Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 173 o‘tdilar. Ularning orasida ellikta mergan bor edi. Shular Hemu turgan joyga yaqin borib, uning ustiga o‘q yog‘dirdilar. Bu o‘qlar Hemuni og‘ir yarador qildi. Uni behush ahvolda asir oldilar. Buni narigi tepalikda turib ko‘rgan Odilshoh jon holatda qochishga tushdi. Sarkardalaridan ayrilgan qo‘shin to‘zg‘ib ketdi. Bayramxon otini Akbarning otiga baqamti keltirib: — G‘alaba muborak, amirzodam! — dedi-da, Shahzodani bag‘riga bosdi. O‘sha kuni Aliqulixonga mo‘tabar xoni zamon unvoni berildi. Bayramxon esa barcha vazir-u umarolardan balandroq turadigan vakili saltanat martabasiga ko‘tarildi. ___________ * Ch i g‘ d o v u l — razvedkachi. * X o s s a t o b i n — maxsus rezerv. * Yo s o q — o‘lim jazosi. * Q a d a g‘ a — murojaatnoma. * * * Hind vodiylaridan yil bo‘yi bahor yashilligi ketmagani kabi yil bo‘yi daraxtlar tagidan za’faron yaproqlar ham arimaydi. Barglar tabiat qonuni bo‘yicha yangilanib boradi, eskilari esa oy sayin sarg‘ayib asta-sekin to‘kilib turadi. Qora kiygan azador Hamida begim Akbarning qo‘liga suyanib Humoyunning qabri tomon majolsiz yurib boradi. Hamal kirib, gulmohur daraxtlari yana barcha yaproqlarini birvarakay to‘kkan-u bargsiz shoxlari g‘uj-g‘uj qizil gullar bilan bezangan. Ammo boshi egik Hamida begimning ko‘zlari yuqoridagi gullarga emas, daraxt tagini bosgan xazonlarga tushadi. Dunyodagi eng suyukli kishisidan ayrilgani, o‘ttiz ikki yoshida beva qolgani uning butun vujudini sarg‘aygan xazonga aylantirib qo‘yganday tuyuladi. Qabr atrofidagi ko‘kalamzor maydon ham uning ko‘ziga qayg‘udan xazon bo‘lib qovjirab turganday ko‘rinadi. Bu qabrga tosh qo‘yishga ulgurganlari yo‘q. Faqat Humoyun o‘zi yoqtiradigan Xusrav Dehlaviy va Nizomiddin avliyo mozori yaqinidagi bag‘ri keng bir tekislikning atrofini o‘rab, ariq qazdirishgan, ko‘chatlar ektirishgan va bo‘lajak maqbara uchun joy hozirlashgan, xolos. Bu judolik onasiga nechog‘li og‘ir tushishini Akbar bilardi. U Kobuldan kelayotgan onasini kutib olish uchun otda o‘n kun yo‘l yurib, Hind daryosining bo‘yigacha bordi. Kobul daryosi Hindga kelib quyiladigan Txatga atroflarida Hamida begimning daryodan o‘tishiga yordamlashadi. Poytaxt yana Agraga ko‘chgan bo‘lsa ham, Hamida begim Akbar bilan Dehlining Puran qal’asiga kelib tushdi. Bayramxon Agradagi saroyda, Humoyunning devoniomi va xonayi xosida ish olib bormoqda. Agradagi Zarafshon va Hasht Bihisht bog‘lariga o‘xshash oromgohlar Dehlida hali yo‘q. Buning ustiga, Hamida begim Dehlining Puran qal’asida turganda ko‘zi nuqul kutubxona binosiga va uning ichidagi tosh zinalarga tushar, bu hammasi uning dil yaralarini tirnab yangilar edi. Shuning uchun Akbar onasini Agraga olib ketmoqchi bo‘ldi: — Endi siz bu bexosiyat Puran qal’ada turmang, onajon. Akbar taxtga chiqqandan beri Hamida begim uni «siz»lab gapirardi: — Yo‘q, o‘g‘lim, otangizning qoni to‘kilgan tosh zinalar ham men uchun muqaddas, men bu yerdan hech qayoqqa ketmagaymen. — Agra uzoq emas-ku, tez-tez kelib qabrlarini ziyorat qilib turgaymiz. Hamida begim yig‘lab bosh chayqadi: — Tirikliklarida birga yashagani qo‘ymadilar, nuqul bizni ayirdilar. Endi men otangizning qabrlaridan ayrilmagaymen. Mening abadiy makonim ham u kishining yonlarida bo‘lg‘ay. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 174 Bu dunyoda otangizni endi qayta ko‘rolmagaymen. Koshki men ham tezroq jon bersam- u narigi dunyoga borib, otangizni yana ko‘rsam! Bu gaplardan Akbarning ham ko‘ngli buzilib, ko‘zlariga yosh keldi. Onasining musibatini yengillatadigan biron chora topmasa, undan ham ayrilib qolishi mumkinligini sezdi. Intihosiz xotiralar ichidan Hamida bonu Akbarga otasining ma’naviy olamini ko‘rsatadigan eng yorqinlarini saralab hikoya qilib berardi. Tar sahrosi, Qandahor, Qazvin... — Xudo rahmati Dehlida yetti oshiyonlik bino qurdirmoqchi edilar... Nasib qilmagan ekan... — Onajon, o‘sha binoni biz qurdirsak-chi? Otamning xotiralariga munosib ulkan maqbara... yetti oshiyonlik binoday baland bo‘lsa. Bu fikr Hamida bonuning musibat to‘la qalbiga taskin berishini Akbar sezdi. Uning kitoblari saqlanadigan sandig‘i ichida Samarqanddagi Amir Temur, Hirotdagi Gavharshod begim, G‘aznadagi Mahmud G‘aznaviy, Mashhaddagi Imom Rizo va boshqa eng mashhur maqbaralar tasviri to‘plangan muraqqas* bor edi. Akbar kitobdorga buyurib, shu muraqqasni toptirdi-yu, onasi bilan birga uni varaqlab ko‘rdi. Qo‘liga qog‘oz, qalam oldi. Musavvirlik va me’morlikdan xabari bor, Xo‘ja Abdusamaddan olgan saboqlari yodida. U Dehlidagi Mirzo Humoyun maqbarasini qanday tasavvur etishini onasiga chizib ko‘rsatdi. Bulutlar bilan bo‘ylashadigan muhtasham gumbaz. Yetti qavat uy balandligidagi peshtoqlar... Akbar chizgan rasm hali juda xom bo‘lsa ham, Hamida bonu uning jo‘shqin niyatini chiziqlar yordamida ko‘z oldiga keltira boshladi: — Bino buncha ulkan bo‘lsa, atrofidagi bog‘i ham o‘ziga yarasha katta bo‘lgani durust. Ichkari, tashqi hovlilari, suv jildirab oqadigan ariqlari, qator turgan daraxtlari... — Hammasi bo‘lg‘ay, onajon! Ertagayoq Dehlining eng mashhur me’mori mirzo Mirakni huzuringizga taklif etgaymiz. Akbar onasini g‘am-g‘ussadan alahsitadigan shunday katta ish topilganidan mamnun edi. Ertasi kuni ona-bola o‘ltirgan qabulxonaga mirzo Mirak ta’zim qilib kirdi. Alg‘ov- dalg‘ov zamonlarda qurilishlar taqqa to‘xtagani uchun qo‘lyozmalar ko‘chirib, hattotlik qilib kun ko‘radigan mirzo Mirak ko‘p o‘ltirib ishlashdan yelkalari bukchayib qolgan qirq besh yoshlardagi kishi edi. — Hazrat begim, amirzodam, tangrim meni shunday kunga yetkazgani uchun shukronalar ayturmen! Bu yaxshi niyatlaringiz meni tole mujdasidek shod qildi! Me’mor Akbar chizgan xomaki suratga ko‘z tashlar ekan: — Tasanno, amirzodam! — dedi. — Faqat ijozat bo‘lsa bitta mulohazamni aytsam... — Marhamat, mavlono. — Bu rasmda siz maqbara devorini to‘g‘ri yer yuzasidan ko‘taribsiz. Samarqand-u Hirotda shunday qilish mumkin. Chunki u yoqlarda yer osti suvlari uncha yaqin emas. Amir Temur dahmasi ham yer ostiga qurilgan. Ammo Dehlida yomg‘irlar ko‘p bo‘lgay, yer osti suvlari yuqori ko‘tarilib, dahmaga kirmasin uchun, uni balandroq joyga o‘rnatmoq darkor. O‘shanda maqbara sahni yerdan besh-olti gaz baland turgay. — Demak, maqbara bundan ham yuksakroq ko‘tarilgay, shundoqmi? — so‘radi begim. — Ayni shunday. — Qancha baland bo‘lsa shuncha yaxshi, — dedi Akbar. — Dehlining eng ulug‘ obidasi shu bo‘lmog‘i kerak! — Ammo xarajati ham shunga yarasha behad ulkan bo‘lg‘ay, amirzodam, — dedi me’mor. Butun davlat ishlari, shu jumladan, xazinaning ixtiyori ham Bayramxonda ekanini u yaxshi bilardi: — Otaliq janoblarining bu rejadan xabarlari bormi? Akbar yalt etib onasiga qaradi, Bayramxon hamma ishda o‘ta talabchan bo‘lgani kabi, sarf-u xarajatlarni ham qattiq tergab turar, hatto, Akbar va Hamida bonuning kundalik Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 175 sarflari uchun ketadigan mablag‘ ham xonboboning imzosi bo‘lmasa berilmas edi. Akbar Panipatda hammani, hatto, o‘zini ham otalig‘ining irodasiga bo‘ysundirgandan beri hanuz o‘sha yakka hokimlik davom etmoqda edi. Jome masjidlarida har juma kuni Akbarning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilsa ham, aslida, oliy hukmron Bayramxon edi. — Janob me’mor, siz avval maqbaraning tarhini chizing, — dedi Akbar. — Uni qurish uchun taxminan qancha mablag‘, qancha korgar-u hunarpesha kerakligini bizga yozib bering. — Bosh ustiga, amirzodam! Ammo hisob-kitob ishlari uchun maxsus odam yollamasam, o‘zim uddalay olmasmen. Xomaki tarhini chizish uchun ham ko‘p vaqt ketgay. Akbar me’morning ozg‘in yuzi va eskirgan kiyimlariga qarab, uning o‘zi ham yordamga muhtoj ekanini sezdi. Ichkari xonaga kirib, o‘zining shaxsiy xarajatlari uchun xazinadan olgan bir hamyon oltinni olib chiqdi-da, me’morga choshna* tarzida berdi. ____________ * M u r a q q a s — albom. * Ch o sh n a — avans. * * * Oradan ancha vaqt o‘tib, bo‘lajak maqbaraning sarf-u xarajatiga oid hisob-kitob tayyor bo‘lganda Bayramxon o‘zi Agradan Dehliga kelib qoldi. Uning soqol-mo‘ylovi silliq tarashlangan, yoshi ellik yettida bo‘lsa ham yigitlarday bashang kiyingan, kayfiyati yaxshi edi. Bayramxon burnog‘i yili Mevar hokimi Jamolxon degan amirning o‘n yetti yoshli qiziga uylangan, yaqinda bu yosh xotindan o‘g‘il ko‘rgan, unga Abdurahim deb ism qo‘ygan edi. Akbar bilan Hamida bonu xonboboni Puran qal’aning mehmonxonasida kutib olib, oldiga dasturxon yozdilar. Humoyunning yil oshisini berganlaridan so‘ng Hamida begim qora kiyimlarini tashlagan, hozir havorang qabo kiyib, boshiga ko‘k hoshiyali oq qasaba ro‘mol o‘ragan edi. — O‘g‘il ko‘ribsiz, janobi otaliq, — dedi Hamida begim. — Muborak bo‘lsin! — Qulluq, hazrat begim. Bizga ne xizmatlar bor? Bilgali keldim. — Biz amirzodam ikkalamiz hazratimning maqbarasi uchun tarh chizdirgan edik. Me’mor mirzo Mirak hozir qabulxonada. Siz ham bir ko‘rsangiz. — Bajonidil. Mirzo Mirak Bayramxonga alohida, Akbar bilan Hamida begimga alohida ta’zim bajo keltirgach, jildga solingan loyihani miz ustiga qo‘yib ochdi. Rangli qilib ishlangan maqbara tarhi bir qarashda Bayramxonga ham yoqdi. — Hazratimning ulug‘ xotiralariga munosib! — dedi u. Biroq me’mordan sarf-u xarajati qanaqa bo‘lishini so‘rab bilgan sari qoshi chimirilib, avzoyi o‘zgara boshladi: — Janob me’mor, bu binoga davlatimizning bir yillik daromadi ham yetmagay-ku! Xazinada bor mablag‘ni qurilishga sarf qilsak, o‘ttiz ming qo‘shinga maoshni qayoqdan to‘lagaymiz? Qurol-yarog‘ni qaysi pulga olgaymiz? — Otaliq janoblari, — dedi Hamida begim, — bu qurilish bir yilda bitmagay... Balki mening qolgan umrim shunga sarf bo‘lgay. Har yilgi davlat daromadlaridan bir qismini ajratsangiz bas... Bayramxon begimning musibatli yuziga nazar tashladi-yu, sal yumshadi: — Xo‘p, men rozi! — dedi. — Hozircha loyiha ishlari uchun mablag‘ topib bergaymen. Qurilishning o‘zi uchun kelgusi yili daromadlardan bir qismini ajratgaymiz. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 176 * * * Hamida begim hayotining eng katta muammosi bo‘lib turgan maqbara qurilishiga Bayramxonning roziligini olganidan mamnun va muloyim bo‘lib qoldi. Bayramxon mana shu paytdan foydalanib, dilidagi nozik gaplarni unga aytishga chog‘landi. Ammo yosh yigit Akbarning oldida siri ochilishidan iymanganday taraddudga tushdi. — Hazrat begim, — deb u o‘ng‘aysizlanib gap boshladi, — ko‘ngil odamni ne ko‘ylarga solishini boshqalar bilmasa ham siz yaxshi bilursiz. Yoshlikdagi bir dard menga umr bo‘yi azob berib yurganidan Humoyun hazratlari xabardor edilar. Dilimdagi armonni bilganlaridan so‘ng, «eski xatoni, albatta, tuzatgaymiz, agar Hindni xudo qayta nasib etsa, bizga qarindosh bo‘lgaysiz», degan edilar... Akbar xonbobosini hech qachon hozirgiday o‘ng‘aysiz va uyatchan qiyofada ko‘rmagan edi. Uning soqol-mo‘yloviga va o‘siq qoshlariga tushgan oq tolalar ilgari o‘z yoshiga yarashgan kabi salobatli ko‘rinardi. Bugun Akbar uning soqol-mo‘ylovi yigitlarnikiday qop-qora ekanini ko‘rib taajjubga tushdi. Uning Hamida begimga aytayotgan gaplari ham g‘alati edi. Lekin ko‘p nozik sirlardan xabardor Hamida begim Bayramxonning nima demoqchiligini darhol fahmladi-yu, dili alg‘ov-dalg‘ov bo‘la boshladi. Bayramxon podshoh oilasiga qanday qilib qarindosh bo‘lmoqchiligi unga ma’lum... Humoyunning jiyani Salima sulton begim bo‘y yetib qolgan, ota-onasi o‘lib ketgandan beri Hamida begim uni ona o‘rnida tarbiyalab o‘stirgan. Bugun Bayramxon Dehlining Puran qal’asiga kelganda o‘n besh yoshli Salima begimni uzoqdan ko‘rib, yuragi «jig‘» etib ketdi. Chunki Salima ulg‘aygan sari onasi Gulrang begimga ikki tomchi suvday o‘xshaydigan go‘zal qiz bo‘lib bormoqda edi. Bayramxon yigit paytida Gulrang begimni qattiq sevganligi, qiz ham unga moyil bo‘lganligi, lekin taqdirlari qo‘shilmay, ikkovi ham dog‘da qolganlari Hamida begimga ma’lum edi. Qandahorda Xonzoda begim Bayramxon- ning Humoyunga qilgan yaxshiliklaridan behad mamnun bo‘lgan paytlarida: «Yana bitta qizim bo‘lsa Bayramxonni o‘zim kuyov qilar edim!» degan so‘zlari ham begimning yodida qolgan. Keyinchalik Bayramxon Kobulda Salima begimni onasiga juda o‘xshab qolgan paytida ko‘rdi-yu, yuragida hali so‘nmagan o‘sha yoshlik mehri qayta alanga olganday bo‘ldi. O‘rta bog‘da Akbar bilan kelin-kuyov o‘ynab o‘sgan Salima hazrat tog‘asining eng ishongan do‘sti Bayramxondan ko‘pda tortinmas edi. Bayramxonning katta xotinidan tug‘ilgan o‘g‘illari uylangan, o‘zining o‘siq soqol-mo‘yloviga oq tushgan. Shuning uchun Salima ham uni Akbarga o‘xshab: «Xonbobo», deb atar edi. Bayramxon Salimani O‘rta Bog‘dagi shiyponda o‘n uch yoshida bir uchratdi-yu, gapga soldi. Gulrang begimga atab yozgan she’rlaridan Salimaga o‘qib berdi: Ey pari paykarki, umri jovidonimsen* mening, To tirikmen, sendan ayrilmonki, jonimsen mening. she’rni yaxshi ko‘radigan va o‘zi ham g‘azal mashq qila boshlagan Salima begim Bayramxonning bu haroratli baytidan astoydil zavq olgani uning parpirab yongan ko‘zlaridan bilindi. Shunda Bayramxon avvalgidan ham haroratliroq ovoz bilan yana bir bayt aytdi: Yo‘q sencha kishi sevguluk el ichraki, yo‘qtur, Sendek sevarim, xoh inon, xoh inonma. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 177 Bayramxonning bu g‘azali kuyga solib aytiladigan mashhur ashulalardan ekanini Salima bilardi. Onasi Gulrang begimga atalgan bu satrlarni Bayramxon endi uning shoirtabiat qiziga tikilib aytganda, eski muhabbati go‘yo yangilandi-yu, el ichida endi unga Salima begimdan suyukliroq qiz yo‘qday tuyuldi. Bayramxonday katta shoir bilan suhbatlashganidan xursand bo‘lgan Salima keyinroq payt topib unga o‘zining she’riy mashqlarini ko‘rsatdi. Qiz bolaning ishqiy she’rlar yozishi mutaassib odamlar tomonidan uyat sanalardi, shuning uchun Salima o‘z she’rlariga «Mahfiy» deb imzo chekar edi. Salima bir vaqtlar Akbar bilan kelin-kuyov o‘ynab yurgan paytlaridan beri Akbarni bolalarcha bir mehr bilan yaxshi ko‘rardi. Uning ishqiy she’rlari Akbarga bag‘ishlangan, lekin buni hech kimga, shu jumladan, Bayramxonga ham aytmas edi. Qizning she’rlaridagi bu yashirin olov Bayramxonning unga bo‘lgan mehrini yanada alangalantirganday bo‘ldi. she’r bahonasi bilan ular bog‘da bir necha marta suhbatlashdilar. Bayramxon Salimaga uylanish va podshoh oilasiga kuyov bo‘lish niyatini ko‘ngliga mahkam tukkan edi. Humoyun va’dasini bajarishga ulgurmay olamdan o‘tdi. Salimaning ham otasi, ham onasi o‘rnida Hamida begim qoldi. — Endi, hazrat begim... xudo bizni osuda kunlarga yetkazdi. Katta qurilishlar, orzu- havasli to‘ylar qiladigan paytlar keldi... Xonbobo bugun Salima begimga yosh ko‘ringisi kelib, soqol-mo‘ylovini bo‘yattirganini Hamida begim endi payqadi. Lekin uch kam oltmish yillik umr mashaqqatlari uning yuziga, peshonasiga, hatto, bo‘yinlariga chuqur ajinlar solib ketgan edi. Bo‘yalgan soqol- mo‘ylov bilan bu ajinlar bir-birini fosh qilishini Bayramxon o‘zi ham sezayotganday qimtinib, o‘ng‘aysizlanardi. Xonboboni hech qachon bu ahvolda ko‘rmagan Akbar gap nimadaligiga tushunmay, goh unga, goh onasiga hayron bo‘lib qarardi. Hamida begim iztirob ichida qolganini sezgan Bayramxon uning biron sovuq gap aytib qo‘yishidan cho‘chidi va so‘zini tezroq tugatishga intildi: — Qolgan gapni bugun oqshom shayx Gadoyi kelib aytgay, begim. Men Sherxon asirligidan qochib yurganimda bu shayx meni uyiga yashirib, naqd o‘limdan olib qolgan. Shuning uchun uni munosib ko‘rdim... Men o‘ttiz yil davomida shu xonadonga qilgan xizmatlarimni o‘zingiz bilursiz. Bizga shu inoyatni munosib ko‘rsalaringiz, men uchun eng oliy mukofot bo‘lg‘ay. Shu vaqtgacha qilgan xizmatlarim daryodan tomchi. Daryoning o‘zidek katta xizmatlarni qon-qarindosh bo‘lganimizda qilgaymen! — Janob vakili saltanat! Hali dilimizdan qayg‘u arigani yo‘q. Shayx Gadoyi shoshmasinlar. Keyinroq... — Qachon? — sabrsizlanib so‘radi Bayramxon. — Yana uch-to‘rt oy o‘tsin. Bir vaqtlar Qazvinda elchilik qilib yurgan kezlarida juda bardoshli va mulohazakor odam bo‘lgan Bayramxon keyingi yillarda xiyla o‘zgarib qolgan. Qandahorda o‘n yil hokim bo‘lgan va so‘nggi paytlarda Akbarni ham o‘z izmiga bo‘ysundirgan tojsiz podshoga aylangandan beri avvalgi sabr-bardoshi va mulohazakorligi uni go‘yo tark etgan. Hozir ham «uch-to‘rt oy» degan so‘zlardan ozorlanib: — Hazrat begim, paysalga solinsa gap ko‘paygay!— dedi. — Mayli, bir hafta o‘tsin. Shayx Gadoyini kelgusi chorshanbada qabul qiling... Akbar bu orada gap nimadaligini fahmlay boshlagan edi. U hozir onasining yonini olsa, gap battar chigallashishini sezgan Bayramxon: — Amirzodam, — deb Akbarning xayolini boshqa yoqqa burdi, — siz mendan Panjob bilan Mankot viloyatiga borish uchun ijozat so‘ragan edingiz. Mana, yomg‘ir fasli tugadi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 178 — Endi jo‘nasak bo‘lg‘aymi? — qiziqib so‘radi Akbar. — Ha, Laxo‘rda atkangiz Shamsiddin Muhammad sizni kutib olg‘ay. U hozir Panjob hokimi. Mankot ham bizga xayrixoh viloyat. Bu yerdan mingta bek-u navkar Pirmuhammad atka boshchilig‘ida sizga hamroh bo‘lg‘ay. Shu hafta yo‘lga chiqmog‘ingiz mumkin. Barcha tayyorliklar ko‘rilgay. Bayramxon Salima begimning Akbarga mehri borligini ishonchli odamlardan eshitgan edi. Endi sovchi keladigan nozik paytda Akbarni uzoqroqqa yuborib, qiz tufayli ikki oraga tushishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini olmoqchi edi. Bayramxon o‘z niyatiga tezroq yetish uchun hamma narsani oldindan o‘ylab, astoydil tayyorlanib kelganini sezgan Hamida begim og‘ir va tahlikali tuyg‘ular girdobida qoldi. — Onajon, men Mankotga ketsam, sizga qiyin bo‘lmagaymi? — deb so‘radi Akbar. Hamida begim Salimani o‘ziga kelin qilmoqchi edi. Qiz ham shuni juda istaydi, Akbarga duch kelib qolsa, bo‘lajak kelinchakday uyalib qimtinadi. Akbar hali uylanish to‘g‘risida o‘ylamaydi. Lekin vaqt o‘tishi bilan u ham o‘zining Salimaga ko‘ngli borligini fahmlab qolishi mumkin. Hamida begim hozir shuni Bayramxonga aytadigan bo‘lsa, qiziqqonli otaliq olovlanib ketishi aniq. Axir u Humoyunning va’dasiga orqa qilyapti. Bir vaqtlar Gulrang begimni unga bermaganlarining alamini unutolmay yuribdi. Ikki orada nizo chiqsa, Akbar ayovsiz kurash girdobiga tortiladi-yu, hayoti xavf ostida qoladi. Yo‘q, Hamida begim yolg‘iz o‘g‘lini bunday xavf-u xatardan uzoqroq tutmog‘i kerak. Akbarning o‘zi ham qachondan beri Mankot tomonlarga safar qilish orzusida yurardi. O‘g‘li hozir shuni istab turganini ko‘rgan Hamida begim: — Mayli, Akbarjon, sizni sog‘inib qiynalsam ham, bardosh berurmen! — dedi. Akbar safar ishtiyoqi va tayyorgarligiga berilib, Bayramxon bilan onasi orasida bo‘lib o‘tgan g‘alati va sirli gaplarning sababini uncha surishtirmadi. Lekin u jo‘naydigan kuni ertalab onasining xonayi xosiga xayrlashish uchun kirganida rangi so‘lg‘in, ko‘zlari yig‘idan qizargan Salima begimni ko‘rib qoldi. Akbar yarim yosh katta edi va qizga «sen» deb gapirardi: — Ha, Salima, senga ne bo‘ldi? Hamida begim «aytma» deganday labini tishlab qaradi. Lekin Salima ichki tug‘yonini Akbardan yashirolmadi: — Men ham sizdek... xonbobo deb... bobom o‘rnida ko‘rsam... nevarali odam menga oshiq bo‘lganmish!.. Uylanmoqchi emish. Akbar Bayramxonning o‘tgan kuni odatdan tashqari iymanib aytgan so‘zlarining ma’nosini va shayx Gadoyi kelishining sababini endi tushundi. — Nahotki? Yo‘g‘-ey! Salima, balki xonbobo hazil qilgandir?.. — Hazil emish!.. Mana, xonbobo o‘zi menga arzi hol qilib yozgan she’ri. Ikki yoshga iztirob bilan tikilib nima deyishini bilmay turgan Hamida begim ularning bir- biriga qanchalik munosibligini ko‘rib, yuragini alam timdaladi. Akbar — mo‘ylabi ko‘zga tashlanib qolgan, durkun gavdali, jozibali yigit. Balog‘atga yetib, pushtirang baxmal nimchasining ko‘kraklari bo‘rtib turgan xipcha bel, nafosatga to‘la qiz Salima. Nahotki ularning taqdirlari qo‘shilmagan bo‘lsa? Akbar oltin suvi yugurtirilgan ipak qog‘ozdagi satrlarga ko‘z yugurtirdi: Hajringni xayol qilmoq mushkul, Sendin talabi visol qilmoq mushkul. Holimni senga arz qilsam deydurmen, Ammo menga arzi hol qilmoq mushkul. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 179 Akbar Bayramxonning dastxatini tanirdi. she’rdagi rostgo‘ylik, haroratli qalbning dardi va shoir qalamining ta’sir kuchi uni o‘ziga rom qildi. Bayramxon yoshligida Gulrang begimga oshiq bo‘lib, yetisholmaganini Akbar ham bilardi. Salima onasiga juda o‘xshashini u ham eshitgan edi. O‘sha eski dard yangilanib otalig‘ini ne chog‘lik mushkul ahvolga solib qo‘yganini uning o‘zi she’riy satrlarda rostgo‘ylik bilan aytgani Akbarni lol qoldirdi. Chindan ham, xonboboning yoshgina Salimadan visol talab qilishi juda mushkul, arzihol qilishi bundan ham mushkul, uning hajrida kuyishi esa hammasidan mushkulroq. Ko‘ngil kishini ne ko‘ylarga solishini Akbar o‘sha kuni xonbobo yosh yigitlarday iymanib gaplashganda ham ko‘rgan edi-ku. — Endi ne qilurmiz? — deb Akbar onasiga qaradi. Shu qiyin asnoda Hamida begim Humoyunning ruhiga suyandi: — Hazrat otangiz va’da bergan ekanlar... o‘zingiz eshitdingiz, bolam. Salima begim yig‘lab gapirdi: — Hazrat tog‘am tirik bo‘lganlarida menga rahm qilmasmidilar? Axir men ham hazrati Boburning nevarasi emasmenmi? Bobomiz o‘z qizlarini uch xotinli keksa beklarga berib, xor qilgan emas edilar-ku? Menga ham o‘zimga munosib yigit topilmagaymi? she’r mashq qilib yurib dilidagini ravon aytishga o‘rgangan Salimaning bu gaplari Akbarni larzaga soldi. Unda ham birdan boburiylarga xos g‘urur, izzat-nafs uyg‘ondi. — Biz hali shunchalik himoyasiz, notavon oila bo‘lib qoldikmi, onajon? Mening podsholigim qayoqda qoldi? Xonbobo tepamizga chiqib ketmoqda-ku! Uning katta o‘g‘li Mirzoxon hozir yigirma besh yoshda! o‘n to‘qqiz yoshli xotini Noziya bor! Yana Salimaga... Soqolini bo‘yab... axir bu... Akbar bilan otalig‘ining orasi birdan darz ketganday bo‘ldi. Hamida begim buning oqibatidan qo‘rqdi. — Bayramxon siz uchun ota o‘rnida-ya, Akbarjon! Zinhor unga qarshi gapirishga o‘rganmang! Ig‘vogarlar ko‘p, darrov yetkazgay! — Yetkazsa, yetkazsin! — dedi Akbar. — Qo‘rqib, xor bo‘lib yashagandan, mardona olishib, o‘lgan yaxshi! Hamida begim talpinib Akbarning oldiga bordi-yu, uning yelkasidan quchdi: — Bolajonim, botirlar avlodidansiz, sizning sherdil yigit bo‘lishingizga ishonchim komil! Faqat endi o‘n oltiga kirdingiz. Shoshilmang, bir-ikki yil kuch yig‘ing. Hech bo‘lmasa o‘n sakkizga kiring, davlatni o‘zingiz boshqaradigan bo‘ling. Biz buni sabr-bardosh bilan kutgaymiz! Akbar Salimaga savol nazari bilan qaradi. Qiz ham kuta olarmikan? Lekin Salima ixtiyori o‘zida emasligini bilardi. Akbardan himoya so‘rash esa xatarli ekanini, yosh o‘spirin hozir Bayramxon bilan olishsa halok bo‘lib ketishi muqarrarligini Salima sezib turardi. U o‘zini yig‘idan zo‘rg‘a tutib: — Amirzodam, onamiz haqlar, — dedi. — Men baxti qora qiz ekanmen, yetim o‘sdim. Endi meni deb bunday balo-qazoni bo‘yningizga olmang. Men ham taqdirimda borini ko‘rgaymen. Lekin to o‘lguncha sizga... Sizni qalbim to‘rida saqlagaymen! Xayr! Salima yig‘laganicha xonadan chopib chiqib ketdi. Uning alamli so‘zlari va achchiq yig‘isi Akbarning qalbidagi qudratli bir tuyg‘uni junbushga keltirganday bo‘ldi. Bu tuyg‘u muhabbatmidi yoki faqat rahm-shafqatmi, hali uning o‘zi ham bilmaydi. Faqat tomog‘iga bir narsa tiqilib, ovozi bo‘g‘ilib gapirdi: — Salimaga bunchalik jabr qilinsa, biz qandoq qarab turgaymiz, onajon? Men hozir borib otalig‘im bilan so‘zlashgaymen! Bayramxon o‘tgan kuni Dehlidan Agraga jo‘nab ketgan edi. Buni biladigan Hamida begim: Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling