Huquqiy davlat tizimining shakllantirishi
Davlat va jamiyat boshqaruvida keng jamoatchilikning ishtiroki
Download 56.5 Kb.
|
HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI.
Davlat va jamiyat boshqaruvida keng jamoatchilikning ishtiroki:
birinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tomonidan xar tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi; ikkinchidan, jamoat nazoratini amalga oshirish; uchinchidan, davlat organlarining ayrim vakolatlarini nodavlat notijorat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga asta-sekin o‘tkazib borish; to‘rtinchidan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali ta’minlanadi. Bunday muxim masalalarni xal etish uchun esa, Prezidentimizning nodavlat notijorat tashkilotlarga yetarli e’tibor berilishi va ular faoliyatining tegishli xuquqiy asosi yaratilishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrlari qonunchilikda o‘z ifodasini topishi kerak. Shu jixatdan, «Nodavlat, jamoat tuzilmalari va uyushmalarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat ko‘rsatish kafolatlari va shartlari to‘g‘risida»gi qonun loyixasi ishlab chiqilishi xozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Nodavlat, jamoat tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash, bu institutlarning mustaqilligini ta’minlash uchun qonun asosida maxsus moliyaviy jamg‘arma tashkil etish to‘g‘risidagi Prezidentimiz taklifi barcha olimlar, mutaxassislar va nodavlat notijorat tashkilotlar oldiga katta vazifa yuklaydi. Bunday maxsus jamg‘armaning bo‘lishi nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, demokratik institutlarning to‘liq mustaqilligini ta’minlaydi. Yangi tuzilayotgan nodavlat, jamoat tuzilmalarining qisqa muddatlarda jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, manfaatli dastur va loyixalarini tegishli tartibda moliyalash, ularning moddiy texnika bazasini mustaxkamlab olishi kelgusida xar jixatdan shu jamg‘armaga bog‘liq bo‘ladi. Yangi qonun loyixasida ushbu jamg‘arma va nodavlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi muvozanatni, o‘zaro xamkorlik va tobe bo‘lmagan munosabatlarni shakllantirish xamda ta’minlashga e’tibor berish lozim. Qonun loyixasida jamg‘armaning maqomi, uning tuzilmasi, uni boshqarish tartibi, u tomondan qabul qilinadigan xujjatlarning yuridik kuchi, xarakati va ta’sir doirasi, boshqa nodavlat, jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabati, uning xuquq va majburiyatlari, moliyaviy manbalari va tushumlarning shakllanish tartibi, mablag‘lar taqsimoti, sarf-xarajatlarni xisobga olish va nazorat qilish, moliyalashtirish taklif etilayotgan loyixalarni ko‘rib chiqish tartibi, jamg‘armaning davlat organlari bilan munosabati kabi bir qator muxim masalalar o‘z aksini topishi lozim. Masalan, Angliyada nodavlat notijorat tashkilotlarga imtiyoz berish, grantlar ajratish, soliq solish masalalari Jamoat tashkilotlari bilan ishlash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya davlat manfaatlarini ximoya qilgan xolda Nodavlat notijorat tashkilotlar uyushmasi bilan tegishli muzokaralar olib boradi. Xar qanday jamoat tashkiloti tegishli qo‘shimcha imtiyozlarga aynan shu komissiyaning xulosasi va roziligiga asosan ega bo‘lishi mumkin. Komissiyaning maqomi esa tegishli qonunlarda belgilangan. Nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining to‘la mustaqilligini ta’minlash yuqorida zikr etilgan jamg‘armaning tashkiliy-xuquqiy tuzilishiga xam bog‘liqdir. Nazarimizda jamg‘arma mablag‘ini barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va tashkilotlar, tadbirkorlar, fuqarolar tomonidan beg‘araz o‘tkazib turiladigan xayriya tushumlari va ajratmalar, qonun bilan yo‘l qo‘yilgan boshqa manbalar tashkil etadi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini yanada kuchaytirish, ularni ma’naviy va moddiy jixatdan qo‘llab- quvvatlash erkin, ochiq fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi asosiy xarakatlardan biri xisoblanadi. Prezidentimiz aytganidek, «ayni paytsa, nodavlat, jamoat tuzilmalarini yaratish jarayonini rag‘batlantirishga oid boshqa iqtisodiy, tashkiliy va xuquqiy mexanizmlarni xam ishlab chiqishimiz lozim». Bunda xorijiy tajribalarni o‘rganish, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalaridan va xalqaro xujjatlardan foydalanish, va, eng avvalo, tarixiy va ma’naviy qadriyatlarimiz, mustaqillik yillarida orttirgan tajribalarimizga asoslanish darkor. Nodavlat notijorat tashkilotlarni rivojlantirishga oid davlat siyosatini yuritishda chuqur va puxta o‘ylangan ilmiy-nazariy konsepsiyani xam ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Konsepsiya asosini esa, shubxasiz, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson xuquqlarini ximoya qilish, demokratik institutlarning bu soxadagi vazifalariga oid ko‘plab bildirgan nazariy takliflari va g‘oyalari tashkil etishi kerak. Konsepsiyada milliy istiqlol g‘oyasini xar tomonlama mustaxkamlashga qaratilgan ko‘pfikrlilik, bag‘rikenglik va xamjixatlikni o‘zida mujassamlashtirgan qoidalar bo‘lishi muximdir. Umuman olganda, nodavlat, jamoat tuzilmalarini rivojlantirishga davlatimiz raxbari tomonidan berilayotgan katta e’tibor kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi muxim qadamlardan biri xisoblanadi. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling