1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham tasdiq bo’lgan
fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu
hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S-Pdir» formulasi
orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham inkor bo’lgan fikrni
ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm»Hech bir
S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham tasdiq bo’lgan fikrni
ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi
va «Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham inkor bo’lgan fikrni
ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug’ullanmaydilar». Uning formulasi
«Ba’zi S-P emas» bo’lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari.
Ular qo’yidagilardan iborat:
atributiv hukmlar,
mavjudlik hukmlari
va munosabat hukmlari.
Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning
predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi.
Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga
kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi
hukm deb ta’riflasa bo‘ladi.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o’rtasida muayyan
munosabatlarning bo’lishi yoki bo’lmasligini ifodalagan
Do'stlaringiz bilan baham: |