Hujjatlarni nusxalash vositalari


Trafaretli bosma usuli (rotatorli bosma usuli)


Download 233 Kb.
bet5/17
Sana11.05.2023
Hajmi233 Kb.
#1451747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1404126351 50937

Trafaretli bosma usuli (rotatorli bosma usuli)
Bosma kolipi, ya’ni trafaret mumli, jelatinli yoki kolloidli qog’oz varag’ida yoki plyonkada, unga maxsus yozuv mashinkasida yoki elektronografik nusxa ko’chirish usulida mikroteshiklarni ochish yo’li bklan tayyorlanadi. Bosish jarayoni rotator deb ataluvchi mashinalarda bo’yoqni trafaret orqali siqib o’tkazish bilan amalga oshiriladi.
Afzalliklari:
• bosishning yuqori sifatli bo’lishi;
• nusxa ko’paytirish bitta shakldan 400—1500 ta ottisk;
• bosma qoliplarni tayyorlashning soddaligi.
Kamchiliklari:
• bosma qoliplarni tahrir kilish imkoniyatining yo’qligi;
• ko’p rangli bosmada bir nechta trafaretlarning kerakligi.
Trafaretli bosishda ishlatiladigan apparatlarni rotatorlar deb ataladi. Rotatorlarga misollar: RS-A4 (DAR-50), Сiklos MXP, Progress -1011, Gestetner-480, Rek Rotary 4500.
Elektronotrafaretli bosma usuli (rizografiya)
Tezkor matbaaning eng samarali va istiqbolli varianti, so’zsiz, rizograflardagi bosma usuli bo’lib, rakamli eleetronikaning so’nggi yutuklaridan foydalanadi va trafaretli bosma usulining barcha tavsiflarini juda yaxshilaydi.
Rizograflar (ularni yana dublikatorlar deb ataladi) bu ofis uchun yangi tipdagi nusxa ko’chirish-ko’paytirshi texnikasidir; ularda an’anaviy trafaretli bosma usuli elektron hujjatlarni tayyorlash va ishlab chikarishning zamonaviy raqamli usullari bilan birga ko’shib ishlatiladi. Rizografni kompyuterga parallel port orkali ulab, uni ixtiyoriy matbaa nashrlarini tezkor yaratish, taxrir qilish va ko’paytirish uchun ishlatish mumkin.
Rizograf 1980 yili YAponiyada ixgiro kilingan va yaratiltan.
Rizografning ishlash tamoyili.
Nusxa ko’chirish jarayoni ikki bosqichdan iborat:
• ishchi matriсani tayyorlash (15—20 s vaktni oladi);
• matriсa bo’yicha bosish (10—20 minut ichida bir necha ming yuqori sifatli ottisklarni olish mumkin).
Matriсani tayyorlashda ko’paytirilayotgan hujjatning asl nusxasi ulangan skanerga joylashtiriladi. Skaner ma’lumogai o’qiydi, uni kodlaydi va mos raqamli faylni yaratadi. SHu raqamli fayl bilan boshqariladigan termokallakni maxsus ko’p qatlamli masterplyonka bilan kayta ishlov berilganidan so’ng ishchi matriсa yaratiladi, u nusxasi ko’chirilayotgan tasvirni yoki matnni plyonkaning tashqi qatlamida mikroteshikchalar ko’rinishida o’z ichiga oladi. Keyin ishchi matriсa bo’yovchi сilindr sirtiga avtomatik joylashtiriladi, сilindrning ichida maxsus bo’yokli tuba joylashgan bo’ladi.
Bo’yoq plyonkaning ichki qatlamiga singiydi va shunday ishlov berilgan ishchi matriсa hujjatni ko’paytirish uchun trafaret sifatida foydalaniladi.
Bosish jarayonida bo’yoqli сilindr aylanganda markazdan qochma kuch ta’siri osgida plyonkaning ichki katlamidan siqib chikariladigan bo’yoq qismlab oddiy kog’oz varag’iga ko’chadi. Bitga ishchi matriсadan ixtiyoriy murakkablikdagi asl nusxadan uning sifatini yo’kotmasdan 4000 tagacha ottisk olish mumkin.
Barcha aytilgan jarayonlar avtomatik bajariladi. Xattoki, rulondan kerakli o’lchamdagi masterplyonka bo’lagini o’rab chikarish, uni qirqish, bo’yovchi barabandan ishlatib bo’lingan matriсani olish va uni ishchi matriсalar kabul kiluvchisiga chiqarish ham avtomatik bajariladi.
Rizografiing afzalliklari:
• nusxa ko’chirish uchun zichligi 46 dan 210 g/m2 gacha bo’lgan ixtiyoriy tip va sifatli (oq silliq va yaltiroq qog’ozdan tashkari) qog’ozni ishlatish;
• yuqori unumdorlik: birinchi nusxa 20—30 sekunddan keyin olinadi, keyingi nusxa ko’chirish jarayoni minutiga 60—130 ottisk olish tezligi bilan boradi;
• nusxa ko’chirishning yuqori sifati: ajratish qobiliyati 400 dpi gacha (1 mbllimetrda 16 ta nukta), matnli rejimda 16 tagacha rang tusi, fotorejimda 256 rang tusi va yorqinlik gradaсiyasb;
• ko’p rangli xujjatlarni, bir-birining ustiga tushish aniqligi 0,5 mm dan kam bo’lmagan qilib bir necha marta o’tkazish bilan nusxa ko’chirish imkoniyati;
• nusxalarni 2 marta kattalashtirish va kichraytirish imkoniyati;
• SHEHM bilan birgalikda ishlash imkoniyati va xususan, SHEHM ni xujjatlarni yaratish va taxrirlash uchun foydalanish imkoniyati;
• hamma jarayonlarning avtomatlashtirilishi, boshkarishning kulayligi, displeyning mavjudligi.
Rizografda hujjatlarni ko’plab ko’paytirish yuqori tejamligini ta’kidlab o’tish lozim: agar 10 ta nusxani olnsh narxi, masalan, rizografda va kseroksda taxminan bir xil bo’lsa, u holda rizografda 500 ta otgiskni tayyorlash 6—8 marta arzon tushadi, katta tirajlarda yutuq yanada ko’p bo’ladi. Gap shundaki, asosiy xarajatlar tirajning birinchi nusxalarini tayyorlashga ketadi, — masterplyonka bo’lagi va ishchi matriсani shimdirish uchun bo’yoq hajminkng katgaligi (bu elementlarga ketgan xarajatlar tiraj kattaligiga bog’liq emas); keyinchalik nusxa ko’chirish jarayonida bo’eq faqat ishchi matriсani shimdirishga ketadi va uning sarfi boshlang’ich shimdirishga karaganda birmuncha kam bo’ladi (bo’yok bilan koplanayotgan qog’oz yuzasi qanchalik kichik bo’lsa, bo’yoq sarfi shunchalik kam bo’ladi).

Hisoblashlarning ko’rsatishicha, rizografiya xujjatlarni 20 tadan 10000 tagacha ko’paytirishda tejamliligi (bitga nusxani tayyorlash bahosi) bo’yicha boshqa turdagi xech kanday nusxa ko’chirish-ko’paytirish ishlaridan qolishmaydi.


Rizograflar ikki xil konfiguraсiyada ishlab chikariladi:
• rolikli - RA 4050, 4200, GR 1700, 1750, TK 1510 rizograflari;
• planshetli RA 4300, 5900, 6300, GR 2710, 2750, 3750, SR 7200 rizograflari.
Rolikli rizograflar (ular ba’zida cho’zilma deb ham ataladi) faqat ayrim qoroz varaqlari bilan ishlaydi va ularni skaner fotodiodlari yonidan o’tganda o’qib olishda tortib oladi, varaklarni berib turish avtomatik.

Download 233 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling