Hujjatlashtirish


Download 39.5 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi39.5 Kb.
#162003
Bog'liq
buxgalteriya(1)


1.

Bu usullarga quyidagilar kiradi:



Hujjatlashtirish. Bu korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobida muhim ahamiyatga ega bo’lib, har qanday sodir bo’lgan xo’jalik muomalasini hujjatlarda o’z vaqtida hamda to’g’ri aks ettirilishini taqozo etadi. Hujjatsiz buxgalteriya hisobida yozuvlar amalga oshirilmaydi. Hujjat yuridik asosga ega bo’lib, ular korxona faoliyatiga baho berishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlaydi.

Baholash. Baholash xo’jalik mablag’lari, ularning tashkil topish manbalari va xo’jalik jarayonini pul o’lchovida ifodalash usulida namoyon bo’ladi. Bu usul buxgalteriya hisobida natura o’lchovidagi mulklarni qiymat o’lchoviga keltirish va bir xil o’lchovda aks ettirish hamda umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu usul yordamida mulklar umumlashtirilib, umumiy balans chiqarish imkoni mavjud bo’ladi.

Hisobvaraqlar tizimi. Hisobvaraqlar tizimi hisob ob’ektlarini ularning iqtisodyi belgilariga qarab guruhlashtirishga asoslangan. Hisobot davri mobaynida xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida turli-tuman muomalalar sodir bo’ladi. Ular hisobvaraqlar tizimidan foydalanib, xo’jalik muomalalarining ma’lum iqtisodiy mazmuniga qarab umumlashtiriladi. Hisobvaraqlar tizim buxgalteri hisobini ikki tomonli tizimda yuritiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar, xususiy firmalar uchun O’zbektsoon Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan yagona hujjat hisoblanadi.

Ikki yoqlama yozuv. Bu korxonada sodir bo’lgan xo’jalik muomalasini hisbvaraqlar tizimida aks ettirish usulidir. Bu usulning muhim bir xususiyati shundan iboratki, har qanday xo’jalik muomalasiga tegishli bir summa buxgalteriya hisobida shu vaqtning o’zida kamida ikkita hisobvaraqda aks ettiriladi.

Kalkulyatsiya. Bu korxona faoliyatini boshqarish jarayonida sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqarilgan mahsulot, ish yoki xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir.

Inventarizatsiya. Bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqat o’rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-kitob ishlarini tekshirish usulidir. Inventarizatsiya yordamida haqiqatdagi mavjud moddiy qiymatliklar, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor va kreditorlar buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Aniqlangan tafovut, ya’ni mablag’larning ortiqcha yoki kam chiqishi tegishli dalolatnomalarda rasmiylashtiriladi va hisobda aks ettiriladi.

Buxgaletriya balansi. Хo’jalik mablag’lari va manbalarini ma’lum bir sanaga bo’lgan holatini aks ettirish usuli hisoblanadi. Balansda korxorna mablag’larining joylanishi va tarkibi, mablag’lar manbalarining tashkil topishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Hisobot. Ma’lum davrga bo’lgan xo’jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo’jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiradigan va o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig’indisi hisobot hisoblanadi. Hisobot korxonaning ma’lum bir davr bo’yicha xo’jalik faoliyatining yakunini ko’rsatadi.

2.

Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an'anaviy ravishda quyidagi talablar qo’yilgan edi:



1. Hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi;

2. O’z vaqtidaligi, aniqligi va ob’yektivligi;

3. To’laligi;

4. Ravshanligi;

5. Tejamliligi va hammabopliligi va h.k.

Birinchi talab - hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi hisob

ko’rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilangan reja ko’rsatkichlari bilan solishtirish

mumkinligini ta'minlashni nazarda tutadi. Korxonani rivojlantirish rejalari korxonaning o’zi

ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish nuqtai

nazaridan ko’rilishi kerak. O’z vaqtidaligi, aniqligi va ob’yektivligi talabiga kelsak, shuni

aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan o’rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga

ko’proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobida ko’proq e'tibor nazariydan ko’ra amaliy

tomonga berilishi kerak. Masalan, ma'muriy ehtiyojlar uchun qog’ozning sarflanishi harajatning

aniq hisobi, sarflangan qog’ozning haqiqiy tannarxini harajatlar yuzaga keladigan joylar va

javobgarlik markazlari hamda ish joylarida sarflanmay qolgan qog’ozlar qoldig’ini hisoblab

chiqishni talab qilmaydi. Qog’ozni ombordan berish odatga ko’ra harajat hisoblanadi. Garchi

nazariy nuqtai nazardan biz haqiqatda sarflangan qog’oz, uning haqiqiy tannarxi va qoldig’ini

bilishimiz lozim bo’lsa ham, bu masalaga amaliy yondashish ma'quldir.

Tejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab chegaralangan

bo’ladi. Tejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida

uning muhimliligidan kelib chiqish lozim.

3.

xo’jalik hisobining asosiy vazifasi - unda aks ettiriladigan ob’yektlarni boshqarish



uchun ma'lumotlarni yig’ish, ularni filtrlash va kerakli axborotni shakllantirishdan iborat.

4.

Buxgalteriya hisobi obyektlari



Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va

harajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari

buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama hisob –

varaqlarida aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan

mustaqil ravishda belgilanadi.

5.

da O’zbekiston



Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan

balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar

turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb

nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi

ko’rsatiladi.

6.

Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat ko‘rinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablag‘larning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi va manbalari hisoblanadi.



7.

Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar.

II bo’lim. Joriy aktivlar.

8.

Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari.



II bo’lim. Majburiyatlar.

9.

Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:



1.Tuzish vaqtiga qarab:

а) kirish balansi;

b) joriy (davriy) balans;

c) tugatish balansi;

d) ajralish balansi;

e) qo’shilish balansi;

f) sanatsiya balansi.

2. Tuzish manbalariga qarab:

а)jihoz balanslari. Faqat jihoz (ro’yxati) vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan

varianti bo’lib hisoblanadi. Banday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga

kelganda yoki xo’jalik o’z shaklini o’zgartirganda (davlat korxonalari aktsioner jamiyatlariga

aylantirilganda) talab qilinadi.

b)daftar balansi – jihozizatsiya o’tkazish yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat

daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi;

c)bosh (generalniy) balans - hisob va invetarizatsiya ma'lumotlariga asosan tuziladi.

3. Axborot hajmi bo’yicha:

а) yakka balans – faqat bir korxona axborotini aks ettiradi;

b) yig’ma balans – barcha korxonalar mablag’larini umumiy holatini aks ettiruvchi

summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi;

c) konsolidallashgan balans.

4. Faoliyat xarakteri bo’yicha:

а)asosiy balans – korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans;

b)asosiy bo’lmagan balans – korxonaning boshqa faoliyat turlari (yordamchi

xo’jaliklari, transport, turar joy-kommunal xo’jalik va sh.k.) bo’yicha tuziladigan balans.

5.Mulk shakli bo’yichа:

а)davlat korxonalari balansi;

b) aksioner jamiyatlari balansi;

c) munitsipal (shahar boshqarmasiga qarashli) balansi;

d) qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.

6. Aks ettirish ob’yekti bo’yicha:

a) yuridik shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi;

b) alohida balans (filiallar, sexlar, bo’linmalar balansi).

7.Tozalanish usuli bo’yicha:

a) brutto-balansi – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balans;

b) netto-balans – bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab

tuzilgan balans;

Bizning respubikamizda netto-balansi qo’llaniladi.

10.


Bu xo’jalik muomalalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta'sir qilib, balans

moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jalik muomalalari balansga faqat to’rt

yo’l bilan ta'sir etadi.

Birinchisi, shunday xo’jalik muomalalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta'sir etadi.

Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu

summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Ikkinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga

ta'sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga

kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Uchinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham

passiviga ham ta'sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.

To’rtinchisi, shunday xo’jalik muomalalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham



passiviga ham ta'sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling