujjatlardan tortib to davriy jurnallar, risolalar va kitoblargacha eng yuqori sifat bilan oson ko’paytirish imkonini beradi. Amaliyotda siz bosmaxona xizmatiga murojaat etmaysiz, negaki rizograf, zamonaviy matnli proсessor bilan ta’minlangan kompyuter bilan birgalikda ixtiyoriy matbaa materialini terish, taxrir qilish, bosish va ularning tiraji hattoki juda katta bo’lganda ham tezkor ko’paytirish imkonini beradi. Download 233 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling