Huquq normalarini sharhlash tushunchasi
Huquq normalarini sharhlash –
Download 126 Kb.
|
Huquq normalarini sharhlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statik yondashuvda
Huquq normalarini sharhlash – bu huquq normalarining mazmuni, maqsadi va mohiyatini aniqlash va tushuntirishga yo’naltirilgan (qaratilgan) faoliyat.
Sharhlashning boshqa turlaridan farqli ravishda huquq normalarini sharhlash maxsus faoliyat bo’lib, u quyidagi bir qator jihatlar bilan tavsiflanadi: birinchidan, mazkur faoliyat natijasida har qanday yozma manbalarning emas, balki huquqiy hujjatlarning, ya’ni huquq normalarining mazmun mohiyati sharhlanadi; ikkinchidan, huquq normalarini sharhlash o’z oldiga huquqiy ko’rsatmalarni tadbiq etishni maqsad qilib qo’ygan holda huquqiy tartibga solishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqadi; uchinchidan, qonunda belgilangan hollarda mazkur faoliyat vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi; to’rtinchidan, sharhlash natijalari, agar ularga majburiylik tusi beriladigan bo’lsa, maxsus huquqiy (sharhlash) hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yiladi. Yuridik adabiyotlarda sharhlashga ikki xilda: statik va dinamik yondashuv farqlanadi. Statik yondashuvda sharhlovchi subyekt huquqning barqarorligini saqlashga harakat qiladi, dinamik yondashuvda esa sharhlovchi subyekt huquqning mazmunini yoritishda uni ko’proq hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga intiladi. 2 Huquqiy normalarni sharhlash masalasi quyidagi uchta muhim jihatni o’z ichiga oladi: Tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchi subyektlarni aniqlash (bular—davlat hokimiyatining oily va mahalliy vakillik organlari, Prezident; ijro etuvchi organlar: Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman, shahar hokimlari; turli vazirliklar va davlat qo’mitalari; sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar—sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar idoralari va boshqlar; jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar); tatbiq qilinadigan huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun mantiqiy, grammatik, tarixiy, sistematik hamda boshqa usullar qo’llaniladi; tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo’yicha va yuridik kuchiga qarab sharhlash. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling