Huquq fanlarini o’qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi reja: I kirish: I bob
Download 93.56 Kb.
|
SHODIBEK2
Ikkinchi tomondan, inson huquqlari sohasidagi ta’lim yo‘nalishida erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmasligimiz kerak. Bil’aks, bu borada yangi marralarni belgilab olishimiz va bosqichma-bosqich zabt etib borishimiz darkor.
Binobarin, bugungi kunda aholi o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va unga rioya qilish tamoyillarini ommalashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta’minlash jarayonlariga davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalarini keng jalb etish zarurati yuzaga keldi. Oliy ta’lim muassasalarida, akademik litsey va texnikumlarda inson huquqlari, ayollar huquqlari va bola huquqlariga oid o‘quv kurslari va darsliklar joriy etilganlik holati hamda mazkur mavzularning o‘qitilish sifatini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazilgandi. Uning natijalari, afsuski, oliy ta’lim muassasalarida “Inson huquqlari” maxsus o‘quv kursini o‘qitish to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganini, qolaversa, moliyalashtirish masalasi hal qilinmagani sababli ayni shu fanlar mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilayotganini ko‘rsatdi. Bu omillar, o‘z navbatida, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro tashkilotlar tavsiyalarining bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli amalga oshirish zarurligini yaqqol tasdiqlaydi. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish maqsadi nechog‘lik hayotiy va dolzarb ekanini, nazarimizda, qisqacha shunday ifodalash mumkin. Prezident Qarorida belgilab berilgan navbatdagi maqsad – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash masalasidir. Albatta, bu o‘rinda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan mazkur dasturiy hujjat ijrosi muntazam monitoring qilib borilayotganini alohida qayd etish lozim. Download 93.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling