Huquq ijodkorligi tushunchasi


Download 90 Kb.
bet4/8
Sana14.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1002390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquq ijodkorligi

Tо`rtinchi prinsip, huquq ijodkorligining qonuniyligi. Huquq ijodkorik subyektlarining barcha harakatlari, huquqiy normativ aktlarni tayyorlash, qabul qilish va chop etish bо`yicha qonunga va avvalambor, ularning Konstitusiyaga asoslanishida namoyon bо`ladi. Huquq ijodkorligining qonuniyligi qonun chiqaruvchi organlarning reglamentga (belgilangan tartibga), muxokama rasmiyatiga, huquqiy normativ aktlarning e`lon qilinishi tartibiga rioya qilishini talab etadi.
Huquq ijodkorligining turlari va funksiyalari
Huquqiy ijodkorlik subyektlari bо`lib quyidagilar hisoblanadi: xalq, davlat organlari (hokimiyat va boshqaruv organlari), mansabdor shaxslar. Shunga kо`ra huquqiy ijodkorlikning quyidagi turlarini kо`rsatish mumkin:
Birinchi turi – xalqning bevosita huquqiy ijodkorligi. Uning eng yorqin kо`rinishi referendum – davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalari bо`yicha umumxalq ovoz berishidan iborat. Huquqiy ijod turi sifatida referendum huquqiy normalarni о`rnatish bо`yicha xalq irodasining bevosita aks etishi sifatida kо`rinadi. Shunga kо`ra, referendum natijalari davlatning qaysidir organi tomonidan tasdiqlanishga muhtoj emas, agarda referendum qarorining о`zida boshqacha muddat о`rnatilmagan bо`lsa, u e`lon qilingan kunidanoq kuchga kiradi. Referendum yо`li bilan qabul qilinadigan normativ hujjatlar xuddi qonunlar kabi oliy yuridik kuchga egadir.
Referendum huquqiy ijodkorlikning samarali turi bо`lishi mumkin. U ortiqcha pog`onalarsiz va bо`lishi mumkin bо`lgan tuzatishlarsiz bevosita mamlakat fuqarolarining referendumga chiqarilgan u yoki bu masalani huquqiy tartibga solish va shu bо`yicha darhol yakuniy qaror chiqarishga imkon beradi. Shu bilan birga referendum ancha qimmatga tushadigan jarayon bо`lib, kattagina tashkiliy-texnik chiqimni talab qiladi.
Ikkinchi turi – davlat organlarining huquqiy ijodkorligi. Bu – huquqiy ijodning asosiy shaklidir. Davlat organlarining deyarli hammasi о`z vakolati darajasida mazkur ish bilan shug`ullanadilar. Davlat organlari vakolat darajasining hajmi va kо`lami ular qabul qilgan normativ huquqiy hujjatlarning yuridik kuchini belgilaydi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling