Huquq normalarini sharhlash tushunchasi
Download 126 Kb.
|
Huquq normalarini sharhlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Reja: Kirish............................................................................................................................3 Asosiy qism: Huquq normalarini sharhlash tushunchasi……………………...………………….5 Huquq normalarini sharhlashning turlari………………………………….….…..12 Huquq normalarini sharhlash usullari………………………..….……………….16 Huquq normalarini hajmiga ko’ra sharhlash………..……………………………22 Huquq normalarini sharhlash hujjatlari…………….…………………………….26 Xulosa………………………………………………….……………………………28 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………..……………………………30 Kirish Davlatimizning mustaqillikka erishuvi va O’zbekistonning o’z istiqlol hamda taraqqiyot yo’lini tanlashi mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimida qator o’zgarishlarni joriy etdi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Chuqur o’zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sobiq Ittifoqdagi respublikalardan birinchi bo’lib prezidentlik boshqaruvini joriy etgan ham, keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni tubdan o’zgartirish va yangilash yo’liga o’tib olgan ham bizning respublika bo’ldi»1. Bunday o’zgarishlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq va uning ichki tuzilishiga ta’siri natijalarini ilmiy-amaliy jihatdan izohlab berish huquqshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Konstitutsiyamiz muqaddimasida e’lon qilingan pirovard maqsadimiz bo’lmish fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlatni barpo etish jarayoni ketayotgan bir paytda ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi yana bir karra ortadi. Prezidentimiz e’tirof etganlaridaek, «Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat ustuvor bo’lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur qilib bo’lmaydi»1. Bu qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, har bir normani hayotda to‘g‘ri tatbiq qilish, qo‘llash, ya’ni ular bilan jamiyatda kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muhimdir. Buning uchun har bir tatbiq etiladigan huquqiy normaning mohiyati va mazmunini to‘g‘ri tushunib, anglab olish va sharhlash juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Huquqiy normalar hayotda to‘g‘ri qo‘llanib, ular orqali davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotda tadbiq etishda shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama o‘rganish va ishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish kerak. So‘ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasidagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim. Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish, tushunib olish muhimdir. Bunda tadbiq etilayotgan huquqiy normaning, har bir moddaning ta’sir qilish doirasini belgilash, bular bilan tegishli munosbatlarni tartibga solish uchun siyosiy va yuridik malaka talab qilinadi. Ushbu kurs ishini tayyorlashdan maqsad shundan iboratki, huquqiy normalarni sharhlash tushunchasining mohiyatini imkon qadar ochib berish, huquqiy normalarni sharhlashning jamiyat va fuqarolar hayotida tutgan o‘rni, taraqqiyotga erishuvidagi ahamiyati qay darajada ekanligini o‘rganishdir. Ushbu kurs ishining dolzarbligi shundaki, huquq normalarini sharhlash huquqni amalga oshirish, huquqni tatbiq etishda asosiy o’rinni egallaydi, chunki huquqni tatbiq etishdan oldin uning ma’no va mazmunini tushunib olish lozim. Amaliyotda huquqiy normalar qo‘llanib hal qilinadigan ishlar sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari tomonidan ko‘rilayotganda, yo‘l qo‘yiladigan xatolarning ko‘pchiligi – huquqiy normalarni noto‘g‘ri tatbiq etish va sharhlash natijalari bo‘lib chiqadi. Shu bois, hayotda tatbiq etilayotgan huquqiy normalar bilan tegishli ijtimoiy munosbatlarni tartibga solish uchun birinchi navbatda bu huquqiy normaning ma’nosi va mazmunini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling