Qonun — davlat hikimiayti oliy organi tomonidanb belgilangan tartibda qabul qilinadigan normative akt.
Qonun kuchiga ega hujjat — davlat hikimiyati idoralarining qonunga qaraganda kamroq, lekin qonuniy kuchga ega bo'lgan huquqiy hujjat.
Referendum (lotincha referendum bildirilishi shart bo'lgan narsa) —
barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so'rovi yoki saylov huquqi; davlat hayotining o'ta muhim masalalari bo'yicha o'tkaziladi.
Replika (lotincha) takrorlayman, javob beraman. Luqma, qisqa
mulohaza,. e'tiroz, javob. Masalan, sud jarayonida oqlovchi bilan
qoralovchi o'rtasidagi e'tirozlar.
Sanksiya — huquqbuzrga nisbatan savlat tomonidan qo'llaniladigan
ehtiyot chorasi.
Saylovchilar bloki (ittifoq) — davlat boshlig'l, markaziy va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda birgalikda nomzod ko'rsatish
to'g'risida bir necha siyosiy partiyalar bitimi.
Sessiya (lotincha) — majlis, kengash, vakolatli organlarning tashkiliy-huquqiy faoliyat shakli.
Senzura (lotincha sensura — davlat nazorati) hokimiyat tomonidan ko'ngilsiz yoki zararli deb topilgan g'oyalar va ma'lumotlarning
Tarqalishiga yo'l qo'ymaslik yoki chaldab qo'yish maqsadida bosma mahsulotlar, sahna asarlari va hokazolar mazmun-mundarijasi ustidan
davlat nazorati.
Standart (inglizcha standart) — norma, mezon, asos.
Subsidiya (lotincha subsidium) — yordam, davlat budjeti hisobidan mahalliy hikimiyat organalri, Yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yordam.
Sudlov ishlarini yurgizish oshkoraligi -- sudlov ishalarini yurgizish qoidasi, barcha sudlarda sudlov ishlarini ochiq Olib borishni nazarda
tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |