Huquq normalarini sharhlash tushunchasi


Download 126 Kb.
bet9/14
Sana07.03.2023
Hajmi126 Kb.
#1248110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Huquq normalarini sharhlash

Mantiqiy usulda tatbiq etiladigan huquqiy normalarning mazmuni mantiq fanining qonuniyatlariga asosan aniqdanadi. Bunda huquqiy normaning matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki va uzviy mantiqiy jihat-dan bog’langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni aniqlanadi. Masalan, O’zR FKning 15-modtsasida «Ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi sababli o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilishi mumkin», deyilgan. Demak, voyaga etgan fuqaro ruhiy kasal bo’lsa ham, to sud tomonidan «muomalaga layoqatsiz», deb qaror chiqarilib, tan olinguncha mantiqan muomalaga layoqatli, deb faraz qilinadi.
Mantiqiy sharhlash grammatik sharhlashdan farqli ravishda qonun va normadagi so’zlarning tom ma’nosini aniqlashga emas balki, qonunshunos ifodalab bermoqchi bo’lgan va aniq so’z shaklida ko’rsatib qo’yilmagan qoidaning mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Mantiqiy sharhlash orqali qonunning ikki xil talqin qilinishi kelib chiqadi. Ularning birinchisi, qonunning asl mohiyati bo’lsa, ikkinchisi, mantiqiy sharhlash orqali aniqlangan mohiyati. Mantiqiy sharhlash uslubini faqat bittagina qonunni sharhlash uchungina emas, balki qonunlar tizimini sharhlash va u orqali ma’lum bir xulosaga kelish uchun ham qo’llash mumkin.
Tarixiy-siyosiy usulda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmuni qaysi tarixiy.sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qanday maqsadda chiqarilganligi aniqlanadi. Bu normativ hujjatni qabul qilish maqsadini, uning vujudga kelishiga sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatini va joyi, vaqti va normativ hujjatni qo’llash amaliyotini aniqlab olishni taqozo etadi. Masalan, 1926-yilda qabul qilingan O’zR JKda bezorilik to’g’risidagi moddada fuqarolar tomonidan korxonalarda, muassasalarda va jamoat joylarida bezorilik qilish xususidagi so’zlar bor edi. Hozirgi harakatdagi, 1994 yilda qabul qilingan O’zR JKning 227-moddasi 1-qismida bezorilik jinoyatiga quyidagacha ta’rif berilib, unda yuqoridagi so’zlar olib tashlangan: «Bezorilik, ya’ni jamoat joylarida tartib - qoidalarga qasddan hurmatsizlik bildirish, urish - do’pposlash, badanga yengil shikast etkazish yoki o’zganing mulkiga shikast etkazish yoxud nobud qilish jiddiy zarar etkazish bilan bog’liq holda sodir etilsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha mikdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».
Tarixiy-siyosiy usulda har bir huquqiy normaning qanday sharoitda, qanday maqsadda chiqarilganligiga e’tibor beriladi.
Bu usul tergov, prokuratura va sud organlarida huquqiy normalar bilan tegishli ishlarni ko’rib hal qilishda muhim rol o’ynaydi. “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun tarixiy-siyosiy sharhlash juda muhim. CHunki aynan shu faoliyat davlat manfaatlari va ularni himoya qilish bilan uzviy bog’liq. SHuning uchun ham qonunchilikning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va bir maqsadga qaratilgan bo’lishiga yordam beradi”1.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling