Noshirlik ishiga oid davlat hujjatlari


Download 20.96 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1468056
  1   2   3
Bog'liq
Robiya. muqovalash--8--


NOSHIRLIK ISHIGA OID DAVLAT HUJJATLARI.
REJA:

  1. Noshirlik ishi haqida.

  2. Davlat hujjatlari.

  3. Noshirlik haqida qonunlar.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng noshirlik ishida keskin oʻzgarish boʻldi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30-avgust) huquqiy asos boʻldi. Mazkur qonun asosida noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda mustaqil faoliyat yuritadigan boʻldi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan va litsenziya olganidan keyin N. faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlishdi. Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazish bekor qilindi. Matbaa mahsulotini shartnoma asosida tarqatish joriy etildi. Nashriyotlar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, haridorgir kitoblar nashr etishga harakat qila boshladilar.


Kitob mahsulotlari mazmun-mundarijasini belgilashda ularga toʻla erkinlik berildi. Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oʻzbek tilidagi kitoblar salmogʻi oshdi. Amir Temur mavzui, buyuk mutafakkirlar, diniy, milliy qadriyatlar bilan bogʻliq oʻnlab kitoblar chiqarildi. Bolalar adabiyoti, ilmiy adabiyotlar nashriga, istiqlol, milliy tafakkur gʻoyalari singdirilgan, sharqona odob-axloq, birodarlik, milliy gʻururni koʻtarishga undaydigan adabi-yotlarga, maktab darsliklari nashriga alohida eʼtibor berildi. "Oʻzbekiston" nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning iqtisodiy islohotlar, ularni amalga oshirish yullari, mamlakat ijtimoiy va maʼnaviy hayotni soglomlashtirish, milliy qadriyatlarni tiklash, anʼanalarni boyitish va shahrik.ga ba-gʻishlangan dasturilamal kitoblari nashr etildi (yana qarang Kitob).
Kitob va b. bosma mahsulotlar nashr etishda nashriyot muallif bilan tegishli shartnoma — nashriyot shartnomasini tuzadi. Unda muallif kitob qoʻlyozmasini maʼlum muddatda topshirish majburiyatini, nashriyot esa uni nashr etish, tarqatish (ayrim hollarda bu majburiyatni olmaydi) va muallifga tegishli haq (gonorar) toʻlash majbu-riyatini oladi. Shartnomada kitobning adadi, chop etish muddati va b. majburiyatlar ham koʻrsatiladi.
Nashriyot faoliyati markazida muharrirlik turadi. Muharrir nashriyot chiqarmoqchi boʻlgan kitob qoʻlyozmasini dastlab oʻqib chiqib, oʻz xulosasini beradi: tahrir uchun qabul qiladi; kamchiliklarini koʻrsatib qoʻlyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman tahrirga noloyiq topadi. Muharrir koʻlyozmani tahrir qilishda ijtimoiysiyosiy, ilmiy va adabiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini sakdagan holda kitobning mazmuni va shak-lini takomillashtirishga qaratilgan muayyan bilim va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo va b. grammatik xatolarni tuzatadi. Muharrir tahrir qilingan qoʻlyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot rassomi (badiiy muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda texnik muharrir bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar joylashtiriladi, qoʻlyozma yoki terilgan matn sahifalanadi va h.k.
Nashriyotda tayyorlangan qoʻlyozma nashriyot (buyurtmachi) va bosmaxona (buyurtmani bajaruvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun mat-baaga topshiriladi.
Oʻzbekiston noshirlik ishiga rahbarlik qilib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002-yil 3-iyul)ga binoan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab chiqarish-texnika bazasini rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda sertifikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasida quyidagi nashriyotlar kirgan: "Oʻzbekiston", "Oʻqituvchi", "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, "Choʻlpon", "Mehnat", Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "Ijod dunyosi" nashriyot uyi, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Ibn Sino nomidagi nashriyot, "Oʻzblanknashr". Bulardan tashqari, "Shark" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaa markazi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning "Fan" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Adolat" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashining "Maʼnaviyat" nashriyoti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining "Movarounnahr" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining "Akademiya" nashriyoti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent Islom universiteti va b. yirik oliy oʻquv yurtlarining nashriyotlari faoliyat koʻrsatadi, shuningdek, xususiy, viloyat^ nashriyotlari ham noshirlik ishi bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida jami 58 nashriyot, 800 dan ziyod yirik va kichik bosmaxona roʻyxatdan oʻtgan (2003).

Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling