Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
Inventarizatsiya va uning natijasini rasmiylashtirish
Download 78.63 Kb.
|
Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
Inventarizatsiya va uning natijasini rasmiylashtirish
Korxonada mavjud bo‘lgan mulklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida yuritilayotgan hisob ma’lumotlarining nechoglik haqiqiyligi, to ‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul m ablaglari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar kiradi. Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi m a’lumotlar albatta, haqiqiy ma’lumotlar asosida aks ettirilgan bo’lishi lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir. Inventarizatsiya korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan m a’lumotlami hisob m a’lumotlari bilan taqqoslash demakdir. Yoki inventarizatsiya xo‘jalik m ablaglari va ularning tashkil topish manbalari, xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobi hujjatlariga asosan qayta ro‘yxatdan olkazishdir. Korxonalarda asosan 1-oktabrdan kevin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik hisobot ma’lumotlari haqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo quyidagi holatlarga ham e’tibomi qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir marta, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir marta, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi. Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik hamma faoliyatlarida o‘z aksini topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va obyekti ko‘rsatilgan ro‘yxat ham korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga binoan, korxonada doimo amalivotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a ’zolari tarkibi ham tuzilgan bo’ladi. Yuqoridagi malumotlarni aks ettirilgan inventarizatsiya o‘tkazish ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya olkazish haqidagi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi. Rejasiz inventarizatsiya esa quyidagi hollarda olkaziladi: -moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda; moddiy javobgarlikning brigade usulida; -50 % brigada a’zolari o‘zgarganida; -brigada boshlig‘I o‘zgarganida; - yong‘in, tabiiy ofatlar ro‘y berganda, ular tugatilgan zahoti; -o‘g irlik haqida m a’lumot olingan zahoti; -mulkchilik shakli o‘zgarganda; -inventarizatsiya o‘tkazilishi haqida moddiy javobgarlik brigada a ’zolaridan ariza olinganda; - boyliklar buzilishi aniqlanganda; - boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda; -asosiy vositalar ijarasi ro‘y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi); -korxona tugatilayotganda. Inventarizatsiyani yuqoridagi o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bolishdan tashqari, quyidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. M ablaglarning qancha qismini inventarizatsiya qilishigako’ra ikki xil to’liq va qisman boiadi: To’liq inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi qayta ro‘yxatdan o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o’tkazilishi shart (yillik hisobot tuzilishidan oldin). Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining m a’lum bir qismigina inventarizatsiya obyekti bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Inventarizatsiyaning qanday turi o‘tkazilayotganligidan qat’iy nazar, uni o‘tkazish haqida korxona rahbarining buyrug‘i tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi rekvizitlar aks ettirilgan bo‘lishi lozim: -buyruq tartib raqami; - korxona nomi; buyruq yozilgan muddat; -inventarizatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bo‘lim; -inventarizatsiya obyekti (moddiy boylik va moliyaviy majburiyat); -inventarizatsiyaning boshlash va tugatish muddatlari; -inventarizatsiya o‘tkazish sababi; -inventarizatsiya hujjatlarining buxgalteriyaga topshirish muddati; -rahbarning ismi va imzosi; -korxona muhri. Korxonalarda inventarizatsiya o‘tkazish haqidagi buyruqlar bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida «Inventarizatsiya o ‘tkazish haqida buyruqlar bajarilishini nazorat kitobi» nomli kitob yuritiladi. Undagi rekvizitlar quyidagilardan iborat: korxona nomi, inventarizatsiyaning boshlanish muddati, tugatish muddati, inventarizatsiya o‘tkaziladigan korxona, ombor, sex, bo‘lim nomi va hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruqning tartib raqami va muddati, inventarizatsiya komissiyasi a’zolarining ismi-sharifi, buyruqning olinganligini tasdiqlovchi imzo, inventarizatsiya etiladigan boylik nomi, inventarizatsiya o‘tkazish muddati (buyruqqa ko‘ra, haqiqatda), tugatilish muddati (buyruqqa ko’ra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari haqida belgi va ma’lumotlar, dastlabki natija (muddat, yetishmovchilik, ortiqcha summalar),so‘nggi natijalar (muddat, yetishmovchilik ortiqcha summalar), natijalar tasdiqlangan muddat yetishmovchilikbo‘yicha qabul qilingan tadbir muddati, yetishmovchilikni qoplash, ishni tergov organlariga berish, belgi qo‘yish qatori. Buyruqni olib, u olinganligi haqida ro‘yxatga imzo chekkan komissiya a’zolari, belgilangan obyektga borganlaridan so‘ng inventarizatsiya boshlashdan oldininventarizatsiyamuddatiga, kirim va chiqim hujjatlari yoki moddiy boyliklar va pul mablag'larning harakati haqida hisobotlaming oxirgilarini olishlari shart. Inventarizatsiya komissiyasining rahbari hisob reyestrlari (hisobotlari) ilova qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo‘yadi. Bu hujjatlar buxgalteriyada inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob bo‘yicha moddiy boyliklar qoldig'ini hisoblashga asos bo‘ladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish bo‘yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilish uchun ishonchnomaga ega bolgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 19-sonli «Inventarlashni tashkil etish va o ‘tkazish» nomli standartida ketirilgan. Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlaming haqiqiy holati haqidagi m alum otlar inventarizatsiya vozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo'lmagan miqdorda rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya komissiya a’zolari inventarizatsiya obyektlarining oxirgi qoldiqlarini to'liq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishlari lozim. Korxonalarda inventarizatsiya qilinayotgan mulklaming haqiqiy qoldiglari o’lchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash shart-sharoitlarini yaratishi zarur. Bunday shart-sharoitlarga yordamchi ish kuchlari tortish va oMchash asboblari hamda ulami texnik sozligini ta’minlash kabilar kiradi. Korxonalaming tovar-moddiy zahiralari inventarizatsiya qilmayotganda. ular mol yetkazib beruvchilar omborlarida saqlanayotgan bo’lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklaming ba’zi birlarigina olchanishi,sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan o ‘tkazilishi shart boladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish vedomostlariga m a’lumotlami aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki olchash oxiriga borganda ushbu vedomostlar m a’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya ro‘yhatida aks ettiriladi.O lchash dalolatnomalari, texnik hisoblash va tortish vedomostlari inventarizatsiya ro‘yxatiga ilova qilinishi shart. Korxona mulklarining haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi lozim.Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya ro‘yhatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuvmashinalari orqali toldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni toldirishda o‘chirib yozishlar va bo'yashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa obyektlari inventarizatsiya yozuvlarida aks ettiriladi. Inventarizatsiya obyektlari u analitik hisobi ro‘yhati bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatiga tartib raqami, oichov birligi, miqdorida aks ettirilib boriladi.Agar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, to‘g‘ri yozuv aks ettiriladi va bu komissiya a’zolari hamda moddiy javobgar shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi. Agarda inventarizatsiya yozuvi va ro‘yxatlarida, solishtirma vedomostlarida bo‘sh qatorlar bo’lsa, chiziq tortilishi kerak. Bu bilan qo‘shimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya m a’lumotlari haqiqatdan chetlanishining oldi olingan boiadi. Inventarizatsiyaning rasmiylashtirilishi bilan bog’liq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya ro‘yhatini inventarizatsiya komissiya a’zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.Hisob va inventarizatsiya malum otlari solishtirma vedomostlarida taqqoslaniladi.Ortiqcha yoki yetishmovchiliklami miqdor va qiymat ko‘rinishida aks ettirish shu solishtirma vedomostlarida amalga oshiriladi.Korxona mulklarining inventarizatsiyasida qollaniladigan hujjatlar ro‘yhati quyidagilardan iborat: .asosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi - korxona asosiy vositalarining inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishdaqollaniladi. Aktivlar joylashgan o’rni hamda saqlanishiga, moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha alohida bir nusxada toldirilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi, so‘ngra buxgalteriyaga topshinladi; .inventarizatsiya yorlig‘i. Ushbu hujjat ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra inventarizatsiya komissiyasi a’zolari korxona omborlaridagi xom ashyo, tayyor mahsulot, tovar va boshqa moddiy boyliklami darhol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettira olmaganlarida qo‘llaniladi. Inventarizatsiya yorlig'i komissiya a’zolari tomonidan to‘ldirilib, hisoblangan Tovar moddiy boyliklari bilan birga ular joylashgan yerida saqlanadi; .tovar-moddiy boyliklarining inventarizatsiya ro‘yxati. Korxonadagi xomashyolar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalami haqiqatdagi qoldig‘ini aks ettirishda qo’llanilib,moddiy boyliklar joylashgan o‘rni, o‘rnatilgan moddiy javobgarligi bo‘yicha alohida tuziladi. Inventarizasiya ro‘yxati komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi; .jo‘natilgan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma korxonalarga jo ‘natilgan tovarlar haqiqiy qiymatini aniqlashda qollaniladi. To‘lash muddati o ‘tib ketgan va toiash muddati yetmagan jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha alohida bir nusxadan to‘ldirilib, komissiya a’zolari imzolab, buxgalteriyaga topshiradilar. mas’ul saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya ro‘yxati. Ushbu inventarizatsiya ro‘yxati ma’sul saqlashga olingan (berilgan) tovar moddiy boyliklaming haqiqiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Inventarizatsiya ro'yxati bir nusxada to‘ldirilib komissiya a’zolari, moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.Yo‘ldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma inventarizatsiya mobavnida yo‘lda bo‘lgan mahsulotlar hamda tovarlaming haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va tovarlar yo‘lda ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, korxona buxgalteriyasiga topshinladi.Inventarizatsiya shakllar ko‘rinishidagi inventarizasiya dalolatnomalari ro‘yxatlari o‘rniga buxgalteriya jurnal-order vedomostlari shaklida qo‘llanilishi mumkin. Asosiy vositalaming tugallanmagan ta’mirlash ishlari inventarizatsiya dalolatnomasi bino, inshoot, texnik-ta’minot vositalari,asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalaming obyektlarini tugallanmagan kapital ta’mirlash ishlari inventarizatsiyani o ‘tkazishda qo‘llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a ’zolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi. Kelgusi davr xarajatlarining inventarizatsiya dalolatnomasi korxonalar kelgusi davr xarajatlari hisobi yuritiladigan schyot ma’lumotlarini tekshirish asosida tuzilib, imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi. Pul mablaglari inventarizatsiya dalolatnomasi kassadagi naqd pullar haqiqiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan inventarizatsiya ma’lumotlarini aks ettirishda qoilaniladi. Komissiya a ’zolari qimmatbaho qog‘ozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari, naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada to‘ldiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya a ’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi hamda bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxs o‘zgarayotganda o‘tkaziladigan inventarizatsiya shakli uch nusxada toidiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi. Ushbu hujjat qimmatbaho qog’ozlar va qat’iy hisobdagi hujjatlar haqiqiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan inventarizatsiya m a’lumotlarini rasmiylashtirishda qoilaniladi. Qat’iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin talonlari, yo‘l chiptalari va boshqalar misol bo‘ladi. Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada to‘ldirilib, birini saqlash uchun buxgalteriyada, ikkinchisi esa qimmatbaho qog‘ozlami qat’iy hisobdagi blankalari moddiy javobgar bo‘lgan shaxsda qoladi. Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya m a’lumotlarini rasmiylashtirishda qollaniladi. Dalolatnoma bir nusxada, tegishli schyot m a’lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshinladi. Ma’lumotnoma buxgalteriya hisobi tegishli sintetik schyotlar bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu m a’lumotnoma korxonadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo‘lgan turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi.Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirishda qollanib, bir nusxada to‘ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi. Solishtirma qaydnoma hisob m a’lumotlaridan chetlashishlar aniqlangan Tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi. Korxona xo‘jalik mulklari inventarizatsiya m a’lumotlari va anilqlangan natijalari yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach. korxona rahbari tasdig‘idan so‘ng, buxgalteriya schyotlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Inventarizatsiya natijasida quyidagilar aniqlanadi: -hisob va inventarizatsiya m a’lumotlari teng; -hisob m a’lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar yuqoriligi (ortiqcha xo‘jalik m ablaglari aniqlanishi); -hisob m a’lumotlari ko‘rsatkichlari yuqoriligi (xo'jalik mulklari yetishmovchiligining aniqlanishi). Buxgalteriya hisobida sodir bolayotgan jarayonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari deb aytiladi. Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati, unda xo‘jalik jarayonlarining hujjatlaslitirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir op-Inventarizatsiya shakllar ko‘rinishidagi inventarizasiya dalolatnomalari ro‘yxatlari o‘rniga buxgalteriya jumal-order vedomostlari shaklida qoilanilishi mumkin.Asosiy vositalaming tugallanmagan ta’mirlash ishlari inventari- zatsiya dalolatnomasi bino, inshoot, texnik-ta’minot vositalari,asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalaming obyektlarini tugallanmagan kapital ta’mirlash ishlari inventarizatsiyani o ‘tkazishda qo‘llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada to’ldirilib, komissiya a ’zolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi. Kelgusi davr xarajatlarining inventarizatsiya dalolatnomasi korxonalar kelgusi davr xarajatlari hisobi yuritiladigan schyot ma’lumotlarini tekshirish asosida tuzilib, imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi. Pul mablagiari inventarizatsiya dalolatnomasi kassadagi naqd pullar haqiqiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan inventarizatsiya m a’lumotlarini aks ettirishda qoilaniladi. Komissiya a’zolari qimmatbaho qog‘ozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari, naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada toidiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi hamda bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxs o‘zgarayotganda o ‘tkaziladigan inventarizatsiya shakli uch nusxada toidiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi. Ushbu hujjat qimmatbaho qog‘ozlar va qat’iy hisobdagi hujjatlar haqiqiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan inventarizatsiya malumotlarini rasmiylashtirishda qoilaniladi. Q at’iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin talonlari, yo’l chiptalari va boshqalar misol bo’ladi. Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada toidirilib, birini saqlash uchun buxgalteriyada, ikkinchisi esa qimmatbaho qog‘ozlami qat’iy hisobdagi blankalari moddiy javobgar boigan shaxsda qoladi. Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya m a’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Dalolatnoma bir nusxada, tegishli schyot m a’lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya a ’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshiriladi.Ma’lumotnoma buxgalteriya hisobi tegishli sintetik schyotlar bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu m a’lumotnoma korxonadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo’lgan turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi. Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirishda qollanib, bir nusxada to‘ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi. Solishtinna qaydnoma hisob ma’lumotlaridan chetlashishlar aniqlangan Tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi. Korxona xo‘jalik mulklari inventarizatsiya ma’lumotlari va aniqlangan natijalari yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach. korxona rahbari tasdig‘idan so‘ng, buxgalteriya schyotlarida tegishliyozuvlar amalga oshiriladi. Inventarizatsiya natijasida quyidagilar aniqlanadi. -hisob va inventarizatsiya maTumotlari teng; -hisob m a’lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar yuqoriligi (ortiqcha xo‘jalik mablaglari aniqlanishi); -hisob m a’lumotlari ko‘rsatkichlari yuqoriligi (xo‘jalik mulklari yetishmovchiligining aniqlanishi). Buxgalteriya hisobida sodir bo‘layotgan jarayonlar o‘sha vaqtning o ‘zidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari deb aytiladi. Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati, unda xo‘jalik jarayonlarining hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Shu sababli buxgalteriya hisobida hujjatsiz ma’lumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatiari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi yozma guvohdir, ya’ni hujjatlar o ‘tgan davr to‘g‘risida ma’lumot beradi. Hujjatlar bir necha xususiyatlarga ko‘ra turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saqlashini osonlashtirishdir. Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qayerda tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi. Hujjat aylanishi - birlamchi hujjatlami tuzilib, ulami qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha bo‘lgan harakatidir. Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Korxona bo‘yicha hujjat aylanishining o‘z vaqtida bajarilishi bosh buxgalter tomonida nazorat qilib boriladi. Korxonada mavjud bo‘lgan mulklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechog‘lik haqiqiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Reja: 1.Nomoddiy aktivlar haqida umumiy tushuncha. 2.Nomoddiy aktivlarni birlamchi aks ettirish, sotib olish va qayta baholash. 3.Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish 1.Nomoddiy aktivlar haqida umumiy tushuncha. Nomoddiy aktivlar — bu moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan va bank xizmatlarini ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompьyuter dasturiy ta’minoti, litsenziyalar va shu kabilar kiradi. Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblanmasa, u nomoddiy aktiv sanaladi Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat — nomoddiy aktivlarni xarid qilish va ishlab chiqishga haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, xizmatlar, shuningdek aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish va boshqa xarajatlar summasi. Nomoddiy aktivlar qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar masalan, yuridik xizmatlar uchun professional gonorarlarni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy qiymatni aniqlash uchun barcha savdo chegirmalari va qaytarishlar chegiriladi. Nomoddiy aktivlarning qayta baholashni hisobga olingan qiymati tiklash (tiklanish) qiymati deb ataladi. Aktivning buxgalteriya balansida tan olinadigan summasi balans qiymati deb ataladi. Gudvill (goodwill) — bu yaxshi obro‘, «firma bahosi». Gudvill xaridor tomonidan bankni xarid qilish paytida uning sof aktivlari (barcha aktivlar bozor bahosi va barcha majburiyatlar bozor bahosi o‘rtasidagi farq) qiymatidan yuqori to‘lanadigan summa sifatida aniqlanadi. Bu bankning xaridori bankni xarid qilish bank tomonidan ko‘p yillar mobaynida mijozlar, qarzdorlar hamda omonatchilar bilan o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlarni xarid qilishni ham o‘z ichiga olishini tushunishini bildiradi. Faol ikkilamchi bozor — narxlar barcha bozor qatnashchilariga oshkor (qulay) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan bozor Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib ularning balans qiymatini va ushbu aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, hamda nomoddiy aktivlar balans qiymatidagi o‘zgarishlar, amortizatsiya hisoblash tartibi va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi. Bank nomoddiy aktivlari quyidagi usullar bilan shakllanadi: 1) haq evaziga xarid qilish; 2) bank ichida ishlab chiqish yo‘li bilan; 3) tekinga olish. Agar aktiv moddasi nomoddiy aktiv ta’rifiga javob bersa, bank kelagusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo‘lsa va aktiv qiymati ishonchli o‘lchanishi mumkin bo‘lsa, u nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etilishi (tan olinishi) lozim. Mazkur talab ham chetdan olingan, ham bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bank aktivning foydali xizmat muddati mobaynida mavjud bo‘ladigan kelgusi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholashi lozim. Nomoddiy aktivdan olinadigan kelgusi iqtisodiy naf xizmatlarni sotishdan olingan tushum, xarajatlar tejami va bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan boshqa naflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Agar nomoddiy aktiv na nomoddiy aktivlarning ta’rifiga, na tan olish me’zonlariga javob bermasa, ushbu modda bo‘yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi. Aktivni nomoddiy aktiv sifatida aniqlash imkoniyati bo‘lmagan holda (ba’zi nomoddiy aktivlar jismoniy substansiyada yoki uning ichida madjud bo‘lishi mumkin) elementning muhimligidan kelib chiqish lozim (misol uchun, dasturiy ta’minot holatida — kompakt-disk, litsenziya yoki patent bo‘lganda — huquqiy hujjatlar). 2. Nomoddiy aktivlarni birlamchi aks ettirish, sotib olish va qayta baholash. Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymatning o‘zgarishiga faqat nomoddiy aktivlar qayta baholangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. CHet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlar balansda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasidagi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi va chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi. Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv balansda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda real (haqqoniy) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati baholovchi tashkilot tomonidan yoki aktivlarni qabul qilish-topshirish hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida belgilanadi. Nomoddiy aktivlar qiymatini to‘liq yoki qisman oldindan to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar» Kt bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i Aktiv kelib tushgan paytda: Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar» Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar» Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi: 1) Nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish: Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar» Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi» 2) Aktivlar qiymati to‘langanda: Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi» Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, aktivga dastlab hisob-kitob qilingan me’yorlardan yuqori bo‘lgan kelgusidagi iqtisodiy foydani yaratish imkonini bergan taqdirdagina nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (haqiqiy) qiymatiga qo‘shiladi. Boshqa barcha keyingi xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi xarajatlarga olib boriladi.Nomoddiy aktivga u sotib olingan yoki yaratilgandan so‘ng qilingan keyingi xarajatlar, agar ushbu xarajatlar aktivning dastlabki baholangan me’yoriy ko‘rsatkichlarini saqlab turish uchun talab qilinsa, joriy xarajat sifatida tan olinadi.Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda tekinga olingan nomoddiy aktivlarning real qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi: Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar» Kt 30905 «Tekinga olingan mulklar» Bank ichida yaratiladigan nomoddiy aktivlarning sifati nomoddiy aktivni tan olish mezonlariga javob berishi lozim. Ishlab chiqish natijasida yuzaga kelgan nomoddiy aktiv bank quyidagilarning barchasini namoyish qilishi mumkin bo‘lgandagina tan olinadi: a) nomoddiy aktivni texnik jihatdan tugatilishi shunday amalga oshirilishi kerakki, u foydalanish yoki sotish imkoni bo‘lishi kerak; b) nomoddiy aktivni tugatish bo‘yicha o‘z maqsadi, uni ishlatish yoki sotish imkoniyatini; v) nomoddiy aktivni kelgusi iqtisodiy foydalarni yaratish qobiliyatini. Bank keyinchalik nomoddiy aktiv natijalari yoki nomoddiy aktivning o‘zi uchun bozorning mavjudligini namoyish qilishi lozim. Agar uni bank ichida foydalanish mo‘ljallansa, nomoddiy aktivning foydaliligi baholanishi lozim; g) ishlab chiqishni tugatish hamda aktivni ishlatish yoki sotish uchun etarli bo‘lgan texnik, moliyaviy va boshqa resurslarga ega bo‘lish; d) nomoddiy aktivni ishlab chiqish jarayonida unga tegishli bo‘lgan xarajatlarni ishonchli baholash imkoniyati. Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivning tannarxi aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni yaratish va tayyorlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tannarxga quyidagi xarajatlar kiritiladi: 1) nomoddiy aktivni yaratishda xarid qilingan yoki foydalanilgan material va xizmatlar xarajatlari; 2) aktivni yaratishda bevosita band bo‘lgan xodimlarning ish haqi va ularga qilingan boshqa xarajatlar; 3) aktivni yaratish uchun foydalanilgan yuridik huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boj to‘lovi va patent va litsenziyalar amortizatsiyasi kabi yaratilayotgan aktivga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan har qanday xarajatlar; 4) aktivni yaratish uchun zarur bo‘lgan va aktivga olib borilishi mumkin bo‘lgan ustama xarajatlar. Quyidagi xarajatlar bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv tannarxining tarkibiy qismini tashkil qilmaydi: 1) savdo, ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar, aktivni foydalanishga tayyorlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan xarajatlardan tashqari; 2) aktivdan foydalanish uchun xodimlarni tayyorlash xarajatlari. Nomoddiy aktiv hisobda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettirilgandan so‘ng qayta baholash sanasidagi bozor qiymati bo‘yicha qayta baholanadi va qayta baholangan (tiklash) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi, basharti bozor qiymatini aniq aniqlash mumkin bo‘lsa.Nomoddiy aktivning bozor qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol ikkilamchi bozor narxlari asosida belgilash mumkin. Balans hisobotini tuzish sanasida balans qiymati bozor qiymatidan katta farq qilmasligi uchun qayta baholashni etarli darajadagi muntazamlikda amalga oshirish lozim.Qayta baholangan nomoddiy aktiv uchun mazkur paytda ikkilamchi bozor mavjud bo‘lmagan taqdirda aktivning balans qiymati sifatida uning oxirgi qayta baholash sanasidagi qayta baholangan qiymati olinishi lozim, basharti bu balans qiymat ushbu aktivning tiklash qiymatidan oshmasa. Qayta baholashni o‘tkazishda to‘liq tiklash qiymati nomoddiy aktivlar qiymatini baholanayotgan aynan o‘xshash bo‘lgan yangi ob’ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bevosita qayta baholash usuli qo‘llanilganda nomoddiy aktivlarning to‘liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun bankning xohishiga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin: 1) ishlab chiquvchi firmalar va ularning rasmiy dilerlaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 2) qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markiziy bank kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo‘llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida); 3) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) aktiv qiymati to‘g‘risida baholovchi tashkilotning hisoboti. Qayta baholashdan so‘ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning balans qiymati va yig‘ilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 1) Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu oshish 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: a) Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»; Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»; b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa: Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»; Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)». 2) qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining ko‘payish summasi ilgari xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining kamayish summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim. 3) Agar aktivning qayta baholangan qiymati balans qiymatidan kam bo‘lsa, aktiv summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa: Dt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)»; Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»; b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga: Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» (oldingi ko‘payish chegarasida); Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar». 4) Agar 30908 — hisobvaraq qoldig‘i (aynan ushbu toifadagi nomoddiy aktivlarga tegishli bo‘lgan) etarli bo‘lmasa, qayta baholangan aktiv qiymatining qo‘shimcha kamayishi quyidagi tarzda aks ettiriladi: Dt 55995 — «Boshqa foizsiz xarajatlar»; Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar». YUqorida keltirilgan o‘tkazmalardan so‘ng nomoddiy aktivlar hisobvarag‘idagi yangi qoldiq aktivning qolgan hisoblangan xizmat muddati mobaynida mazkur Yo‘riqnomaning VI bo‘limiga muvofiq amortizatsiya qilinadi. 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda 31203 — «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» hisobvarag‘iga bevosita hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»; Kt 31203 — «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»; Ushbu holda qayta baholash musbat natijasining har oyda hisobdan chiqariladigan summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi va boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng. 30908 — hisobvaraqdagi qayta baholash natijasi tegishli aktiv hisobdan chiqarilganda to‘lig‘icha kiritilishi mumkin. 3.Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish Nomoddiy aktivlarga eskirish ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab yoziladi. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan summasi ularning foydali xizmat muddati mobaynida muttasil tarzda bank xarajatlariga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati bank tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiya me’yorlari yordamida belgilanadi. Foydali xizmat muddati aktivdan foydalaniladigan yillar mobaynida, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarida o‘lchanishi mumkin. Aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi barcha omillar hisobga olinishi lozim: 1) qanchalik samarali ishlatilishiga bog‘liq holda bank tomonidan aktivdan kutilayotgan qo‘llanishi; 2) aktiv uchun odatdagi hayotiylik davri va foydalanilayotgan shunga o‘xshash turdagi aktivlarning foydali xizmat muddatlarini baholash to‘g‘risidagi oshkor ma’lumot; 3) texnik, texnologik yoki boshqa turdargi eskirishlar. Kompьyuter dasturiy ta’minoti va shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning jadal texnik rivojlanishini hisobga olgan holda foydali xizmat muddati qisqa bo‘ladi; 4) aktiv ustidan nazorat qilinadigan davr va aktivdan foydalanishdagi yuridik yoki boshqa cheklovlar (ijara shartnomasi muddatining tugashi kabi va sh.k.); 5) aktiv foydali xizmat muddatining bankning boshqa aktivlari foydali xizmat muddatlariga bog‘liqligi. Nomoddiy aktiv foydali xizmat muddatini baholash foydali xizmat muddati davomiyligining oshishi bilan ishonchsiz bo‘lib boradi, chunki chegara mavjud xalqaro standartlarga muvofiq ba’zi nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yigirma yildan oshmaydi. Agar nomoddiy aktivdan olinadigan kelajakdagi iqtisodiy foydani nazorat qilish yuridik huquq (patent, mualliflik huquqi singari) orqali erishilsa, bunday nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yuridik huquqning amal qilish davridan oshmasligi kerak, bundan quyidagi hollar mustasno: 1) yuridik huquq tiklanadigan bo‘lib hisoblanganda; 2) tiklanish haqiqatan ham aniq bo‘lganda. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ham iqtisodiy, ham huquqiy omillar mavjud bo‘lishi mumkin: iqtisodiy omillar iqtisodiy foyda olish davrini belgilaydi; huquqiy omillar ushbu foydani olinishi ustidan bank nazorati davrini cheklashi mumkin. Bunday holda foydali xizmat muddati ushbu davrlarning eng qisqasini ifodalaydi. Aktiv mavjud bo‘lgan davr ichida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati texnologik o‘zgarishlar yoki xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu holda foydali xizmat muddati va tegishincha, amortizatsiya me’yori joriy va kelgusi davrlar uchun korrektirovka qilinadi. Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi balans qiymatidan aktivning tugatish qiymatini chegirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nomoddiy aktivning tugatish qiymati nolga teng deb qabul qilinishi lozim, bundan quyidagi hollar mustasno: 1) aktivning foydali xizmat muddati oxirida uchinchi tarafning uni sotib olish majburiyati mavjud bo‘lsa; yoki 2) aktiv uchun faol bozor mavjud bo‘lsa va: a) tugatish qiymati ushbu bozordagi dalillar bilan aniqlanishi mumkin bo‘lsa; b) aktivning foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lsa. Foydalaniladigan amortizatsiya usuli bank aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi lozim. Agar bunday jadval aniq belgilanishi mumkin bo‘lmasa, unda amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulini qo‘llash lozim. Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi: 1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli; 2) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli; 3) kamayib boruvchi qoldiq usuli. Turli xildagi aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli usullari qo‘llanishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarning bir turiga faqat bitta usulni qo‘llash lozim. Eskirish hisoblashning tanlangan usuli hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasiga izchillik bilan qo‘llanishi va yil davomida o‘zgartirilmasligi lozim. Teng maromli hisoblash usuli o‘zgarmas eskirish (amortizatsiya) summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulani ishlatish maqsadga muvofiq:
Download 78.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling