Huquq shakillari (man’balari) tushunchasi va turlari
Huquqiy pretsendent tushunchasi,turlari
Download 128.98 Kb.
|
Huquq shakillari (man’balari) tushunchasi va turlari
1.2.Huquqiy pretsendent tushunchasi,turlari
Huquqiy pretsedent - lot. praecedens - «avvalgisi, oldingisi» ma'nosini anglatadi. Sud yoki ma'muriy organning yozma yoki og‘zaki qarori, kelgusida barcha shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘ladigan namuna, etalon, norma sifatida qabul qilinsa, u pretsedent bo‘ladi. Shunday qilib, ma'lum bir ish bo‘yicha qabul qilingan qaror huquqiy norma sifatida tan olinadi. Huquqiy pretsedent umumiy (anglo-sakson) huquqiy tizimi amalda bo‘lgan davlatlar - Angliya, AQSh, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarda keng qo‘llaniladi, lekin shu davlatlarda huquqiy pretsedent turlicha qo‘llanishi mumkin. Masalan, Angliyada huquqiy pretsedent quyidagi qoidalarga bog‘liq bo‘ladi: 1) Lordlar palatasi qabul qilgan qaror hamma sudlar uchun majburiydir; 2) Apellyatsiya sudining qarori barcha quyi turuvchi sudlar uchun ham va shu sudning o‘zi uchun ham (jinoyat huquqidan tashqari) majburiy ahamiyatga ega. Sud amaliyoti huquq shakli rolini o‘ynagan hollar tarixda uchrab turadi. Hozirgi vaqtda sud pretsedenti Angliya uchun xuddi shunday ahamiyatga molik. Hozirgi yevropa qonun hujjatlari umuman sud amaliyotini huquq shakli sifatida tan olmaydi. Lekin bu masala aqidaparastlik jihatidan ham, qonun chiqarish siyosati nuqtai nazaridan ham munozarali hisoblanadi. Shunday qilib, huquqiy pretsedent haqida. Umuman pretsedent hokimiyat tomonidan hyech bo‘lmaganda bir marotaba sodir etilgan, lekin shu hokimiyatning keyingi xatti-harakatlari uchun namuna bo‘la oladigan xatti-harakatlardir. Huquqiy pretsedent – sud yoki ma'muriy organning avvalgisiga o‘xshash barcha ishlarni ko‘rib chiqishda andoza, namuna (xatti-harakat qoidasi) bo‘lib qoladigan yozma yoxud og‘zaki qaroridir. Sud va ma'muriy pretsedent bir-biridan farqlanadi. Albatta, huquqning pretsedent shaklida sud (va ma'muriy) organlar amalda yangi huquqiy normalarni yaratish hokimiyatiga ega bo‘ladi. Bunday holatlarda huquq murakkabligi va chalkashligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, bunda mansabdor shaxslar tomonidan o‘zboshimchaliklar bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Shu o‘rinda sud amaliyotini huquq shakliga kiritishda qonun va urf-odatdagi kabi yakdillik yo‘qligini ham alohida qayd etib o‘tish lozim. Shunday qilib, xususiy ish bo‘yicha qabul qilingan sud hukmi ikki xil ma'noni bildiradi, ya'ni: birinchidan, bu hukm sud faoliyatini taqozo etgan konkret holatni hal qilsa; ikkinchidan, bu hukm kelajakda xuddi shunday holatlarni hal etish uchun qoida bo‘lib qolishi mumkin. Ikkinchi holatda sud hukmining o‘zi huquq normasiga aylanadi va unga oldingi yuz bergan holatlardan kelib chiqadigan (pretsedent) hamda ehtimoli bor bo‘lgan holatda qo‘llanadigan qoida sifatida ishora qilinadi. Sud qarori pretsedent sifatida quyidagi hollarda: 1) inglizlar declaratoru precedent deb ataydigan oldindan berilgan norma ma'nosini tushuntirishda; 2) qonun yoki urf-odat sukut saqlaganda yangi normaning yaratilishida namoyon bo‘ladi, inglizlar buni original precedent deb atashadi. Ko‘rinib turibdiki, bu o‘rinda ikkinchi holatda gap yangi norma haqida boradi. Pretsedent sifatidagi sud qarori nega norma bo‘lib qoladi? Chunki hayotda, huquqdan tashqarida pretsedent katta rol o‘ynaydi. Haqiqatan ham odamlar oldin sodir bo‘lgan ishlarga, hatto u atigi bir marta yuz bergan bo‘lsa-da, ishora qilishni yoqtirishadi. Davlat va ma'muriy huquq sohalarida ham hozirgi duch kelinayotgan voqyeaga teng yoki o‘xshash holat qanday yechilganini ko‘rsatib berish hollari tez-tez uchrab turadi. Xalqaro huquq qoidalari ham pretsedent ta'sirida tarkib topadi. Lekin, baribir, sud qarori majburiy norma sifatida tan olinadigan bo‘lsa, buning uchun alohida muhim asoslar kerak bo‘ladi. Bu o‘rinda gap, hatto sud aholi ko‘z o‘ngida katta obro‘ga ega bo‘lib, bir ish yuzasidan u bildirgan fikr keyin ham shunday qilish kerak ekan, degan qarashni tug‘dirishida ham emas. Zero, sud qarori, unga bo‘lgan hurmatdan qat'i nazar, biron-bir ishonch-e'tiqodni tug‘dirishga qodir. Bu sud qarorining obro‘si faqat axloqiy asosgagina ega bo‘lib qolmasligidan (shunday bo‘lishi ham mumkinligiga qaramay) dalolat beradi. Eng muhimi, sudning obro‘si – uning qarashlari va qarorlari davlat hokimiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida hamda agar huquq normalarining nomatlub oqibatlariga giriftor bo‘lishni istamasang – uning nuqtai nazariga moslashish zarurligidadir. Lekin aytilganlardan, sud qaroriga hamisha va hamma yerda huquq shakli sifatida qarash kerak, degan ma'no kelib chiqmaydi. Haqiqatan ham qaror chiqarib qo‘yilganiga qaramay, sud o‘z xizmat burchini buzmagan holda boshqa ish bo‘yicha birinchi hukmidan farq qiladigan va hatto unga zid bo‘lgan qarorni berishi mumkin. Biroq pretsedentdan chekinish mumkin bo‘lsa, u holda huquq normasiga xos majburiylik ham unda bo‘lmaydi. Yana bir muhim jihatga e'tiborni qaratishni istardik. Agar pretsedent mohiyati oldin sodir bo‘lgan hodisaga asoslanishdan iborat bo‘lsa, unda sud pretsedenti odatiy huquqqa yaqinlashadi. Zotan, mohiyatan urf-odat pretsedentdan iboratligi to‘g‘risidagi g‘oya allaqachonlar fanda e'tirof etilganligi buning yorqin ifodasidir. Ammo, yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, sud amaliyoti, sud pretsedenti huquqning shakli bo‘lgan mamlakat hanuz mavjud, u ham bo‘lsa – Angliyadir. Ko‘pincha odatiy ingliz huquqi deb ataladigan narsa sud qarorlari to‘plamlari (reports)da yig‘ilgan pretsedentlar huquqi (Case-Law)dir. Shuning uchun ham Angliyada to‘plamda yozilgan sud pretsedentidan dalil keltirish xuddi qonun moddasiga ishora qilingandek ahamiyatga ega. yevropa qit'asining hyech qaerida boshqa bunday holatni uchratmaymiz. Jumladan, Fransiyada huquqshunoslik katta tajribaga egaligiga qaramay, fransuz huquqshunoslari hyech qachon sud amaliyoti (jurisprdence)ning huquq normasiga teng ahamiyatini tan olishmagan. Ular buni XIX asr oxiridayoq shunday izohlashgandi: «U (huquq normasi) bilan bog‘liq obro‘-e'tibori qanchalik bo‘lishidan, huquqning biron-bir masalasiga o‘z qarashlarida qanchalik barqaror bo‘lishidan qat'i nazar, u hyech qachon fuqarolar va sudlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni yaratolmaydi. Agar umumiy manfaat sudyalardan amaliyot muqaddaslashtirgan qarorlar dalillaridan chekinishni talab qiladigan bo‘lsa, xatoligi yoki zararliligi fan yoxud tajribada aniqlanadigan pretsedent oldida to‘xtab qolmaslik uning burchidir»1. Ma'lumki, mustabid sho‘ro tuzumi davrida rasmiy sotsialistik huquq nazariyasi sud va ma'muriy organlar huquqni yaratish emas, uni qo‘llash kerak deb hisoblab, huquqning pretsedent shaklini tan olmagandi. Muayyan darajadagi umumiylik va majburiylik xos bo‘lgan huquq qoidalarini ishlab chiqish ko‘pincha huquqni qo‘llash amaliyoti natijasida yuz beradi. Huquq qoidalari – yuridik amaliyotning jamlangan ifodasidir. Shu bilan bog‘liq holda ular ijtimoiy munosabatlar rivojidan birmuncha ortda qolganlikning o‘rnini to‘ldirishga qodir bo‘ladi. Huquq qoidalaridan oqilona foydalanish huquq-tartibotning barqarorligini ta'minlaydi, qonun hujjatlarini mustahkamlaydi, davlat o‘tkazayotgan siyosatga barqarorlik baxsh etadi. Ko‘pchilik olimlar asosli ravishda yuridik amaliyot huquqiy qoidalari pretsedent huquqidan boshqa narsa emas, deb hisoblashadi. Shuni ta'kidlash joizki, yuridik fan (huquqiy ta'limot) ham taraqqiyotning muayyan bosqichlarida uning shakli bo‘lib xizmat qiladi. Chunonchi, eng tanilgan Rim huquqshunoslariga keyinchalik sudlar uchun majburiy bo‘ladigan tushuntirishlar taqdim etish huquqi berilardi. Angliya sudlarida taniqli huquqshunoslar (Brakton, Glenvil) asarlari keng ravishda ishora qilinadigan huquq manbalari edi. Hozirgi vaqtda ham shariat qoidalari muayyan darajada huquq shaklida maydonga chiqadi va bu arab mamlakatlari qonun hujjatlarida tasdiqlab qo‘yilgan. Shunisi qiziqki, Angliya sudlarida ayrim sud qarorlarini chiqarishda hanuzgacha ba'zi huquqshunoslarning ilmiy asarlaridan dalillar keltirilishi uchrab turadi. Ular huquq manbalari sifatida tan olinmasa-da, sud hukmi yoki qarorini asoslashga qo‘shimcha dalil bo‘lib xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda yuridik fan huquqiy amaliyotni rivojlantirish, qonun chiqarishni takomillashtirish, qonunlarni to‘g‘ri sharhlashda katta ahamiyat kasb etadi, lekin huquqning rasmiy manbai sifatida tan olinmaydi. Aslida, bu faqat davlat hokimiyati qonunlarigina kuchga ega bo‘lgan yaqin o‘tmishdagi totalitar davlat tizimining oqibatlari bo‘lsa, ne ajab. Hozirgi vaqtda huquqiy pretsedentlarning quyidagi turlarini ajratish odatiy holdir: sud va ma'muriy.Birinchi turga fuqarolik yoki jinoiy ish bo'yicha qabul qilingan qarorlar kiradi. Ikkinchi turga ma'muriy sud yoki ma'muriy organ tomonidan qabul qilingan qarorlar kiradi. Ushbu tasnifga asoslanib, qonun chiqaruvchi va sud organlari qonun ijodkorligi faoliyati bilan shug'ullanadi, deb ta'kidlash mumkin. Sud pretsedenti-shunga o'xshash ishlarni hal qilishda bir xil yoki quyi sudlar uchun majburiy bo'lgan yoki majburiy bo'lmagan qonunni sharhlashning taxminiy namunasi bo'lib xizmat qiladigan muayyan ish bo'yicha qaror. Huquqiy entsiklopedik lug'at. - M.: huquqiy adabiyot, 2011 yil. Uning majburiyatini tan olgan mamlakatlarda sud pretsedenti huquq manbai hisoblanadi. Shunday qilib, qadimgi Rimda pretorlar va boshqa magistratlarning qarori shunga o'xshash ishlarni ko'rib chiqishda majburiy deb tan olingan. Dastlab, ushbu lavozimni egallagan vaqt davomida bunday qarorni qabul qilgan magistrat uchun pretsedent majburiy bo'lgan. Biroq, asta - sekin pretorlar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar majburiy qoidalar tizimiga-pretor qonuniga aylandi. Huquq manbai sifatida sud pretsedenti feodal mulk sudlarida, xususan, ichki va xalqaro savdo bilan bog'liq nizolarni ko'rib chiqishda qo'llanilgan. Pretsedentlar asosida dengiz va savdo huquqining bir qator normalari yaratildi. Sud pretsedenti qonunning taxminiy talqini bilan qabul qilingan muayyan ish bo'yicha qaror sifatida yuzaga keladi. Sud pretsedenti turli xil qonunlarni yaratish manbai bo'lib xizmat qiladi, chunki u, qoida tariqasida, sudda yangi turdagi jinoiy harakatlar ko'rib chiqilsa yaratiladi. Shunga o'xshash jinoyatlarni qayta-qayta amalga oshirish va ushbu jinoyatlar bo'yicha sud o'tkazish natijasida qaror, qoida tariqasida, avvalgi sud jarayonlari tajribasiga asoslanib qabul qilinadi. Bir marta paydo bo'lgan pretsedent sud amaliyotida yana takrorlanadi. Shunday qilib, vaqt o'tishi bilan pretsedent o'z kuchini yo'qotmaydi, balki avloddan-avlodga o'tadi. Bu qonun ustuvorligi muayyan ishning holatlari bilan chambarchas bog'liqligi va ushbu qaror qabul qilingan holatga o'xshash ishlarni hal qilish uchun ishlatilishi bilan izohlanadi. Bunday huquq normasini umumiyroq va mavhumroq qilib bo'lmaydi. Ushbu normalar aslida vaqt sinovidan o'tgan umuminsoniy qadriyatlarning bevosita aksidir. Shunday qilib, huquqiy normalar sud qaroridan kelib chiqishi mumkin, ayniqsa, ushbu ish bo'yicha odat va qonun mavjud bo'lmasa. Sudya, masalan, berilgan shaxs boshqa shaxsga biror narsani qaytarib berishga majburmi yoki yo'qmi degan xulosaga kelganda, u odat yoki qonun bo'lmagan taqdirda, aql-idrok mezonidan kelib chiqib, aqliy jihatdan ma'lum bir umumiy pozitsiyani shakllantiradi. Va shuning uchun ma'lum bir ish bo'yicha sud qarori shunga o'xshash hayotiy holatlar uchun namuna, namuna (ya'ni pretsedent) bo'lishi mumkin. Ma'muriy pretsedent deganda ijro etuvchi hokimiyat yoki ma'muriy adolatning "kvazi-sud" organining qonunchilikni tartibga solishning yo'qligi yoki noaniqligi sharoitida huquqiy masalani hal qilish jarayonida ifodalangan va keyingi shunga o'xshash ma'muriy ishlarni hal qilish uchun namuna bo'lib xizmat qiladigan ma'lum bir huquqiy tartibga solish tushunilishi kerak. Xuddi shu erda. Ma'muriy pretsedentning tashqi ifodasi va matnli konsolidatsiyasi ma'muriy yurisdiksiyaning "kvazi-sud" organining yoki alohida huquqiy ishlarni hal qilishga qaratilgan ijro etuvchi organning individual akti shaklida ham, ijobiy qonun normalarini talqin qilish akti shaklida ham sodir bo'ladi. Ma'muriy pretsedentni shakllantirish sharti-bu huquqiy normalar yoki ularning nomukammalligi bo'lmagan taqdirda individual huquqiy tartibga solishni ta'minlaydigan ma'muriy ixtiyoriylik. Ma'muriy ixtiyorning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi huquqni muhofaza qilish organining yuqori professionalligini, ishning holatini chuqur tahlil qilishni, qonun doirasida ishni hal qilishning eng maqbul variantini tanlashni nazarda tutadi. Ma'muriy pretsedentlarni qo'llashning maqbul usuli sifatida sudlar va boshqaruv sohasida qabul qilinganlarni birinchi marta ma'lum bir holatda sanksiya qilish va kelajakda bunday ishlarni suddan tashqari (ma'muriy) tartibda hal qilishning eng maqbul namunalari sifatida tan olishdir. Sud hokimiyati tomonidan ma'muriy qarorlarning bunday tan olinishi ularni sud pretsedentiga aylantirmaydi, chunki tegishli ijro hujjatining "to'g'riligi" va ahamiyati baholanadi. Ma'muriy pretsedentlar amaldagi qonunchilikning ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishdagi kechikishini qoplaydi, ularni tartibga solishning yo'qligi yoki noaniqligi sharoitida yuzaga keladigan huquqiy nizolarni tezkor hal qilishni kafolatlaydi. Ijtimoiy qarama-qarshiliklarni o'z vaqtida hal qilish keskin huquqiy nizolarning oldini olishga, qonun va tartib barqarorligini ta'minlashga yordam beradi. Ma'muriy pretsedent, xuddi sud pretsedenti kabi, ma'muriy amaliyot jarayonida, shuningdek ma'muriy sudlarning ishida paydo bo'ladi. Ham huquqiy, ham ma'muriy pretsedent ma'muriy qoidabuzarliklar to'g'risida qaror qabul qilish natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa, bunday huquqbuzarliklar postsovet davrida sodir bo'lgan. Shu bilan birga, ushbu jinoyatlar shunchalik tez ko'payib ketdiki, davlat juda tez ishlab chiqishga va ilgari kerak bo'lmagan ko'plab qonunlarni qabul qilishga majbur bo'ldi. Ma'muriy pretsedentga ma'muriy sud yoki ma'muriy organ tomonidan qabul qilingan qarorlar kiradi. Ular sud pretsedentidagi kabi tartibda qabul qilinadi. Ularning orasidagi farq faqat so'zning texnik ma'nosida" yurisdiktsiya bo'lmagan ma'muriy organlar tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida gap ketganda aniqlanadi. Ma'muriy pretsedent-bu kamida bir marta sodir bo'lgan va shunga o'xshash sharoitlarda namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan ko'plab (suddan tashqari) davlat organlarining faoliyati. Biroq, mamlakatimizning huquqiy haqiqatida davlat organlarining amaliy faoliyatida yozma qonun bilan bir qatorda amalda qo'llaniladigan, ikkinchisini konkretlashtiradigan, to'ldiradigan va ba'zan bekor qiladigan xatti-harakatlar qoidalari yaratilganligi misollarini topish mumkin. Pretsedent normani yaratadigan organlarga qarab, xalqaro ijro etuvchi organlarning ma'muriy pretsedentlari va ichki ijro etuvchi organlarning pretsedentlari farqlanadi, ular o'z navbatida ijro etuvchi hokimiyat organlari va ma'muriy adolatning "kvazi-sud" organlari tomonidan yaratilgan pretsedentlarga bo'linishi mumkin. Harakat sohasida federal, mintaqaviy va mahalliy (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shakllantirilgan) ma'muriy pretsedentlar ajralib turadi. Mazmuni bo'yicha ma'muriy pretsedentlar (qonundagi bo'shliqlarni bartaraf etish) va talqinning ma'muriy pretsedentlari (ma'muriy pretsedentlarni talqin qilish huquqi) farqlanadi. Amal qilish muddati bo'yicha ma'muriy pretsedentlar o'z harakatlarida cheksiz va cheklangan vaqtga bo'linadi (masalan, tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishidan oldin). Ijtimoiy munosabatlarga ta'sirning tabiati ma'muriy pretsedentlarni "ijobiy" va "salbiy" ma'muriy pretsedentlarga tasniflashga imkon beradi. Huquqiy pretsedentlar turlarining xususiyatlari. Birinchi xatboshida sud amaliyoti Angliyada tug'ilganligi aniqlandi. Bu erda qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida sohalarini tartibga solmasa ham, bitta tizimga birlashtirilmagan. Qonun bilan tartibga solinmagan sohalar, qonunlarni talqin qilish va qo'llash umumiy qonunchilikda belgilanadi. Umumiy qonunni shakllantirish uchun asos mahalliy urf-odatlar va Qirollik sudlari amaliyotini umumlashtirish edi. Hozirgi vaqtda ham umumiy huquqda uning shakllanishi davrida shakllangan huquqning ko'plab elementlari (institutlari, atamalari) saqlanib qolgan. Maxsus qadimiy shakllardan foydalanish "huquqiy til", to'g'ri sud pretsedentini topish qobiliyati, maxsus yuridik tayyorgarliksiz shaxslarning sud organlarida ishlash imkoniyatini istisno qiladi. F. Engels ingliz umumiy qonunini quyidagicha tavsifladi: "advokat bu erda hamma: o'z vaqtini ushbu huquqiy chalkashlikka, qarama-qarshiliklarning betartibligiga etarlicha sarflagan kishi ingliz sudida qudratli. Qonunning noaniqligi, tabiiyki, shunga o'xshash holatlarda sobiq sudyalarning qarorlari vakolatiga ishonishga olib keldi: bu faqat kuchayadi, chunki bu qarorlar bir-biriga zid keladi".10. Ilmiy adabiyotlarda huquqiy yoki huquqiy pretsedent ekvivalent tushunchalar sifatida qaraladi. Huquqiy pretsedent-bu shunga o'xshash ishlarni keyinchalik ko'rib chiqishda namuna sifatida qabul qilingan davlat hokimiyati organining qarori. Eng ko'p ishlatiladigan tasnifda ma'muriy va sud pretsedentlari ajralib turadi (qaror qabul qilgan organlar turi bo'yicha). Download 128.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling