Humoyun va akbar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/52
Sana19.08.2020
Hajmi1.29 Mb.
#126916
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
tuzatishni o‘z achchiq tajribasi orqali yaxshi biladigan Salim ota hind tabiblari yordamida 
Abdulla Niyoziyni o‘lim changalidan qutqarib oldi. Ammo kaltak zarbidan badani hilvirab, 
ichki a’zolari ham lat yegan Abdulla Niyoziy uzoq vaqt to‘shakdan turolmay yotdi. 
Bianadagi xalq harakati jasur boshliqlaridan ayrilgach, isyonchilar jamoasi tarqab ketdi. 
Lekin ikki yil davomida bu jamoa qilgan adolatli ishlar va odamlarning dilida uyg‘otgan 
isyonkor tuyg‘ular go‘yo bir tutantiriq bo‘ldi-yu, butun mamlakatda Islomshohga qarshi 
qaratilgan nafrat olovini yondirdi. Bu nafrat kutilmagan joylardan Islomshoh dargohiga 
ham yo‘l topib kirar, saroydagi iste’dodli shoirlar va fozil kishilar ko‘zidan podshoga 
atalgan qarg‘ish yog‘ilib turganday bo‘lardi. Bu hammasi tashqi alg‘ov-dalg‘ovlar azobiga 
qo‘shilib. Islomshoh uzoq umr ko‘ra olmadi. U qirq beshga bormay vafot etdi. 
Shundan keyin Sherxon avlodlarining xonadoni to‘rt tomonidan o‘t ketgan uyning 
ahvoliga tushdi. Islomshohdan so‘ng taxtga chiqqan uning o‘ng ikki yashar o‘g‘li Feruzni 
o‘zining tug‘ishgan amakisi Muborizxon zaharlab o‘ldirdi. Bu qotil amaki o‘ziga Odilshoh 
deb nom qo‘yib Agrada taxtga o‘tirgandan so‘ng, boshqa qarindoshlar birvarakay isyon 
ko‘tardilar. Sherxonning qiz nevarasiga uylangan Ahmadxon sur Laxo‘rda o‘zini mustaqil 
podsho e’lon qilib, Iskandarshoh nomi bilan taxtga chiqdi. Chunor qal’asidagi ikkinchi 
kuyov — Ibrohim sur Agraga hujum qilib, uni Odilshohdan tortib oldi. Biroq 
Iskandarshoh ham Agraga da’vogar edi. U Laxo‘rdan Agraga qo‘shin tortib keldi. Ikki 
kuyov poytaxt Agrani talashib, qonli janglar qilayotgan paytda Humoyun o‘ttiz ming 
askar bilan Kobuldan chiqib Hind daryosidan o‘tdi-yu, bir hafta ichida Laxo‘rni jangsiz 
egalladi. 
Salim ota ko‘pdan beri Humoyunning yo‘liga ko‘z tutib yurar edi. Shuni biladigan Abdulla 
Niyoziy Panjobdan yaqinda qaytgan shayx Muborak degan kishini Salim otaning 
kulbasiga boshlab keldi. 
Ajdodlari arab bo‘lgan shayx Muborak ham Bianadagi xalq harakatiga ishtirok etgan, 
keyin quvg‘inga uchrab, Bxira tomonlarga ketib qolgan edi. U Salim otadan suyunchi 
so‘ragisi kelib: 
— Taqsir, Humoyun siz ta’rif qilganingizdek sohibdil odamga o‘xshaydir, — dedi. — 
Bxiradan to Laxo‘rgacha men uning amalga oshirgan tadbirlarini zimdan kuzatib keldim. 
Hindistonda ocharchilik boshlanganidan xabardor ekan, ko‘p joylarda ochlarga osh-non 
ulashishni buyurdi. Lekin bu bilan ish bitmasligi aniq edi. Qandahor-u Peshovar 
tomonlarda don arzon ekan. Humoyun kemalarda, karvonlarda don tashitib kelib, 
bozorlarni jonlantirib yubordi. Tujjorlarning o‘zlari foyda ketidan quvib, shimoldan 
Panjobga tinmay don tashib kelmoqda! 
— Koshki Agralarda ham shunday qilinsa! — deb, qilt etib yutindi Abdulla Niyoziy. U 
bemorlikdan tuzalgandan keyin Sekriga ko‘chib kelgan, tog‘ etagida kichkina bir kulbada 
nochorgina hayot kechirar edi. Shayx Muborak keltirgan xushxabar Salim otani 
quvontirib yubordi. U maslakdosh do‘stlari oldiga dasturxon yozib, banan va xurmo 
qo‘ydirdi. 
— Ne qilayki, non yo‘q, — dedi va xotiniga shirguruch pishirishni buyurdi. — Bugun 
borini yeb turaylik. Ertaga yana nasib qilgani bo‘lgay. Shoyad-ki, bug‘doy ortgan 
karvonlarni Humoyun biz tomonlarga ham boshlab kelsa! 
Tojdorlarni xush ko‘rmaydigan Abdulla Niyoziy: 
— Karvonlar tashib kelgan bug‘doy falon pul tursa kerak, — dedi. — Siz-u bizda oltin-
kumush yo‘q. Humoyunga umid bog‘lab yana aldanib qolmang. Salim ota. 
— Rost, miyon* Abdulla, — dedi Salim ota Humoyunga yaqin yurib boshdan kechirgan 
falokatlarini eslab ketdi: — Shohlar bilan bizning oramizda chuqur jarlar bor. Men bu 
jarga bir marta qulab, o‘lishimga sal qoldi. 
Shayx Muborak bosh chayqab: 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
— Har qalay, Humoyun Islomshohday zolim emas, — dedi va qo‘ynidan qatlangan bir 
yozuv chiqardi: — Mana, Humoyunning afvi umumiy e’lon qilib chiqargan farmoni. 
Farmon oddiy odamlar ham tushunadigan qilib yozilgan edi. Salim ota uni shayx 
Muborakning qo‘lidan olib ovoz chiqarib o‘qidi: 
«Xaloyiq! Kimki ilgari Sherxon va uning avlodlari ta’sirida bizga qarshi ish qilgan bo‘lsa-
yu, endi bu xato yo‘ldan qaytib, biz bilan hamkorlikka yuz tutsa, hammasiga afvi 
umumiy bergaymiz, barcha gunohlaridan kechgaymiz, har biriga munosib inoyatlar 
qilgaymiz. Barcha bek-u navkarlarga tayin etildikim, biz o‘z qadrdon elimiz bo‘lmish Hin-
distonga qaytdik, bosqinchilik va talonchilikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmasin. Bu farmoni 
oliyga rioya qilmay, hind dehqonlarining sigirini o‘g‘irlab so‘ymoqchi bo‘lgan Ahmadxon 
ismli navkar o‘n ming kishilik qo‘shin oldida quturgan filning oyog‘i tagiga tashlab 
o‘ldirildi. Inshoollo, bu jazo boshqalar uchun ibrat bo‘lg‘usidir, fuqaroning mol-u jonini 
omon saqlashga yordam bergusidir. Bizning ezgu niyatimiz — o‘zaro urushlarda, jabr-u 
zulm ichida abgor bo‘lgan bu muazzam mamlakatni yana qaytadan yakdil-u yaktan, 
obod-u qudratli qilmoqdir. Ilohim, shu ulug‘ maqsadlarga yetaylik!» 
Bu gaplar ta’sirida Salim otaning dilida yana iliq tuyg‘ular uyg‘ondi. Humoyun mavlono 
Xondamir bilan hamkor bo‘lib yangi qonunlar chiqargani, tabiatdagi uyg‘unlik va 
muvozanatni jamiyatga ham tatbiq etishga intilgan xayolidan bir-bir o‘tdi. 
— Humoyun sizga qadrdon bo‘lgan ekan! — dedi shayx Muborak unga. — Endi u Dehliga 
qaytayotgan paytda, siz unga peshvoz chiqsangiz... Humoyun quvg‘inda yurganda biz 
uning dushmanlari bo‘lgan Sherxon avlodlari bilan qanday olishganlarimizni so‘zlab 
bersangiz... Axir Abdulla Niyoziy bosh bo‘lgan xalq harakati Islomshoh hukmronligini 
ichdan yemirmaganda, Humoyun Panjobni jangsiz ololmagan bo‘lardi! 
— Ha, uning Hindistonga qaytishiga biz qanday ko‘mak berganimizni Humoyun bilmog‘i 
kerak, — dedi Salim ota. — Lekin... uning dargohida ko‘rgan dahshatlarim xotirimdan 
nari ketgan emas... «Saroyga ikkinchi qadam bosmagaymen!» — deb ahd qilganmen. 
Islomshoh saroyida yegan kaltaklari Abdulla Niyoziyning ham esiga tushdi-yu: 
— Bormaganingiz ma’qul, — dedi. 
Ammo shayx Muborak boshqa narsadan xavotir bo‘lmoqda edi. Humoyun afvi umumiy 
e’lon qilinganidan foydalangan ba’zi makkor odamlar endi al-damchilik yo‘li bilan 
Islomshoh davridagi yuksak martabalarini saqlab qolishga intilmoqda edilar. 
— Islomshoh saroyida shayxulislom bo‘lgan Abdulla Ansoriy yodingizda bormi? — deb 
so‘radi shayx Muborak Niyoziydan. 
— A’loyini o‘ldirishga fatvo bergan ilonmi? 
— Ha, o‘sha Ansoriy ham go‘yo keyin Islomshohdan aynigan emish. Shayxulislomlik 
lavozimidan foydalanib, Islomshohning ichki sirlarini bilar ekan-u xufiyalar orqali 
Kobuldagi Humoyunga yetkazib turar ekan. Islomshoh o‘lib, ichki nizo avjiga chiqqanda 
shayx Ansoriy Humoyunga: «Endi kelsangiz Hindiston sizniki bo‘lgay», deb bir juft etik 
yuboribdir. Bu etikning ramziy ma’nosi ham podshoga xushomaddan iborat ekan, ya’ni: 
«Ota yurtin-giz Turon — bosh bo‘lsa, siz hozir turgan Kobul, — bel, biz esa sizga oyoq 
bo‘lib, shu etikdek xizmat qilishga shaymiz!» degani ekan. 
— Ob-ba, xushomadning boloxonadorligini qarang! — dedi Niyoziy nafrat bilan. 
— Podsholar xushomadni yaxshi ko‘rishini bilursiz, — deb so‘zida davom etdi shayx 
Muborak. — Panjob jangsiz olinganda Abdulla Ansoriy Laxo‘rdan bir kun yo‘l yurib, 
Humoyunga peshvoz chiqibdir. Podsho u bilan otdan tushib ko‘rishibdir. «Taqsir, etik 
yuborib qilgan karomatingiz rost keldi!» deb tashakkur aytibdir. Oradan uch kun o‘tmay 
Laxo‘r ulamolari Abdulla Ansoriyni Humoyun saroyiga shayxulislom tayin etib fatvo e’lon 
qildilar. Podsholar o‘zgarsalar ham, shayxulislom yana o‘sha Ansoriy! 
— Ikki podsho orasida ayg‘oqchilik qilib yurgan odamga shunday martaba berilsa-ya! — 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
g‘ashi kelib dedi Salim ota. 
— Podsholarga ayg‘oqchilar, albatta, kerak, bunisi ko‘pdan ma’lum, — so‘zida davom 
etdi shayx Muborak. — Ammo bu Ansoriy zulm tig‘ini Islom-shohga qanday qayrab berib 
turganini Humoyun hali bilmasa kerak. Shundan foydalanib, makkor Ansoriy biz kabi 
tarafdolarini ham Humoyunga yomon ko‘rsatishi, oraga nifoq solishi mumkin. Axir 
hamon adolat izlab yurgan mahdiylar harakati xalq orasida hali to‘xtagan emas! Salim 
ota Humoyunga hech bo‘lmasa bir maktub yozib, Bianadagi xalq harakati qanday 
bo‘lganini, Ansoriy o‘shanda nelar qilganini haqqoniy so‘zlar bilan bayon qilishlari kerak 
emasmi? 
— Agar men bu maktubni yozsam, uni kim Humoyunga yetkazib bergay? Shohning 
qabuliga kirish oson emas. 
— Yozing, men eltib berishga urinib ko‘ray, — dedi shayx Muborak. 
Mehmonlar shirguruchni yeb tarqaganlaridan so‘ng, Salim ota yolg‘iz qolib qo‘liga qalam 
oldi. Shunda Hamida bonu va undan olgan maktubini es-ladi. Humoyunning Akbar degan 
o‘g‘li kattagina o‘smir bo‘lib qolganini eshitgan edi, shu yodiga tushib, maktubni 
muborakboddan boshladi. Keyin Humoyun quvg‘inda yurgan yillarda yuz bergan 
voqealarni qisqacha bayon qildi. Shayx Ansoriy haqidagi gaplarni ham barcha dalillari 
bilan qog‘ozga tushirgach, maktubni shunday tugatdi: 
«Hazratim, ko‘rishmaganimizga o‘ng olti yil bo‘ldi. Bu orada siz ko‘p dovonlardan oshib, 
avvalgidan yuz chandon tajribaliroq va donoroq bo‘lib qaytmoqdasiz, degan ishonch 
bilan yo‘lingizga ko‘z tikmoqdamiz. Xalq adolatli rahbarga benihoya tashna. Mahdiylar 
harakati ham ana shu tashnalikdan kelib chiqqan edi. Agar shu tashnalikni qondirsangiz
el-ulus sizni barcha balolardan asraydigan balogardon bo‘lg‘usidir!» 
Ertasi kuni yo‘l tayyorligini ko‘rib kelgan shayx Muborak bu maktubni to‘nining astariga 
tikib, Panjobga yo‘l oldi. Ammo u Laxo‘rga yetib borma-sidan, Humoyun Dehliga tomon 
qo‘shin tortib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Sherxon avlodlaridan Iskandarshoh Agra 
yaqinida o‘z raqibi ibrohim surni yenggan, uning bir qism askarlarini o‘ziga qo‘shib olib, 
lashkarini ellik mingga yetkazgan edi. Endi Iskandarshoh bu katta qo‘shin bilan Sirhind 
yaqinida Humoyunning yo‘lini to‘sib chiqdi. 
Shayx Muborak bir-biriga qarab yumalayotgan tog‘day zo‘r toshlarning orasida qolib, 
yanchilib ketmaslik uchun o‘zini chetga olib, Kalonurga ketdi va janglar tugashini kutdi. 
Oradan bir oycha vaqt o‘tgach, Iskandarshoh Panjobning Maxchivara degan joyida 
Humoyunning lashkarboshisi Bayramxondan yengilib, Himolay tog‘lari tomonga qochgani 
ma’lum bo‘ldi. Bundan behad suyungan shayx Muborak Humoyunning huzuriga yo‘l oldi. 
Ammo Jamna bo‘yab Dehli tomonga ketib borayotgan Humoyunning hozir muqim 
turadigan joyi yo‘q, qarorgohlarining o‘rni o‘zgarib turadi. Qalandar kiyimida yurgan 
shayx Muborak, nihoyat, uning o‘rmon chetida ov qilish uchun ikki-uch kun 
to‘xtaganidan foydalandi-da mavkab joylashgan qarorgohga yaqinlashdi. Qo‘riqchilar 
boshlig‘iga: 
— Hazrat oliylariga xalqning nomidan yozilgan bir maktub topshirmoqchimen, — deb arz 
qildi. 
Davlat boshlig‘iga arz-u dod qilib keluvchilar juda ko‘p bo‘lganligi uchun, ularni avval 
sinchiklab tekshirishar va o‘ntadan bittasini podshoning huzuriga kirgizishar edi. Shayx 
Muborakni ham qo‘rchibegi savolga tutib, taftish qilayotgan paytida katta oq sallali 
Abdulla Ansoniy ikkita ulamo bilan ularning yonidan o‘ta boshladi. Shayx Muborak sallasi 
kattalarga yuzini ko‘rsatmaslikka tirishib, orqa o‘girib turdi. Lekin qo‘rchibegi 
ulamolardan birini chaqirib: 
— Taqsir, beri keling, bu odam ham shayxlardan ekan, — dedi. — Qandaydir mahdiylar 
nomidan podshoga maktub olib kelganmish. Ko‘rib bering-chi, hazratimning e’tiborlariga 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
arziydigan gapmikin? 
Ansoriyning ishorasi bilan yoshroq bir imom qo‘rchibegining oldiga keldi, xayriyatki, 
Abdulla Ansoriy orqa o‘girib turgan shayx Muborakni ta-nimadi. Yosh imon yaqin kelib 
shayx Muborakning yuziga tikildi-yu: 
— Qani, hazratimning nomlariga yozilgan maktubni bir ko‘raylik-chi! — dedi. 
Shayx Muborakning ichi qo‘rquvdan muzlab ketdi. Maktubda Ansoriyga qarshi yozilgan 
so‘zlarni mana bu imom o‘qisa shayx Muborakni tinch qo‘ymaydi. Din peshvolarining o‘z 
qurolli odamlari— muhtasiblari bor. Ansoriy «dahriy» deb fatvo bersa bas, muhtasiblar 
shayx Muborakni hibsga olishga ham, o‘ldirishga ham qodir. Shayx Muborak maktubni 
olib bermoqchi bo‘lib, qo‘yniga qo‘l soldi. Lekin bo‘sh chiqdi... Qo‘lidagi qalandar xaltasini 
titkiladi, hatto uni qo‘rchibegiga ochib ko‘rsatdi. Belidagi fo‘tasini yechib, eski to‘nining 
barlarini silkitdi. Maktub yo‘q! U astar ostiga tikilgan joyida «qilt» etmay turgani shayx 
Muborakning joniga ora kirdi: 
— Maktubni kecha yotgan joyimda unutib qoldiribmen! Meni ma’zur tuting! Ijozat bo‘lsa, 
hozir borib olib kelay! 
Qo‘rchibegining jahli chiqdi: 
— E, bor, jo‘na! Sensiz ham podshoning qabuliga kirmoqchi bo‘lganlar behisob! 
Shayx Muborak bir balodan qutulganiga shukur qilib, Humoyunning qarorgohiga ikkinchi 
marta qadam bosmadi. Salim otaning maktubini esa o‘ziga qaytarib olib kelib berdi. 
Bo‘lgan voqeani hikoya qilgach: 
— Podsholar bilan bizning oramizda o‘tish mushkul bo‘lgan baland g‘ovlar borligi rost 
ekan! — dedi. — Endi sizga omad bersin-u o‘zingiz Humoyunni biror joyda xoli uchratib, 
haqiqatni unga ayting. 
Bunday omad qachon kelishini Salim ota ham bilmas edi. 
 
______________ 
* I k k i  b i g h — yarim gektardan ko‘proq. 
* M a h d i y — aslida «tug‘ma» degan ma’noni bildiradi. Ruhoniylar bu so‘zga ilohiy tus berib, «g‘oyibdan keladigan odil peshvo Mahdiy», 
deyishgan. 
* M i yo n — «domla», «mavlono» deganga o‘xshash so‘z. Fozil kishiga nisbatan aytiladi.
 
 
D E H L I 
ZAFARDAN KEYINGI JUDOLIK 
 
Akbar Dehlini o‘n uch yoshida g‘alaba shodiyonasi kunida birinchi marta ko‘rdi. Sherxon 
avlodlari Panjobda mag‘lub bo‘lganlaridan keyin Dehlini ham tashlab qochishdi. 
Shaharda qolgan a’yonlar Humoyunga peshvoz chiqib, qal’a darvozalarining kalitini 
topshirdilar. Shundan so‘ng tuya mingan jarchilar Humoyunning g‘alaba munosabati 
bilan afvi umumiy e’lon qilinganligi haqidagi farmonini ko‘cha-ko‘yda aytib o‘tdilar. 
Humoyunning o‘zi ham shaharning mashhur Puran* qal’asiga boradigan markaziy 
ko‘chadan mingtacha odami bilan naqoralar va karnay-surnaylar chaldirib, tantana bilan 
o‘tdi. Ko‘chaning ikki chetida xaloyiq g‘uj-g‘uj bo‘lib turibdi. Ularning orasida yengilgan 
Iskandarshohning alamzada odamlari ham bo‘lishi va pistirmadan o‘q otishi mumkin. 
Shuning uchun ulkan qora fil ustida oltin ko‘shkday bezatilgan shiypon tagida o‘ltirgan 
Humoyun boshiga dubulg‘a, egniga zirhli kiyim kiygan. 
Xartumidan dumigacha cho‘g‘day bezatilgan, bo‘yniga ulkan gulshodalar osilgan podsho 
filini yuzlab otliqlar o‘rab qo‘riqlab bormoqda. 
Akbar ana shu otliqlarning oldingi safida, otasining o‘ng yonida Hayron nomli go‘zal 
saman otini minib kelmoqda. Undan orqaroqda — Bayramxon, turdibek, Aliqulixon 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
o‘zbek, Qilichxon Andijoniy kabi ahli davlat... Abdulla Ansoriy boshliq din peshvolari 
podsho filining orqarog‘ida bormoqda. Abdulla Ansoriy xuddi Islomshoh saroyidagi kabi 
Humoyun saroyida ham diniy peshvo bo‘lib olganligi rost edi. Lekin Humoyun uni birinchi 
kunlardanoq qattiq itoatda tutishga intilar, mavkabda ahli davlat-dan keyingi ikkinchi 
o‘rinda borishi kerakligini miri tuzukka o‘zi tayinlagan edi. 
Dehli ko‘chalaridagi xaloyiq podshoning filini kim minib borayotganiga ham e’tibor berib 
qarar edi. Filbon La’l Chand Qandahor va Kobulga yetolmay, Hindistonda qolgan, lekin 
Humoyun Laxo‘rga qaytganini eshitgan zahoti yana uning huzuriga borgan va 
Sirhinddagi jangda qo‘lidan kelgan ko‘maklarni bergan edi... Humoyun eski qadrdonining 
ko‘p yillik yaxshiliklarini qaytarish uchun bugun Dehli markazidan minib o‘tayotgan 
shohona filni boshqarishni La’l Chandga topshirdi. Yo‘l chetidagi odamlarning ba’zisi 
Dehlida ko‘p yil yashagan La’l Chandni tanib, bir-birlariga iftixor bilan ko‘rsatishardi. 
Bir vaqtlar Humoyun Agrada shu ishni qilmoqchi bo‘lganda yo‘l bermagan Said Xalil endi 
yo‘q, hozirgi shayxulislom Abdulla Ansoriy esa Islom-shohga ko‘p yil xizmat qilganligi 
uchun tili qisiq, «g‘ayridin podshoning filini minmasin!» deb e’tiroz qila olmaydi. Din 
peshvolari «g‘ayridin» deb xushlamaydigan La’l Chand kabi hindlar Kalanjarda Sherxon 
bilan qahramonlarcha jang qilib, uni qanday halokatga uchratganligi Humoyunning 
yodidan chiqmaydi. U dini boshqa bo‘lsa ham, dili insoniy fazilatlarga to‘la bo‘lgan mana 
shu ulug‘ elga o‘z ehtiromini bildirish uchun bugun Dehlidan hindlar juda e’zozlaydigan 
jonivor — filda o‘tishni va bu filning izmini La’l Chandga topshirishni lozim ko‘rgan edi. 
Karnay-surnaylar va naqora tovushlari baland joydagi qizil tosh devorli Puron qal’a 
darvozasiga yetganda tindi. Bu yerga oldinroq kelgan maxsus qo‘riqchilar va 
xizmatkorlar qal’ani orasta qilib jihozlab, yo‘lkalarga poyandozlar to‘shatib qo‘ygan 
edilar. Qal’a hovlisi juda keng, u boshidan bu boshigacha ming qadamdan ortiq. 
Kech kirgan bo‘lsa ham saraton issig‘i juda baland. Humoyun kuni bo‘yi zirhli kiyimda 
yurib, issiqda juda lohas bo‘lgani uchun xonayi xosda eng avval yengil ipak kiyimlarini 
kiydi, sovutilgan lim-u sharbatidan ichdi. Bari bir bino ichi issiq va dim tuyulib, nafasi 
qaytganday bo‘laverdi. Shundan keyin Akbarni yoniga olib hovliga chiqdi va shabada 
tegadigan ochiqroq joy izladi. 
Oftob botgan, lekin osmonning g‘arb tomoni hamon lovullab yonib turibdi. Yo‘lkalarga 
to‘shalgan qizg‘ish toshlardan ham kunduzgi issiqning tafti uryapti. Qal’aning eng baland 
joyi kunbotish tomonda — Sherxonning masjidi va shermandal deb ataladigan tepasi 
ochiq tosh bino turgan joyda edi. Humoyun Sherxon qurdirgan masjidning o‘rni yaxshi 
tanlanganiga, bino peshtoqi salobatli, tosh bezaklari o‘ziga yarashib tushganiga tan 
berdi-yu: 
— Durust, Sherxon o‘zidan yaxshi xotira ham qoldiribdir, — deb qo‘ydi. 
Masjiddan o‘ngda — baland va xushmanazara bir joyda sakkiz burchakli, ikki oshiyonli 
mo‘jaz bino turibdi. Buning tarxini bir vaqtlar Humoyun chizdirgan va kitobxona uchun 
mo‘ljallagan edi. Lekin to‘polonlar boshlangandan so‘ng qurilishlar to‘xtab, bu bino ham 
chala qolib ketdi. Keyin uni Sherxon o‘z didiga moslab, uchinchi qavatini shabada 
tegadigan ochiq sahn qilib qurdiribdi. Salqin shamol esib turadigan bu shinam joy 
xursandchilik qilinadigan manzil — mandal nomini olibdi. 
Humoyunning odamlari bugun shermandalni ham yuvib, tozalab, tepadagi shiyponiga 
gilam va ko‘rpachalar to‘shab qo‘yishgan edi. 
Zinapoya oldida turgan soqchi yigit ota-bolaga yo‘l berib, o‘zini darhol chetga oldi. 
Humoyun yaxlit va dag‘al kulrang toshlardan tarashlangan zinapoyaga oyoq qo‘yib 
yuqoriga qaradi. Zinapoya tik va tor, unga faqat bitta odam sig‘adi, ichi nimqorong‘i. 
Besh-olti qadam narida yana xuddi shunga o‘xshash ikkinchi zinapoya bor — bunisi 
chiqish uchun bo‘sa, narigisi pastga tushish uchunmi? Tosh quduqqa o‘xshaydigan va 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
yuqoriga parmaday buralib chiqadigan har ikki zinapoya ham Humoyunga yoqmadi. 
— Ikkalasini birga qo‘shib tarashlatsa quduqday tor bo‘mas edi, — dedi Akbarga o‘girilib. 
Zinapoyada qo‘l bilan tutadigan qanot ham yo‘q. Humoyun Akbarni ergashtirib ikkinchi 
qavatiga chiqdi. Bu yerdagi xonalar shinam, kitob javonlari o‘rnatsa bo‘ladigan joylari 
ham bor. Ayniqsa, uchinchi qavatdagi orasta shiypon va sakkizta oq marmar 
ustunchalarga soyabon kabi o‘rnatilgan naqshin gumbaz juda ko‘rkam edi. Shiyponda 
g‘ir-g‘ir shabada esib turibdi. 
Tik zinapoyadan chiqquncha entikib, terlab ketgan Humoyun ko‘rpacha ustiga o‘ltirib, 
o‘zini shabadaga soldi. U to nafasini rostlaguncha bir necha daqiqa o‘tdi. Bu orada Akbar 
shiypondan kaftda turganday aniq ko‘rinayotgan ulug‘vor shahar— Dehlini tomosha qildi. 
Qal’a devorining tagidan buralib oqib o‘tadigan Jamnaning g‘arbdagi qip-qizil shafaq 
rangiga bo‘yalib, yonib oqayotganidan hayratga tushdi. 
 — Sen issiqni sezmaysan-a? — unga havasi kelib so‘radi Humoyun. — Tar sahrosida 
tug‘ilgansen, bu issiqlar qoningda bor. Lekin meni bugungi harorat g‘oyat betoqat qildi. 
Yoshlikda uncha sezmas edim. 
Humoyun Akbarga sinchiklab qaradi-yu, birdan Hamida bonu yodiga tushdi. Akbarning 
novdaday egiluvchan qomati va yuz-ko‘zining jozibasi Hamidaning chavgon o‘ynab 
yurgandagi yoshligini eslatardi. Humoyunning yuragini sog‘inch tuyg‘usi orziqtirib o‘tdi. 
Kobulda qolgan Hamidani ko‘rmaganiga olti oy bo‘ldi. Yana ko‘rishish nasib etarmikin? 
Ammo, shukur, ota-onasining suratini ham, siyratini ham o‘zida jam etgan o‘g‘li yonida 
yuribdi-ku. Avlodlar taqdiri bir-biriga naqadar kirishib ketishini Humoyun endi astoydil 
his qilmoqda. Akbarning taqdiri tug‘ilmasidan ancha oldin — Hamida bilan Humoyun bir-
birlari bilan ilk bor uchrashgan navro‘z kunlaridan boshlangan emasmi? Agar Humoyun 
Ganga va Karamnasa daryolariga cho‘kib ketganda Akbar ham dunyoga kelmas edi-ku. 
O‘shanda suvchi Nizom Humoyun bilan birga uning bo‘lajak o‘g‘lini — mana shu Akbarni 
ham qutqargan ekan-da. Odamning taqdiri uning o‘zidan oldin tug‘ilishi rost. 
Lekin Akbar o‘ng oylik bola paytida Qandahorda arosatda qolgani, uch yoshida Kobulda 
to‘p o‘qiga nishon qilib qo‘yilgani, kichiklikda boshdan kechirgan boshqa tahlika-yu 
tashvishlari uni tez ulg‘aytirdi. O‘g‘lining fahmi kattalarnikidan qolishmaydi. Shuning 
uchun Humoyun unga dil yorib so‘zladi: 
— Otang ham keksaygani endi bilinmoqda, o‘g‘lim! Bu yil qirq yettiga kirdim. Otam shu 
yoshda qolgan umrlarini menga baxsh etib shunqor bo‘lgan edilar. Deydilarki, otasining 
yoshiga yetgan odamni Azroil bir silkitib ko‘rarmish, bo‘sh kelsa olib ketarmish. 
Azroil — o‘lim timsoli ekanini biladigan Akbar otasiga xavotirli ko‘zlar bilan qaradi: 
— Nechun bunday dedingiz, hazratim? Men sizga munosib o‘g‘il bo‘lish orzusida 
yuribmen. Lekin hali bu orzuimning o‘ndan biri ham ushalgani yo‘q. Tangriga iltijo 
qilurmen: barcha orzularimning ushalganini siz bilan birga ko‘raylik! 
Mo‘ylabi sabza urib, ovozi yo‘g‘onlashib qolgan Akbarning bo‘liq gavdasi, o‘tkir fahmi, 
ayniqsa, hozir aytgan so‘zlari o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshli yigitnikiga o‘xshar edi. Humoyun 
o‘zining o‘n uch yoshda hali qiyinchilik ko‘rmagan arzanda o‘smir bo‘lganini esladi. 
Akbarni esa boshidan kechirgan tahlikalari, yaqindan ko‘rgan fojealari qanchalik tez 
ulg‘aytirganini otasi bugun aniqroq sezganday bo‘ldi. O‘g‘liga iliq bir gap aytgisi kelgan 
Humoyun: 
— Jamna bo‘yidagi kiyik ovi yodingdami? — deb kulumsirab so‘radi. 
Akbar bu ovga otalig‘i Bayramxon bilan chiqqan edi. Ishi o‘ngidan kelib, semiz bir qizil 
kiyikka duch keldi, uchqur oti Hayron ustida uni quvib borib, yoy o‘qi bilan biqiniga urib 
yiqitdi. 
— Ovingiz muborak, amirzodam! — deb Bayramxon Akbarni tabrikladi. — Endi bu 
kiykdan qanday taom pishirtirmoqchisiz? 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling