Surishtiruv — jinoyatlarni dastlabki tergov-tekshirish shakllaridan biri (dastlabki tergov bilan bir qatorda).
Suverenitet (fransuzcha oliy hokimiyat) — davlatning mamlakat
ichida ustuvorligi va uning tashqi munosabatlarda mustaqilligi
So'roq —tergovda surishtiruv va sud majlisida shaxsdan ko'rsatma
hamda tushuntirish olish vositasi.
Tahdid — kishilar ustidan ruhiy zo'ravonlik qilsih turlaridan biri
Talonchilik — mol-mulkni ochiqdan ochiq o'g'irlash.
Taomil, odat — uzoq muddatli ijtimoiy amaliyot mabaynida shakil-
langan odatlar mustahkamlangan xatti harakat shakli. Davlat paydo
bo'lishi bilan taomil huquq mobayniga aylanadi va unga rioya etish davlatning majburlashi bilan ta'minlanadi.
Ta'magirlik — moddiy manfaatdorlik, ochko'zlik, dunyo orttirish yo'lida qilingan jinoiy harakat.
Ushlash, ushlab turish, hibs — jinoyatni sodir etishda shubhalanayotgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan, ushlangan shaxsning jinoyatga daxldorligini aniqlash va uni qamoqqa olish mumkinligi masalasini hal
etish maqsadida, 48 soatdan oshmaydigan qisqa muddatli majburlov
chorasi.
Vasiyatnoma — mol-mulkni merosxo'rlarga o'tkazish haqida vasiyat
matni yozilgan hujjat.
Vasiyat — fuqaro o'zining mol-mulki xususida vafot etishini nazarda
tutgan holda farnoyish berish qonunda belgilangan tartibda bajariladi.
Vandalizm moddiy va madaniy boyliklarni bema'nilarcha yo'q qilish,
jamoat inshootlarini bulg'ash, mol-mulkni ishdan chiqarish va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |