Urush boshlanishidagi harbiy kuchlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi jahon urushida arafasida Fransiya Yevropadagi eng kuchli armiyaga ega edi (mustamlaklar qoʻshinlarini hisoblaganda) — 882 907 odam. Buning sababi 7-avgust 1913 yilda tasdiqlangan qonun edi, bu qonunda hizmat muddati 2 yildan 3 yilgacha koʻpaytirildi va chaqirish yoshi 21 yoshdan 20 yoshgacha tushirilgan edi. Germaniya armiyasida ham deyarli shuncha miqdorda odamlar bor edi.
Saraevodagi qotillik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Saraevodagi qotillik
Fayl:Corriere della Sierra - La Domenica del corriere 1914 07 05.jpg
1914-yil 28-iyunda Sarayevoda Frans Ferdinandga nisbatan uyushtirilgan suiqasd.
28-iyun 1914-yili Frans Ferdinand Bosniya poytaxti Saraevoga tashrif buyuradi. U anneksiyalangan Bosniya va Gertsegovina hududlarini koʻrishga keladi, u bilan birga uning rafiqasi Sofiya Xotek bor edi. Olti odam guruhi (Cvjetko Popović, Gavrilo Princip, Muhamed Mehmedbašić, Nedeljko Čabrinović, Trifko Grabež, Vaso Čubrilović) „Yosh Bosniya“ tashkilotidan edi. Ular eksgertsoga suiqasd uyushtirishlari kerak edi. Eksgertsogning namoyishi kezida u rafiqasi bilan mashinada ketayotganda Čabrinović mashinaga granata uloqtiradi, ammo granata tegmaydi. Ayrim odamlar yaqin atrofda portlashdan jabrlanadilar, ammo Ferdinandning namoyishi davom etadi.
Bir soat oʻtib Ferdinand kasalxonadan chiqdi, u yerda u kasallarni tashrif buyurgan edi. Uning kuzatib boruvchi soqchilari adashib boshqa koʻchaga ketdi va u yerda 19 yoshli bosniyalik serb millatchisi Gavrilo Princip turgan edi. U Frans Ferdinandni va rafiqasi Sofiyani otib oʻldiradi.
Frans Ferdinand Avstriya-Vengriya imperiyasining taxti vorisi deb hisoblanar edi. U slavyanofil boʻlgan va u Avstriya, Vengriya, Slavyan yerlarida Gabsburlar tomonidan federatsiyalar tuzushligiga tarafdor bolgan, Avstriya-Vengriya federatsiya oʻrniga.
Gavrilo Princip „Yosh Bosniya“ tashkilot aʼzosi boʻlgan, bu tashkilot 1912-yili Italiyaning „Yosh Italiya“ inqilobiy tashkilotiga oʻxshash asosida tuzilgan va ular hamm junubiy slavyan yerlarini birlashishtirish uchun kurashganlar. Buyuk Serbiya davlatini tuzishmoqchi boʻlganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |