Huquq fanlarini o’qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi reja: I kirish: I bob


Download 93.56 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi93.56 Kb.
#1603598
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHODIBEK2


Huquq fanlarini o’qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi


REJA:
I KIRISH:
I BOB Huquq fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari.
1.1.Huquqiy ta’lim metodlari.
II BOB Huquq fanlarining klassifikatsiyasi

    1. Huquq fanlarining tarmog’i

III XULOSA
IV FOYDALANILGAN DABIYOTLAR

KIRISH
Inson huquqlari haqida so‘z borgan turli davralarda: “Bir insonning huquqi ikkinchi insonning huquqi boshlanadigan joygacha davom etadi”, degan iborani ko‘p eshitib qolaman. Haqiqatan ham, inson huquqlari – nafaqat huquq, erkinlik, qonuniy manfaatlar hurmat qilinishi va ta’minlanishini, balki bu boradagi burch hamda majburiyatlarga ham qat’iy amal qilinishini talab etadi.


Boshqa har qanday madaniyatlar qatori inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, rivojlantirish va yuksaltirish uchun, o‘z navbatida, ayni sohada ta’lim va tarbiya berish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish, tegishli axborot hamda ma’lumotlarni taqdim etishni tizimli yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Negaki, inson huquqlari sohasidagi ta’limga:

  • inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya;

  • ushbu huquqlar to‘g‘risida bilish huquqi;

  • jamiyat va hamjamiyatlarda inson huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilishning usullari va vositalari kiradi. Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya barcha yoshdagi insonlarni qamrab oladigan hayotiy jarayondir.

Shu ma’noda, Prezidentimizning 2023 yil 7 fevraldagi Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi va uning ijrosi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangani ulkan siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy qadam bo‘ldi, deb hisoblayman.
Ushbu hujjatlar, Qarorda ta’kidlanganidek, “mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida” qabul qilindi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori mazkur Qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib belgilandi.
Milliy markazda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan mas’ul xodim sifatida, avvalo, ayni hujjatda belgilab berilgan ustuvor vazifalar qaysidir xalqaro tashkilotlarga azbaroyi maqbul kelish istagining mevasi emas, balki aynan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi shiddatli va qamrovdor islohotlarimizning amaldagi bosqichi taqozosi ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu fikrimni isbotlash uchun istagancha hayotiy misollar keltirishim mumkin.
Avvalambor, O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish zarur, degan muhim maqsad kun tartibiga qo‘yildi. Bu, bir tomondan, shu sohada hozirgi vaqtga qadar muayyan ishlar bajarilganini bildirishi tabiiydir.
Haqiqatan ham, so‘nggi yillarda yurtimizda davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va baholash tartibi o‘rnatildi. Milliy markaz huzurida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari uchun inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilingani ham katta ahamiyat kasb etdi.
Sohadagi yana bir ulkan natija – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari yo‘nalishida oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti tashkil qilinganidir. Mazkur institut ayni vaqtda inson huquqlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ushbu yo‘nalishda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Download 93.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling