Huquq fanlarini o’qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi reja: I kirish: I bob


Download 93.56 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi93.56 Kb.
#1603598
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHODIBEK2

I BOB .Huquq fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari.
Huquqiy ta’limning asosiy shakli bu dars bulib:

bir tomondan o‘qitishni tashkil etishning kollektiv shakli;


ikkinchi tomondan- kurs, mavzuning mantiqiy birligini kamrab oladi.
Darsni muvofaqqiyatli olib borish kuproq o‘qituvchining uni qanday tashkil etilishiga bogliq.
Huquq asoslarini o‘qitish huquqiylik to‘g‘risida egallagan huquqiy tajriba va axborotlarni o’rganish jarayonini o’z ichiga oladi.
Darsning bosh vazifasi uni O‘quvchilarga etkazib berish va erishilgan tajribalar bo’yicha O‘quvchilar jamoasini xamkorlikdagi faoliyatini tashkil qilishdir.
Tajriba ko’rsatadiki ta’lim sifati ko’p xollarda o‘qituvchining butun ta’lim jarayonidagidek aloxida olingan darslarning maqsad va vazifaari to‘g‘risida tugri va aniq tushunchalarga ega bo’lish bilan bogliq darsni tashkil qilishda sinf to‘g‘risida, dars qayerda o’tilishi, o‘qitishning qanday vositalari borligi, o‘qituvchi va O‘quvchilar faoliyatining qanday shakl va metodlaridan foydalanish mumkinligini o’rganish zarur.
Ta’lim sifatini oshirishning muxim vositasi O‘quvchilarning aqliy faoliyatining faollashtirishdir. Shuning uchun o‘qituvchi oldida turgan muxim vazifa O‘quvchilarning aqliy faoliyatini to’gri tashkil qilish uni boshqarishdir.
Ta’lim jarayoni nafaqat o‘qituvchidan, balki O‘quvchidan xam faollikni talab qiladi. O‘quvchining xar bir qadami o‘qituvchi tomnidan to’g’ri boshqarilish va nazorat qilinishi kerak. Lekin o‘qituvchining aqliy faoliyatini boshqarish ularning aniq ilimla olishlari bilan cheklanmasligi kerak, balki erkin fikrlash qobiliyatini, o’z bilimlarini ishlab chiqarishni shakllantirishni ta’minlash kerak. O‘quvchining aqliy faoliyatini oshirishda, ularning ko’nikma va malakalarini rivojlantirishda o‘qituvchi tomonidan shakllangan dars turi muxim o’rin egallaydi.
Darsning eng keng tarqalgan turi, bu o‘qituvchining yangi bilimlarni xabar qilish dars bo’lib, u O‘quvchilarga o’rganilayotgan xolatlarning mantigini chuqur tushinishlariga, uning bosh g’oyalarini va asosiy tamoyillarini aniqlashga davlat-huquqiy xodisalar o’rtasidagi ichki aloqalarni anglashga yordam beradi.
Lekin bunday darsda yangi materiallar bilan tanishishga ko’p vaqt sarflanadi. Mustaxkamlash esa ikki-uch savollar bilan cheklanib qoladi. Shuning uchun darsga tayyorlanayotganda, o‘qituvchi O‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishni yaxshilab o’ylab ko’rish kerak. Darsda aniq misol va faktlar keltirib, ularga muomala xarakter berish zarur, keltirilgan fakt va misollarni analiz qilish ishiga jalb etish uchun ko’rgazmali qurollar va ta’limning texnik vositalaridan foydalanish kerak.
Yuqori samarali dars shakllaridan biri aralash dars bo’lib, unda o’tilgan temalar bilan bilan ishlash, yangi mavzuni tushunishi va amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni qamrab olinadi. Darsning bu turi o‘qituvchi tomonidan yaxshi tayyorgarlikka talab qilinadi. U O‘quvchilarni qanday o‘qitishni, ularning xotiralari, dunyoqarashlari, aqliy qobiliyatlari va qizikishlarini rivojlanitirishda nimalardan foydalanishni, buning uchun qanday tarbiyaviy masalalar xal etilishini, darsni nimadan foydalanishni, buning uchun qanday tugatishni rejalashtira olishi kerak.
Darsning yana bir turi- o’tilgan materiallarni mustaxkamlash darsi bo’lib, unda qaysidir mavzu yuzasidan dars o’tiladi. Bunday dars, misol uchun «davlat va huquq nazariyasi asoslari» bo’limi bo’yicha, yoki «Konstitutsion huquq» bo’limi bo’yicha o’tkazish mumkin.
Bu darsning maqsadi- o’tilgan mavzuni yanada chuqurroq anglash va o’zlashtirishi uchun takrorlash. Darsning samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchi olindan savollarini tayyorlash va ular bilan O‘quvchilarni tanishtirish kerak.
Darsni o’tishi metodikasi xam yaxshilab ishlab chiqishi kerak. O’tilgan materiallar yuzasidan yil oxirida O‘quvchilarning bilimini nazorat qilishi va soxalash darsi o’tkaziladi.
Bu umumlashtirish darsi- mustaqil ish yoki nazorat ishi darsi, sinov darsi bo’lishi mumkin. Bunday darsga tayyorlanayotganda o‘qituvchi O‘quvchilarga ular tayyorlanishi kerak bo’lgan mavzularni e’lon qiladi. Darsni o’tkazishi metodi test, suxbat va og‘zaki so’rov «ko’nikma va malakalarni» chuqurlashtirishi yuzasidan mashqlar, labaratoriya ishlari bo’lishi mumkin.
O‘quvchilarning mustaqil o’qishlarini faolashtirish maqsadida seminar darslari o‘tkazish mumkin. Bunday darsning muxim talabi xuddi o‘qituvchidagidek butun sinf o‘quvchilarining xam yuqori darajali tayyorgarligidir. Bundan tashqari munozara darslari laboratoriya tipdagi darslar, amaliy mashg’ulotlar, konferensiya darslari xam mavjud bo’lib, ular o‘quvchilarning aqliy faoliyatlarini yanada oshishiga bilimlarning chuqurlashishi va mustaxkamlanishiga yordam beradi.
Yangi materiallarni o’rganishi - bu butun ta’lim jarayonining asosi xisoblanadi, qolganlari yangi mavzuni o’rganishga bo’ysinish, (mustaxkamlash, sistemalashtirish, nazorat), yoki uzviy bog’liq bo’lishi mumkin. (uyga vazifa, ta’lim jarayonida tarbiyalash). SHuning uchun yangi mavzuni o‘qitish o‘qituvchidan aloxida tayyorgarlikni talab qilidi.
YAngi mavzuni gapirishdan oldin o‘quvchilarni uni yaxshi qabul qilishga tayyorlash kerak. Bunday tayyorgarlikdan maqsad O‘quvchilardan yangi bilimlarni egallashga xoxish va intilishni xosil qilishdir. Tajribali o‘qituvchi bunga erishish uchun, yangi mavzuni o’rganishda darsning mavzusi, maqsadi va rejasi to‘g‘risida axborot berish bilan boshlaydi.
Ko‘rgazmalilik vositalaridan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, turli o’yin shakllaridan, yangi mavzuning utilganlari bilan aloqadorligini aniklash, shuningdek avval o’rganilganlarini takrorlash vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
O‘quvchilarni yangi darsga qiziktirishda o‘qituvchining darsni qanchalik qizikarli o’tish, uning fikrlari qanchalik aniq va to’g’ri ekanligi, darsda o’zini tutish, O‘quvchilarga yaxshi munosabati muxim axamiyat kasb etadi.
O‘quvchilar yangi mavzuni qabul qilishga tayyorlanganlaridan keyin, o’qutuvchi uni o‘quvchilarga o’rgatishga kirishadi. Endi o‘qituvchining vazifasi- sinfni yangi materiallarni o’zlashtirishga moslashtirish. Uni o’rgatishdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga rejani tanishtiradi.
YAngi mavzuni o‘zlashtirishning yuqori sifatida bo‘lishiga ko’rgazmalilik vositalari yordam beradi, lekin ular maqsadga muvofiq tarzda foydalanishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan narsani sxemada, diagrammada, tablitsada ko’ra olishga yordam berishi kerak.
Mavzuni yaxshi tushunishiga erishish uchun ish daftarlariga zarur narsalarni yozish zarurdir. Birinchilan bu, axborotlarni saqlashning muxim shakllaridan biri, ikkinchidan- yozayotgan o‘quvchi o‘rganayotgan mavzuni yaxshiroq eslab qoladi va tushunadi.
Yangi mavzuni tushuntirayotganda o‘qituvchi uning tarixiy manbalarini ko‘rsatib berish kerak, bu esa o‘quvchining dunyoqarashini nafaqat boyitadi balki uni shakllantiradi xam.
Yangi mavzuni o‘rganishning navbatdagi bosqichi-uning o‘quvchi ega bo’lgan bilimlari bilan aloqasini tushuntirish, shuningdek o’rganilayotgan davlat-huquqiy xodisalarni aloxida elementlari o’rtasidagi aloqalarni yetkazib berish. Bunda yana o’rganilayotgan davlat huquqiy xolatlarini avval o’rganilganlari bilan taqqoslashdan foydalanish mumkin, yangi va avval egallagan bilimlarining bog’liqlik sabablari ochib beradigan savol javoblarni o’tkazish mumkin.
O’tilayotgan mavzuning mustaxkamlash. Ta’limning samarasi ko‘p jixatdan bilimlarning mustaxkamlashning to‘gri tashkil etilgani bilan bog’lik, mustaxkamlash esa xotirada saqlanishni ta’minlaydi.
O’rganilgan mavzuni mustaxkamlashning samarali usuli bu- takrorlash. U kursning aloxida qismlarini bir-biriga bog’lashga, bilimlarni bir sistemaga tushurishga yordam beradi. Takrorlash darslari yanada qiziqarli bo’lishi uchun uni metodik jixatdan xar xil bo’lishini ta’minlash kerak. Misol uchun, savollarni mavzuni dastlabki o’rganilgan paytdagidek boshqacharoq qilib quyish, yangi misollar keltirish va yangi vazifalar berish.
Takrorlash kundalik, umumlashtiruvchi va yakunlovchi bo’lishi mumkin. Kundalik takrorlash avvalo o’rganilgan mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash bilan birga, yangi va avval o’rganilganlar o’rtasida bog’liklikni ta’minlaydi. Takrorlashning bu turida avval o’rganilganlarga doimiy murojat qilinadi, uning xotirada yaxshi saqlanishini va mustaxkamlashni ta’minlaydi.
Umumlashtiruvchi takrorlash muxim axamiyatga ega bo’lib, uning asosiy vazifasi o’rganilgan bob yoki bo’limni yakunlashdan iborat.
Yakunlovchi takrorlash esa butun programmani o’rganib bo’lgandan keyin o’tkaziladi.
Umumlashtirish va tizimlashtirish. Bilimni chuqurlashtirish va tartibga solish, ularning tushunilishi va yodda saqlashining samarali vositasi umumlashtirish va tizimlashtirish. Umumlashtirish deganda xodisa va ob’ektlar gruppasiga xos bo’lgan qandaydir sifatlarning ajralishi tushuniladi. Umumlashtirishda qonunlar, nazariyalar va g‘oyalar shakllanadi.
Umumiy prinsplar ajratilish asosida bilimlarda tizimning yuzaga kelish jarayoni tizimlashtirish deb nomlanadi. Huquqiy xodisalar to‘g‘risidagi bilimlarni tizimalashtirilishiga misol qilib huquq tarmoqlarining, davlat xokimiyati organlarining, sud organlarining tizimalashtirilishini ko’rsatish mumkin.
Umumlashtirish va tizimlashtirish darsda egallagan bilimlarni yangi darajaga ko‘tarishga yordam beradi, mavzularni yaxshi yodda saklashini ta’minlaydi va bilimlarni amaliy jixatdan qo‘llanishini yengillashtiradi. Umumlashtirish o’rganilayotgan fanning aloxida faktlari, qonunlarigina emas, balki ular o’rtasidagi strukturaviy aloqalarni, umumiy qonun me’yorlarini tushunishiga yordam beradi.
Umumlashtirish va tizimlashtirishda taqqoslash muxim o’rin tutadi, chunki u xar bir xodisaning umumiy va xarakterli xususiyatlarini aniqlashga,ularni ajratib turishini va bog’lab turganini bilishga imkon yaratadi.
Bilimlarni nazorat qilish va baxolash. O‘quvchilar bilimni nazorat qilish mavzuni chuqurroq va aniqroq o’zlashtirishni ta’minlaydi. Nazorat qilishning bosh vazifasi- o‘quvchilarning o‘quv mavzularni o‘zlashtiriganini va uning tizimlashtirilganini, o‘rganganlarini takrorlash va mustaxkamlashni tekshirish, o‘quvchilarni (takrorlash) tizimlash ishlashga va ijodiy faoliyatga o‘rganish, ularda o’zlashtirilgan bilimlarning sifati uchun javobgarlik xissini rivojlantirish va xakozo.
Tekshirishning ob’ektlari: faktik mavzu to‘g‘risidagi bilim: yangi bilim va ko’nikmalarni mustakil o‘rganilishi; ularni yangi xayotiy vaziyatlarda qo’llash. Tekshirish o‘quvchilar nutqining rivojlanishi uchun xam muxim.
Nazoratning asosiy prinsplari bu mukamalik,serkirralik va ob’ektivlik, shuningdek o‘quvchilarga ta’limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ta’sirini ta’minlash. Mukammalik va serkiralik nazoratga o‘quv materiallarining barcha asosiy elementlarini kiritilish, faqatgina bilimlarningina emas, balki dunyoqarashlar, g’oyalarning o’zlashtirilishini xam tekshirishlarini o’z ichiga olish bilan ta’minlanadi.
Nazoratning ob’ektivligi bilim va ko‘nikmalarni odilona baxolash bilan ta’minlanadi. Nazoratning ta’limiy ta’siri butun sinf o‘quvchilarining o‘rtoqlari javoblarini tinglashlari, tuzatishlari va to’ldirishlari orqali ta’minlanadi. Nazoratning tarbiyaviy ta’siri o‘quvchilarja javobgarlik, burch, ma’suliyat, tartiblilik xislarining shakllanishiga ta’sir eta olish bilan yuzga keladi, rivojlantiruvchi ta’sir esa e’tibor, xotira, o’zini o’zi nazorat qilish kabilarning shakllanishi bilan yuzaga keladi.
O‘quvchilarning bilimini nazorat qilishning ikki asosiy usuli mavjud bular: og‘zaki nazorat va yozma nazorat.
Og‘zaki nazorat- individual yoki frontal so’rov yo’li bilan amalga oshiriladi. Individual so’rovning vazifasi o‘quvchilarning o’tilgan material yuzasidan bilimlarni o’zlashtirish darajasini, ko’nikma va malakalarini aniqlash.
Frontal so’rovda mantiqiy rivojlatiruvchi savollarni quyish orqali o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasini yoki yangisini o’zlashtirishga tayyorgarligini tekshiriladi.
Og‘zaki so’rov, agar u to’g’ri tashkil etilsa, katta imkiniyatlarga ega.
Og‘zaki so’rov- bu o‘qituvchi va o‘quvchi o’rtasidagi diolog emas, balki butun sinf O‘quvchilari qatnashadigan faol jarayondir. Lekin og‘zaki so’rovga faol xarakatda bo’lish uchun sinfni o’rtoqlarini e’tibor bilan tinglashga, javoblardagi xatoni topishga, uni to’ldirishga o’z fikrini ayta olishga, o’zining javobi variantini aytishga o’rgatish zarur.
Yozma nazoratga biror bo’lim yoki mavzu programmasini o’rganib bo’lgandan keyin yoziladigan nazorat ishi kiradi. Nazorat ishida xamma uchun bir xil og’irlikdagi vazifalar berilishi kerak.
Nazorat ishi test yoki programmalashtirilgan bo’lishi kerak.
O‘quvchilar bilimini nazorat qilishda mustakil ish muxim axamiyatga ega, unda maqsadga erishiladi.: o‘quvchilar o‘zlarining bilim va ko’nikmalari darajasini aniqlashga va o‘z bilimlarini qo’llay olish ko’nikmalarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Bilim, malaka, ijodiy ishlar tajribasi og‘zaki va grafik ishlar uchun quyilgan baxolar bilan baxolanadi. Baxolashda bilim va ko’nikmalarni xajmi va sifati, javoblarning to‘g‘riligi va to‘likligi, yo’l qo’yilgan xatolar soni, ular o‘quvchilar tomonidan to’g’rilanishi, bu xatolarning qo’pol yoki axamiyasiz ekanligi xisobga olinishi kerak.
Baxoni O‘quvchiga o’zini yomon tutganligin va yomon xalki, fikrlarning noto’g’riligi, vazifani noto’g’ri bajarganligi uchun jazolash maqsadida quyilish aslo mumkin emas.
Uyga vazifa. Moxiyatiga ko’ra bir darsning davomi va boshqasining boshlanishi bo’lgan uyga vazifaning bajarilishi sinf ishi bilan mustaxkam boglik.
Uyga vazifa oldiga muxim talablar qo’yilgan bular:
-xar bir o‘quvchining qobiliyati va imkoniyatini xisobga olgan xolda individuallashtirish kerak;
-o’rtacha o‘quvchi uchun muljallanish, ya’ni bo’sh o‘quvchilar uchun qiyin, kuchlilar uchun juda oson bo’lmasligi kerak;
-o‘quvchilarga og’irlik qilmasligi uchun xajmi jixatdan uncha katta bo’lmasligi kerak;
-o‘quvchilarga tushunarli bo’lish, uni qanday bajarish kerakligini xaqida aniq tushunchaga ega bo’lishlari uchun tushunarli formada va darsga qo’ngiroq chalinguncha berilishi kerak;
- albatta tekishirilishi kerak, aksincha o‘quvchilar topshiriqlarni bajarmay quyadilar.
Dars va ta’limning jamoa tarzida tashkil etilgan shakli bo’libgina qolmay, u mavzuning, bilim, kursning mantiqan birligidir. Huquq asoslari darsi sistemada ko’rsatilgan mavzu, kurslarning yagona mavzuni birlashtirgan savollar majmuini qamrab olish kerak. Xar bir dars butun mavzuni o’rganish bosqichidek unda o’z o’rnini egallash kerak. Xar bir darsning mazmuni aniq materianing mantiqiy birligi kerak. Bu planlashtirish orqali amalga oshiriladi, u tematik va darsga oid bo’lishi mumkin. Tematik planlashtirish O‘quv programmasidagi biror mavzu yoki bo’lim bo’yicha dars yoki darsdan tashqari mashg’ulotlarning butun sistemada ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish yo’lini ifodalaydi. Darsga oid planlashtirish- o‘qituvchining aniq darsga tayyorgarligining asosiy qismi.
Planlashtirishda quyidagilar ifodalanadi:
-darsda amalga oshiriladigan ishlarning tuzilishi va mazmuni.
- o‘qituvchi faoliyatining tizimi va izchilligi;
-O‘quvchilar faoliyatining tizimi va izchilligi.
Plan tuzishda o‘qituvchi xamma narsani xisobga olishi kerak,O‘quvchilarni namalar bilan tanishtirish, qanday tarbiyaviy va didaktik vazifalarni xal qilish, darsning turini tanlab olish, o‘qitish metodi, bilimlarini mustaxkamlash metodlarini, nazorat shaklini aniqlab olish kerak.
Ta’limning darsdan tashkari shakli. Huquqiy ta’lim jarayonida fakultativ mashug’lotlar keng imkoniyatlarga ega. Uning yordamida o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish va boyitish, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish mumkin.
Darsdan tashkari ishlarning keng tarkalgan shakli to’garaklar, u o‘quvchilarga o’z bilimlarini amalda qo’lash imkoniyatini beradi.
Darsdan tashkari ishlarning muxim shakllaridan biri huquqiy amaliyot xaqidagi dastlabki manbalar va qo’llanmalarni o’qish muxim axamiyatga ega.
O‘quv konferensiyalari va kechalari, maktab miqiyosidagi huquq bo‘yicha olimpiyadalar ta’limiy, tarbiyaviy potensialni oshirishda muxim axamiyatga ega.
Referatlar yozish, xokimiyat, maxala qoshidagi komitetlari voyaga etmaganlar ishi bo’yicha inspeksiyaga ekskursiyalar, o‘quvchilar o‘tkazadigan interlar aqliy faoliyatni o’stirishga ega.

Download 93.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling