Hujum va himoya texnikasining tasniflanishi Hujum uyini texnikasi
Download 209.59 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqгандбол 2мавзу 4005d265a2a5ed3b2a2d4d145a68cd4c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tо‘pni ilish.
- Tо‘pni uzatish
Hujum va himoya texnikasining tasniflanishi Hujum uyini texnikasi. Tо‘pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga tо‘p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida yengishi mumkin. О‘yin texnikasining bu qismiga tо‘pni ilish, ushlash, tо‘pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish (fint) va tо‘siq (zaslon) qо‘yish usullari kiradi. Tо‘pni ilish. Bu tо‘pni egallashga imkon beruvchi usul. Tо‘pni bir va ikki qо‘llab ilish mumkin. Tо‘pni ikki qо‘llab ilishda qо‘llarning panjalari bir-biriga yaqinlashtirib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar tо‘pga tekkandan sо‘ng, uchib kelgan tо‘p tezligini pasaytirish uchun qо‘llar bukiladi. Tо‘pni bir qо‘lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qо‘lni silkitish kupincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi. Tо‘p bilan muvoffaqiyatli harakat qilish qilish uchun uni tо‘g‘ri ushlash lozim. Agar о‘yinchi uni ikki qо‘llab ushlasa tо‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin tо‘p bir qо‘llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqt bu holdja tо‘pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qо‘lning panja bug‘imlari qotishiga olib keladi. Tо‘pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. Tо‘p uzatish kо‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda kо‘proq yuqoridan va kо‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi tо‘p otish usulida ham farq qiladi. Qо‘llarni tirsak qismida bukkan holda yuqoridan tо‘pni uzatish – qо‘l tо‘pida tо‘p uzatishning asosiy usulidir. Keyingi vaqtlarda yashirin holda – orqadan, bosh ortidan,orasidan tо‘p uzatish kо‘proq axamiyatga ega bо‘lmoqda. Tо‘p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qо‘l panjalari yordamida uzatilgan tо‘p aniqlik va tezlikdan yutadi. Download 209.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling