Talim faoliyatlarida didaktik o’yinlar, ko’rgazmali materiallardan keng foydalanish yo’llari reja: Kirish Asosiy qism
Download 54.91 Kb.
|
Talim faoliyatlarida didaktik o’yinlar, ko’rgazmali materiallardan keng foydalanish yo’llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ASOSIY QISM Talim faoliyatlarida didaktik o’yinlar, ko’rgazmali materiallardan keng foydalanish yo’llari
- Foydalanilgan adabiyotlar
Talim faoliyatlarida didaktik o’yinlar, ko’rgazmali materiallardan keng foydalanish yo’llari REJA: Kirish Asosiy qism I Bob Bolalarda nutq kamchiliklari va uni bartaraf etish usullari 1.1 Ta‘lim faoliyatlarida didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish yo‘llari 1.2 O’yinning maktabgacha ta`lim muassasasi pedagogik jarayonidagi o’rni II Bob Nutq o’stirish mashg’ulotlarida ko’rgazmalardan foydalanish 2.1 Qoidali o’yinlar. Didaktik o’yin turlari 2.2 Bola tarbiyasida o’yinchokning ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ASOSIY QISM Talim faoliyatlarida didaktik o’yinlar, ko’rgazmali materiallardan keng foydalanish yo’llari Ilg'or texnologiyalarning keng o'zlashtirilishi, uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o'quvchilarning musiqa qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda musiqiy ta'limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda musiqiy ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalari va zamonaviy o'quv - uslubiy majmualarning yaratilishi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda bo'lajak musiqa o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos bo'lmoqda. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimining birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, alohida qayd qilib o'tgan1. 1 Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining WWW.OPENSCIENCE.UZ 741 I M^^BI Bu o'z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi didaktik o'yinlardan foydalanish bo'lajak musiqa o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o'yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bu o'yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Musiqiy ta'lim tarbiya jarayonida asosan talabalarda musiqiy ta'lim olish motivlarini ularning turli yo'nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan musiqa o'qituvchi kasbga moyilliklarini ko'rsatadigan didaktik o'yinlardan foydalaniladi. Didaktik o'yinlar nazariy, amaliy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishlar bo'yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o'yinlardan foydalaniladi va alohida o'ringa ega bo'lib bormoqda. Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o'yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o'yinlar musiqiy ta'lim - tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o'ringa ega. O'yinlar maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak musiqa o'qituvchilarni va olimlar tomonidan shu yosh davridagi o'yinlarning musiqa ta'lim - tarbiyaviy ahamiyatini o'rganish va yanada oshirish bo'yicha tadqiqot olib borishiga asos bo'ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so'ngra boshqa G'arb mamlakatlarida ishchanlik o'yinlari qo'llanila boshlandi. Ishchanlik o'yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta'lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o'yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 - yilda A.F.Osborn qo'llagan. Bu usulni g'oyalar banki deb ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi: - muammoli vaziyat yaratish; - g'oyalarni shakllantirish; - eng yaxshi g'oyalarni tekshirish, baxolash va tanlash. Ishchanlik o'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni hal etish jarayonida o'quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish mashqi. Ro 'lli o 'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni o'rganishda o'quvchilarga oldindan ma'lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro'lni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi. garovi. (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiya qabul qilinganinig 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza.T., 2017 y. 22 bet WWW.OPENSCIENCE.UZ 742 I M^^BI Teatrlashtirilgan dars - dars mavzusi bilan bog'liq sahna ko'rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo'yicha chuqur, aniq ma'lumotlar berish darsi. Kompyuter darsi - tegishli o'quv fani bo'yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o'quv kursi va shu kabilar ) asosida o'tiladigan dars. Kim oshdi savdosi darsi - o'quv fani ayrim bo'limi bo'yicha bilimlarni har bir o'quvchi qanchalik ko'p bilishini namoyish etish darsi. Yamarka darsi - dars mavzusini bo'laklar bo'yicha oldindan o'zlashtirish o'quvchilarning o'zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o'tiladigan dars. Tayanch tushunchalar darsi - o'quvchilarning musiqa savodi faoliyatidan tayanch tushunchalarni puxta o'zlashtirishlari bo'yicha turli o'yinlar shaklidagi mashqlar o'tkazish darsi. O'yin darsi - dars mavzusiga mos o'yin orqali o'quvchilarning o'zlashtirishlarini tashkil etish darsi. Sud darsi - o'quvchilar bilan dars mavzusiga mos "sud" jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi. Konsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash mashqlari bo'lib, o'quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi. Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi - dars mavzusini oldindan puxta o'rgangan o'quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo'lib, bunda o'quvchilar dars mavzusini o'zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar. Integral (integratsiyalangan) dars - bir nechta(musiqa, tarix, adabiyot va h.q.) fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo'lgan mavzular bo'yicha tashkil qilingan dars bo'lib, o'quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib musiqiy ta'lim jarayonidagi faolliklarini taminlaydi. Bunday darslar o'quvchilarga fanlararo bog'liqlikni o'rgatish orqali ularda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi. Mo'jizalar maydoni darsi o'quvchilar bilan o'tkaziladigan qiziqarli o'yinlar bo'lib turli savollarga belgilangan vaqt davomida to'g'ri javoblar topish va g'oliblarni rag'batlantirish orqali o'quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik, bilimlarni kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni talabalarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli- rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yinli, konfrensiyalar o'yin mashqlariga ajratish mumkin. O'qituvchi - pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi) so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqandan so'ng esa ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg'ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim. O'qituvchi - pedagog didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishda qizg'in tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi: 1. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi; 2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib, ular o'yin davomida hal qilishi; 3. Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq normalariga mos kelishi; 4. O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi; 5. Mashg'ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar orasida konfrensiya mashg'ulotlari ham muhim o'rin tutadi. Konfrensiya mashg'ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo'shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarni ortirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg'ulotlarini talabalarning bilish faoliyatni faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarni ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg'ulotini o'tishdan oldin mashg'ulot mavzusini maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo'shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko'zdan kechiriladi. Mashg'ulotni o'tishdan bir hafta oldin mashg'ulot mavzusi elon qilinib unga tayyorgarlik ko'rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg'ulotda "Olimlar" ro'lini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, maruza tayyorlash talabaning ixtiyorida bo'ladi. Ilmiy konfrensiya mashg'ulotini quyidagicha o'tkazish tavsiya etiladi. Didaktik o'yinlarni tanlashda o'quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib qoidalariga rioya qilinadi: 1. Didaktik o'yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o'quvchilarning yosh xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi; 2. Tanlangan har bir o'yin o'quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo'lib yetishishiga va ruhan tetik o'sishiga qaratilgan bo'ladi; 3. Didaktik o'yinlarni tanlashda musiqiy ta'limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib olinadi. Didaktik o'yinlar musiqiy ta'lim mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridan biri. U o'quvchilarda o'qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat qiladi. Didaktik o'yin - ta'lim beruvchi usul bo'lib, bu usul muayyan ta'limiy maqsadlarga erishishga yani o'tilgan o'quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik o'yinni o'tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: musiqa nazariyasi misollar o'yinida musiqa savodini mustahkamlashdan iborat bo'lgan didaktik topshiriq qo'yiladi. Didaktik topshiriq musiqa darsga qo'yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o'yinning ham, har qanday o'yindagi singari qoidalari bo'ladi. O'sha qoidalarga amal qilinmasa o'yinning o'yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o'yinning musiqiy ta'lim tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo'qoladi. O'yin qoidalari o'yin topshirig'iga kiritiladi. O'yin topshirig'i -musiqa o'qituvchining bolalarga o'yinning qanday o'ynalishini, kim g'olibligini aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o'yin o'z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o'yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi. 1. O'yin qoidalari. O'yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o'yin maqsadidagi mos holda o'quvchilar faoliyatini tartibga solish uchun kerak bo'ladi; 2. O'yin mazmuni o'quvchilarning bajarishi kerak bo'lgan harakatlari bilan aniqlanadi, musiqa darsida bu harakatlar ko'proq musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqaga mos harakatlarni bajarish, jamoa bo'lib kuylash, bolalar cholg'u asboblarda jo'r bo'lish faoliyatidan iborat bo'ladi. O'yin jihozi o'yinni o'tkazish uchun kerak bo'lgan texnik vositalar, musiqa cholg'u asboblari, kartochka va ko'rgazmalardan iborat; 3. O'yin natijasi. Qo'yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija o'quvchilarni qoniqtirishi kerak . Har bir didaktik o'yin jarayonida o'ziga hos vositalar turlari qo'llaniladi va mashg'ulot jarayonida ulardan to'gri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin. - konselyariya tovarlari - turli o'lchamlardagi oq va rangli qog'ozlar, skoch, flomasterlar, ruchka, qalam, chizg'ichlar, qaychi, yelim va boshqalar. - texnika vositalari - proektor, mikrofon, kompyuter, video kamera, video magnitafon, televizor va boshqalar. - musiqa cholg'u asboblari - fortepiano, rubob, dutor, doyira, nog'ora va boshqalar. - mahalliy - tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar. Didaktik o'yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni taminlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki didaktik vositalarning sifati, ko'zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to'g'ri foydalanish musiqa darslar samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Didaktik o 'yin turlarini tanlash mezonlar: - ishtirokchilar tarkibi bo'yicha - o'g'il bolalar, qiz bolalar, o'smirlar, katta yoshdagilar uchun o'yinlar; - ishtirokchilar soni bo'yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o'yinlar; - o'yin jarayoni bo'yicha - fikrlash, o'ylash, topag'onlik, harakatlar, musoboqa va boshqalarga yo'naltirilgan o'yinlar; - vaqt meyori bo'yicha - dars, mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan qismi, o'yin maqsadiga erishguncha, g'olib yoki g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o'yinlar. Didaktik o'yin turlarini tanlash mezonlari: 1-rasm. Didaktik o'yin turlarini tanlash mezonlari Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki, musiqa ta'limi tizimida didaktik o'yinlardan foydalanish bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarning muloqot qilish ko'nikma va malakalarini, o'zaro yordam ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantiradi va o'quvchilarning bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi. Tilning kichik va yirik birliklari; matn – tilning eng yirik birligi; matn mazmuni; matn ma`nosi; matnda integraciya; axborot va retrospekciya kategoriyalari; matn tarkibi; matnda mikrotema va makrotemalar; epigrafik matnlar; sfragistik matnlar; numizmatik matnlar; paleografik matnlar; og`zaki va yozma matnlar; ommaviy muloqot vositalar matn turi sifatida. XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilni ng rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni oladi: Matn tilshunosligi. Sociolingvistika. Psixolingvistika. Lingvistik pragmatika. 1. Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzac (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi. Matn tilning eng katta birligi sanaladi. Matnni tilning birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq boshlangan edi. Bu o`rinda A.M.Peshkovskiyning “Russkiy sintaksis v nauchnom obshenii” (1934), V.V.Vinogradovning “O xudojestvennoy proze” (1930), L.A. Bulaxovskiyning “Kurs russkogo literaturnogo yazika” (1952) kabi asarlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Chunki xuddi ana shu tadqiqotlar uning muallifi o`ziga xos lisoniy xususiyatlari singari muammolarni o`rganishni boshlab berdi. Hozirgi tilshunoslikda matn atamasiga turlicha ta`riflar berilmoqda. Masalan, tilshunos olim P.Gironing fikricha, matn o`zaro bog`langan birliklar butunligi bo`lib, bu butunlikni tashkil etuvchi belgilar ishoralar uslubiy taassurotni ifodalash maqsadida bir-biri bilan munosabatga kirishib yagona sistemani tashkil etadi. Matnga aniq, to`g`ri ta`rif berish uchun uning xususiyatlarini belgilash lozim. Tilshunos S.Todorovning aniqlashiga ko`ra har qanday matn uch xususiyatga ega: a) jarayon, b)sintaksis xususiyat, v)semantik xususiyat. Matn aniq gaplardan tashkil topadi, bu esa matnning jarayon ekanini isbotlaydi. Matnning sintaktik xususiyati deyilganda matnni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi o`zaro bog`lanish tushuniladi. Matnning semantikasi esa uning mazmunini o`zida ifoda etadi. Demak, matn ma`lum sistema asosida tuzilgan, o`z mazmuniga (semantikasiga) ega bo`lgan, tugllangan nutqiy faoliyat mahsulidir. Matn tilshunosligida matn mazmuni va matn ma`nosi atamalari o`zaro farqlanadi. Ma`lum bir matndan o`rin olgan ma`lumot yoki axborot matnning mazmunidir. Matnning ma`nosi esa matn birliklari (gap, sintaktik butunlik, abzac) ga xos axborotdir. Matnning mazmuni unda ifodalanayotgan axborotning uzil-kesil yakunlanganligi bilan bog`liqdir. Matn ma`nosi esa tugal fikr anglatsa ham o`sha fikrning yana davom etishini taqozo etadi. Bundan ko`rinadiki, gap va matn o`rtasidagi asosiy farq yakunlanganlikning mutlaqligida tugallanganlikning esa nisbiyligidadir. Matn o`ziga xos grammatik kategoriyaga ega: a) ma`lumot (axborot) kategoriyasi tabiat, voqea-hodisa, ish-harakat kabilarni ifoda qilish, ular yuzasidan u yoki bu darajada fikr yuritishni anglatadi; b) integraciya kategoriyasi – bu kategoriya matn birliklari orasidagi uzviylik, bog`liqlik, aloqadorlik kabi munosabatlarni ko`rsatadi; v) retrospekciya kategoriyasi – bu kategoriya matn orqali ma`lum qilinayotgan voqea-hodisani ketma-ket, izchil hikoya qilish orqali ro`yobga chiqadi. Matn nutqiy faoliyatning bir butun mahsulidir. Uni ana shunday mahsulot ekanligini ta`minlashga xizmat qiluvchi kategoriya matn tilshunosligida integraciya (lotincha to`ldirmoq) kategoriyasi deb yuritiladi. Umuman integraciya kategoriyasi matnning yakunlanishi bilan bog`liq kategoriya sifatida ko`rinadi. Matnshunoslik bilan shug`ullanuvchi ayrim olimlar integraciya va kogeziya atamalarini bir-biridan farqlaydilar. Kogeziya matn qismlari orasidagi bog`liqlikni grammatik, semantik va leksik vositalar bilan ta`minlashni anglatadi. Integraciya kategoriyasi esa matnning bir butunligini ta`minlash maqsadida ularni birlashtirishni ifoda etadi. Demak, kogeziya mantiqiy kategoriya bo`lsa, integraciya psixologik kategoriya sanaladi. Uzil-kesil, tugal fikr anglatish matnning asosiy xususiyatidir. Har qanday matn (u yozma bo`ladimi, og`zaki bo`ladimi, qat`iy nazar) fikrlar yig`indisi bo`lib, o`zaro uzviy bog`langan mulohazalarni o`z ichiga oladi. Matnning chegarasini uni yaratuvchi shaxs (yozuvchi yoki bayon qiluvchi) belgilaydi, xolos. O`z oldiga qo`ygan amaliy maqsadiga ko`ra matn bir necha turlarga bo`linadi: yozma matnlar, og`zaki matnlar. Bu matn turlari o`z navbatida yana bir necha kichik guruhlarga, turlarga ajraladi. Masalan, og`zaki matnlar quyidagi turlarga bo`linadi: a) dialogik matnlar (suhbatlar), fol`klor (xalq og`zaki ijodi) matnlari, v) ovozalar (mishmishlar). Matnlarning har bir turi o`ziga xos xususiyati bilan, tarkibi va mazmuni bilan boshqa tur matnlardan ajralib turadi. Masalan, ertak, topishmoq, maqol, terma singari matnlar fol`klor namunalari bo`lsa-da, bir-biridan farqlovchi xususiyatlarga ega. Yozma matnlar tarkibiga kiruvchi monografiya, ilmiy maqola, ilmiy-ommabop maqola, taqriz, muammoviy maqola, risola singarilar turli farqlanuvchi belgilari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, ilmiy maqola muayyan masala jihatida avval ma`lum bo`lgan fikrlar muhokamasi bilan keyin muallifning shu masalaga oid yangi ilmiy qarashi bayon qilinadi hamda bu qarashlarning amaliy qo`llanishiga oid tavsiyalar beriladi, shu bilan ilmiy maqola matni yakunlanadi. Matn tarkibi uch qismga bo`linadi: a) ifoda qobig`i, b) matn mazmuni (semantikasi) v) matn grammatikasi. Matnning butunligini, yaxlitligini ta`minlab turuvchi narsa uning asosida yotgan asosiy g`oyadir. Bu g`oyani matn tilshunosligida makrotema deb ataydilar. Makrotemalar o`z navbatida bir qancha mikrotemalardan tashkil topgan bo`ladi. Mikrotemalar matnning asosiy g`oyasi, ya`ni makrotema orqali bir-biri bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Matnni tashkil etuvchi birliklar orasidagi bog`lanish presuppoziciya va implikaciya munosabatlari orqali amalga oshadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Har qanday yangi gap matn tarkibida oldingi gapni to`ldirib keladi va o`z navbatida yangi gapning tuzilishiga zamin hozirlaydi. Matn tarkibida gaplar ana shu tarzda zanjirsimon bir-biri bilan bog`lanib ketaveradi. Shu holat matn tilshunosligida presuppoziciya yoki implikaciya deb yuritiladi. Matnni tashkil etuvchilar orasidagi bog`lanishda gapning aktual bo`linishi imkoniyatlari muhim o`rin tutadi. Bu nazariyaga ko`ra, har qanday gap ikki qismga bo`linadi: a) eski axborot qismi – tema; b) yangi axborot qismi – rema. Yangi gapni matn tarkibida shakllantirishdan maqsad remani ifodalashdir. Gap esa faqat remadan tashkil topmaydi, ya`ni uning tarkibida tema ham bo`lishi kerak, chunki shu gap o`z temasi (eski axboroti) bilan oldingi gap yoki gaplar sistemasi bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, matn tarkibida gaplar ichida temalar va remalarning ana shunday almashinib kelishi matnning yaxlitligini, butunligini, o`zaro bog`lanishini ta`minlaydi. Matn tilshunosligining aniqlashiga ko`ra, rema quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi: a) noaniq artikllar; b) so`z tartibi (inversiya); v) mantikiy urg`u; g) yuklamalar; d) ayrim sintaktik konstrukciyalar. Temani ifoda qilishda quyidagi vositalar ishtirok etadi: a) olmoshning ayrim turlari; b) aniq artikllar; v) o`rin va payt ma`nolarini sinsematik ravishda ifodalovchi so`zlar(qachon –o`sha vaqtda, qaerda-o`sha erda kabi); g) ba`zi kirish so`z va iboralar (darhaqiqat, demak, xullas, zero kabi); d) so`z va gap tartiblari; e) matn g`oyasi bilan bog`langan etakchi so`zlarning qayta-qayta takrorlanishi va boshqalar. Har kanday matnning yaratilishi ma`lum bir amaliy maksadlarni ko`zda tutadi. Matnlar maqsadlariga kura bir-biridan farq qiladi. Shu jihatdan matnlarni quyidagi to`rt tipga ajratish mumkin: a) og`zaki matnlar, b) yozma (qo`lyozma), v) bosma matnlar, g) ommaviy muloqotga xos matnlar. Bu matnlarning xar biri o`z navbatida bir qancha mayda turlarga bo`linadi. Masalan, og`zaki matn: monolog, dialog (suhbat), ovozalar (mish-mish), fol`klor singari turlardan iborat. Yozma (qo`lyozma) matnlar to`rt turga bo`linadi: epigrafik matnlar – bunga peshlavhalar, ko`rsatkichlar kiradi. Masalan, NDPI, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, aeroport, talabalar yotoqxonasi kabilar. Sfragistik matnlar – bunga muhrlarga bitilgan matnlar kiradi. Numizmatik matnlar – pullar, tangalardagi yozuvlar. Paleografik yozuvlar – a) maktub, b) hujjat, v) ijodiy asarlar. Bosma matnlar qo`lyozma matnlarning mukammal ko`rinishi bo`lib, ular o`z navbatida adabiy matnlar va ilmiy matnlarga bo`linadi. Adabiy matnlarga badiiy asarlar kiradi, ilmiy matnlarning ham turlari xilma-xildir. Ommaviy mulokot vositalari matn tiplarining to`rtinchi ko`rinishidir. Bu matn vositalarining omma orasiga etib kelishida texnika vositalari (radio, televidenie, kino)ning roli beqiyos. Bu matnlar bir marta e`lon qilinadi, kayta tiklanadigan bulsa, unga qo`shimcha axborot ham qo`shilishi lozim. Bunday matnlar so`nggi yangiliklarni ommaga taqdim etadi (gazeta, jurnal, radio, televidenieda beriladigan asarlar). Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chikadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir kо‘rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni о‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bо‘lib, u yosh avlodning insoniyat tо‘plagan bilimlar, kо‘nikma va malakalar, meyorlar, qoidalar va boshqalarda rо‘y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma - xil vositalar, metodlarni, kerakli shart - sharoitlarni yaratishni о‘z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattlarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak - atrofdagi olam xaqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqshni uyg‘otish, aqliy malaka va kо‘nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni о‘z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda, aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir. Chunki aql his - tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bо‘lgan jarayonlar yig‘indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kenglgida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, munosabatlarda kо‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyen bо‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bо‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa о‘quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishiga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir kо‘rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni tо‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psihologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmining umumiy charchashiga sabab bо‘lishi mumkin bо‘lgan ortiqcha toliqtirish bо‘lmasligi yо‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini о‘rganish bilan shug‘ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psihologik-pedogogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini kо‘rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va kо‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak atrof tо‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bо‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina tо‘laqonli aqliy rivojlanish rо‘y beradi, shuning uchun о‘qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi -bolaga muayyan maqsadni kо‘zlab tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bо‘ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab kо‘radi, hidlaydi, tortib kо‘radi, nimagadir quloq, soladi. Shu tariqa asta - sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak atrofdagi buyumlar tabiat bolaning sezgi organlari - analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini sovuq - issiq, g‘adir - budur, silliq - yaltiroq, xushbuy va h.k. ni bilim olishda yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar tо‘g‘risida bilim, tajriba tо‘plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bо‘lib, sezgilar asosida hosil bо‘ladi. Bola olmani qо‘lida ushlab kо‘rib, qarab chiqib va yeb kо‘rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbо‘y, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator kо‘rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi. Analizatorlar bir vaqtning о‘zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini aniqroq hamda tо‘laroq bilish imkonini beradi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog‘idan boshlaboq aqliy jihatdan tо‘g‘ri tirbiyalash maqsadida buyumlarni kо‘prok analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon tug‘dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolpning sensor madaniyatiga alohida e’tibor berishlari kerak. Bolada nutq paydo bо‘lmshidan ancha oldin (bola bir yoshga tо‘la boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga tо‘lganda uning sо‘z zahirasi 1200-1500 taga yetadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katta yoshdagi kishilar nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan о‘sishida xotira katta ahamiyatga ega. Bola tug‘ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga kо‘tarilib biror bir foydali ish qismi uchun kо‘pgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi kо‘pincha beixtiyor tarzda bо‘ladi. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida xayol muhim rol о‘ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning hayoli u syujetli о‘yinlar uynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, о‘sha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bо‘ladi. Ammo boladagi xayol kо‘proq konkret vaziyatga bog‘liq bо‘ladi. (Masalan: qо‘g‘irchok kо‘rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bо‘lsa biror narsani tashiydi va h.k.}. Katta bog‘cha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli о‘zgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi yosh avlodni aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish mohiyati va tabiatiga asoslanib shilab chiqadi. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari: 1. Bolalarda tabiat va jamiyat tо‘g‘risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy duiyoqarashni shakllantirish. 2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma - xil usullarini rivojlantirish. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish. Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va hodisalarni tо‘la aks ettiradigan yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar sistemasini shakllantirishdan iboratdir. Bilim dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak - atrofdagi narsalar, ularning vazifasi sifati, va xossalari (sinadi, pachoq bо‘ladi, yirtiladi, tо‘kiladi) haqida, kaysi materialdan tayyorlanganligi tо‘grisida aniq tasavvurga ega bо‘ladi. U tabiat hodisalari, ularning о‘zaro bog‘liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining о‘ziga xos belgilari, ular о‘rtasidagi bog‘lanishlar, hayvonlar, ularniig hayoti va yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va x.k.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, о‘simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi bolalarda borliq tug‘risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shpxsi xam shakllanib boradi. Bola san’tning har xil turlari tо‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog‘liq. Aqliy faoliyatni rivojlantirish esa psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni shakllantirishni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g‘oyat samaradorligini ta’minlaydigan his - tuyg‘ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va tulaqonli, esda qolishning mustahkamligi va ongligi, tafakkur mantiqi va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillik xos bо‘lishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar о‘zlariga tushunarli bо‘lgan ijtimoiy voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg‘otish, Vatanga muhabbat tuygusi va baynalminalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi. Aqliy ta’lim - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol о‘ynaydi. Chunki talim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonida bolalarda о‘quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, ularning maktabda muvaffaqiyatli о‘qishi uchun muhim shart - sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki xil yо‘l bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda. Birinchi yо‘l - bolalarning bilim, malaka kо‘nikmalarini kattalar bilan о‘zaro munosabatda bо‘lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu "yо‘l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil katnashish uchun imkoniyat yaratmaydi. Ta’limning ikkinchi yо‘li - maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus о‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va kо‘nikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yо‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy - siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur bо‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilarning о‘z davrining nufuzli ta’lim maskanlarida о‘qish bilan hurmat - e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rо‘dakiy, Abu Sayidrasul Aziziy, Muhammad Sharif Sо‘fizoda, Abdulqodir Shokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi el pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. Y.A Komenskiy 6 yoshgacha bо‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish mumkinligini kо‘rsatib berdi. Y.A. Komenskiy 19 bо‘limdan iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, о‘t, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astronomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Volalar bog‘chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan uzviy bog‘lik bо‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. U о‘zining «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va о‘qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan shu bilan YA A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soldi. Shveysar pedagogi I.G. Pestalotssi (1746-1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanishini e’tiborga olish masalasiga katta e’tibor beradi. G. Pestalotssi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va bolalarga keyinchalik maktabda sitemali ta’lim berishda asosiy dastur bо‘lib xizmat qildi. Hozirgi zamon maktabgacha ta’lim nazariyasini yaratishda A.P. Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Olima rahbarligida 1950 yillarda ilmiy - tadkiqot ishlari olib borilib bolalar bog‘chasi har bir yoti guruhining ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni, metod va usullari ishlab chiqildi. Bu о‘tkazilgan ishlar ta’limning tarbiyaviy ishdan farqini aniq belgilab berdi. Ta’limning nazariy jihatlari ishlanishi «Bolalar bog‘chasi tarbiya dasturi» da «Mashg‘ulot» bо‘limini ajratish imkonini berdi va dasturning keyingi nashrlarida bu bо‘lim takomillashtirilib borildi. O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin kattalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta`lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi. O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi. O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san`atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba`zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi. YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g’oyalari hozirgi zamon bolalar o’yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixga ega– deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan». YAn Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o’yin – bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojlanadi. Bola o’yin davomida tengqurlari bilan do’stlashadi. YA.A.Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga e`tiborli munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar o’z o’yinlarida tevarak-atrofdan olgan tasurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. SHunday qilib o’yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o’yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg’or olim va pedagoglar o’zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim. 1. o’yin bilan mehnat o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish 2. o’yinda bolalarning bo’lajak mehnat axliga xos bo’lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash. SHu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma`lum maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida boladagi o’quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o’qiydi. Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta`lim-tarbiyaviy ishlarini ma`lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z o’yinlarida qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish keraqligini aks ettiradi. Navbatdagi bosqich rolli o’yin bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati va qishilarning ijtimoiy munosabatilarini aks ettiradilar. Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. SHunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berishda keng foydalaniladi. Zero: o’yiin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir; o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o’yin bolalarga ta`lim va tarbiya berishning metod va usulidir; o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o’yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o’yinning mazmuni, tashqil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojlanish darajasiga ta`sir etish mumkinligini ko’rsatdi. Bolalar o’yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko’ra xilma-xildir. Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar, ermak o’yinlar. Bolalarga ta`lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’g’ri rahbarlik qilish “MTM ta`lim va tarbiya dasturi”da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi. O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini ta`minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta`sir etgan holda shakllanadi. O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin. SHaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o’yiniga qiziqishini, tashqilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o’yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish uchun esa o’z navbatida yaxshi tashqil etilgan bolalar jamoasi zarur bo’ladi. O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta`lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o’rin tutadi. O’yinda bola organizmiga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi. O’yin ta`lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog’liq bo’lib juda katta ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan ifodalashga o’rganadi. O’yinda aks ettirlayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg’onadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo’ysindirib bo’lmaydi, bu o’yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Qoidali o’yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o’yin ma`lum didaktik maqsadga ega bo’lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ta`limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyaiga ega bo’lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ta`limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o’yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o’yinda bola mashg’ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta`lim butunlay o’yin shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta`lim turli usullar va metodlarni qo’llashni talab etadi. O’yin ta`limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir metod bilan qo’shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so’zlab berish va hakozolar. Bola o’ynayotib o’z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni o’rganadi. Ijodiy o’yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo’l ochiladi. O’yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O’yin jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o’yin bolada yaxshi hislarni, ulug’vor orzular va intilishlarni, sog’lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechilmalar birlashtiradi. SHuning uchun o’yin do’stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o’yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka, haqqoniylikka, o’rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o’rnatishdan iborat. O’yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o’z o’yinlarida har xil kasbdagi qishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga bo’lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O’yin bolada ko’pincha mehnat qilish xoxishini uyg’otadi, o’yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O’yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo’lgan texnikaga qiziqish paydo bo’ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o’yinchoqlar bilan o’ynaydilar. O’yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O’yinda ijodiy hayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. YAxshi tanlangan o’yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o’yinlarda harakatning go’zalligi va maromi bolalarni o’ziga maftun qiladi. O’yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o’z-o’zidan amalga oshmaydi. O’yin befoyda, hatto zarali bo’lishi, ba`zan yomon hislarni qo’zg’atishi mumkin. Tarbiyachi o’yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta`sir etib borishi zarur. Bu vazifani hal etishda o’yin bolalar bog’chasidagi ta`lim-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog’langan bo’lishi kerak. O’yinda bolalarning mashg’ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o’rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o’yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko’chiriladi. 2. O’yinning maktabgacha ta`lim muassasasi pedagogik jarayonidagi o’rni O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. SHuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol ustida o’ynaladigan stol-bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o’ynagan ma`qul. Sayr davomida harakatli o’yinlarni, qurish-yasash o’yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o’yin uchun maxsus vaqt belgilash o’yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo’lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo’llanilishining eng muhim pedagogik shartidir. Bolalar o’yining o’ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, qishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini aks ettiradi. O’yin paytida hona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro, temir yo’l vagoni bo’lishi mumkin. . Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechilmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi. Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O’yin g’oyasi - bu nima o’ynashni belgilab olish: “do’kon, “shifoxona”, “uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga o’xshashlar. O’yin mazmuniga, g’oyasiga qarab bolalarninng bunday o’yinlarini bir necha o’ziga xos guruhlarga bo’linadi. Ular, O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy voqaelar aks etishi ham mumkin. G’oya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi, uning rivojlanishini, o’yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o’zaro bog’lanishini belglab beradi. O’yining qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o’yinning mazmuniga bog’liq. O’yinda bola ijro etadigan rol o’yining asosiy o’zagi va tarkibiy qismidir. SHuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli o’yinlar nomini olgan. Bolalar o’yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O’yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi. Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e`tibor berishi zarur: o’yin mazmunini ta`lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo’lishi, aks ettirliayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi, o’yin harakatlariga faol, ma`lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo’lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e`tiborga olgan holda o’yinga rahbarlik qilish, o’yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o’yinda xayrixoh va xursand bo’lishlarini ta`minlash lozim. Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga: ongiga, his tuyg’ulariga, irodasiga, hulqiga ta`sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O’yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o’zining butun diqqatini o’yinga qaratishi lozim. Bola o’ynayotganda qishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to’g’risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Xulosa Ta’limning ikkinchi yо‘li - maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus о‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va kо‘nikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yо‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy - siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur bо‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilarning о‘z davrining nufuzli ta’lim maskanlarida о‘qish bilan hurmat - e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rо‘dakiy, Abu Sayidrasul Aziziy, Muhammad Sharif Sо‘fizoda, Abdulqodir Shokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi el pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 .O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.// Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.~T., «SHarq», 1997. 2..Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.// Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. —T., «Sharq», 1997. Ilk qadam . dastur. —T., 2018. Maktabgacha ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari. —T., 2018. Maktabgacha ta’lim tizimiga doir xuquqiy-me’yoriy hujjatlar to‘plami. T., «YUEK. RKE55», 2009. Download 54.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling