Huquq normalarini sharhlash tushunchasi


Malakali (professional) sharhlash –


Download 126 Kb.
bet8/14
Sana07.03.2023
Hajmi126 Kb.
#1248110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Huquq normalarini sharhlash

Malakali (professional) sharhlash – bu amaliyotchi yuristlar tomonidan (advokat, huquqshunos-maslahatchi va h.) amalga oshiriladigan sharhlash turi.
Oddiy sharhlash –maxsus huquqiy bilimga ega bo’lmagan har qanday shaxs tomonidan huquqni anglash va tushuntirishdir.


  1. Huquq normalarini sharhlash usullari

Huquqiy normalarni sharhlash ilmiy tomondan ishlab chiqilgan va hayotda sinab ko’rilgan bir qator maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. Bu usullar huquqiy normalarning ma’nosi va mazmunini ochishga yordam beradi.
Huquq normasini sharhlash usullari – bu huquq normasining mazmuni vamohiyati hamda unda aks etgan huquq ijodkorining irodasini anglash imkonini beradigan usul va vositalar majmuidir.
Huquq normasini sharhlash usullari – bu sharhlovchi subyekt tomonidan huquqiy qoidalar mazmunini aniqlashtirish maqsadida, bilishning ilmiy tafakkurga asoslangan maxsus yo’llaridir.1
Huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: grammatik usul, mantiqiy usul, tarixiy-siyosiy usul, sistematik usul, funksional usul va maxsus-yuridik usul. Bu usullar orqali huquqiy normalarning barcha xususiyatlari aniqlanadi:

  1. huquqiy normaning turlari va uning mazmuni;

  2. huquqiy normaning yozilgan tili;

  3. huquqiy normaning huquq tizimida tutgan o’rni va hokazo.

Grammatik usulda qo’llaniladigan huquqiy norma mazmuni uning matni grammatik—filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi.2 Huquqiy norma matnidagi so’z va iboralarning, masalan O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat Kodeksi” dagi “yomon oqibatlar”, “ig’vo qilish”, “jinoyat tarkibi” va boshqalarning mazmuni aniqlanadi. Bunda huquq normasi matnidagi har bir so’z va jumlaning mazmuni grammatik jihatdan to’g’ri va noto’tg’riligi tahlil qilinadi. Grammatik usulda tatbiq qilinadigan huquqiy norma turli joylarda uchraydigan so’z va iboralarning to’g’riligiga, ularning o’xshashlik va bog’liqlik tomonlariga e’tibor berib, huquqiy normalarning mazmunini aniqlab, keyin ular sharhlanadi. SHarhlashning bunday usuli orqali umum qo’llaniladigan alohida iboralarning ahamiyati hamda terminologik mazmuni aniqlanadi (masalan: epidemiya, retsidiv, ipoteka va boshqalar). Bunda eng avvalo, qonunshunos ushbu so’zlarga qanday mazmun baxsh etganligini aniqlash muhimdir.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling