Huquq Atamalar
Download 65.73 Kb.
|
Atamalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishonch yorligi
- Jarima
- Jinoyat
- Kompensatsiya
- Konstitutsiya
Intellektual mułk ijodiy faoliyat natijalariga doir maxsus huquqlarning majmuyi.
Intizom jamiyatda shakllangan axloq va huquq me'yorlariha muvofiq kishilarning xatti-harakatlari muayyan tartibi. lshsizlar — ish va ish haqiga ega bo'lmagan, o'zlariga to'g'ri keladigan ishni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro'yxatga olingan va ishga kirishga tayyor bo'lgan mehnatga layoqatli fuqarolar. Ishonch yorlig'i — xorijiy davlatga tayinlanayotgan diplamatik vakilning maqomini rasman guvohlantiruvchi diplamatiya hujjati. Jabrlanuvchi — jinoiy harakati natijasida zarar ko'rgan shaxs. Jinoyat yo'li bilan ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs. Jarima — aybdordan davlat daromadiga qonunda belgilangan miqdorda pul undirishdir. Javobgarlik — nojo'ya harakati uchun javob berishi talab qilinadigan holat. Jazo — huquqbuzar deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi biolan qo'llaniladigan, muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasi. Jinoyat — qonun bilan taqiqlangan, jazoga loyiq, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakltsizlik) jinoyat deb topiladi. Jismoniy shaxs fuqarolik huquqi subyekti sifatida alohida olingan fuqaro. Kassatsiya hali kuchga kirmagan sud qarori yoki hukm ustidan yuqori sudga shikoyat qilish. Kodeks (lotincha) — huquqning biror tarmog'iga oid qonun-qoidalar to'plami. Kompensatsiya (lotincha compensation — to'lash) - fuqarolik-huquqiy majburiyatlar buzilishi natijasida yuzga kelgan zaralarni (buyum yo'qolishi, tovarlarni o'z vaqtida yetkazib bermaslik va hakazo) to'lash. Konsensus (lotincha consensus rozilik, birdamlik) — ovoz berishni o'tkazmasdan umumiy rozilik asosida qaror yoki shartnoma matnini qabul qilishdir. Konstitutsiya (lotincha) — tuzilish, davlatning asosiy qonuni. U davlat- ning ijtimoiy-siyosiy, davlat tuzilishi, organalar sistemasi, fuqarolarniong asosiy huquq va burchlarini ifodalaydi. Download 65.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling