Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari


Download 99 Kb.
bet6/12
Sana23.03.2023
Hajmi99 Kb.
#1289913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1557205824 74286

Birinchi jihati. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yo‘l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xuddi shu asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom, mustaqil mavqeni egallaydi. Davlat xususiy hayot sohasiga, shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim. Prezident I. A. Karimov aytganidek: «Davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim». Bu talab, avvalo iqtisodiy ishlab chiqarish, xususiy tadbirkorlik sohasiga oiddir.
Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy struktura bo‘lmish fuqarolar jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo‘l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bo‘ladi.
Buyuk Fransuz inqilobining manifesti – 1791-yilgi Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ham xususiy mulk muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilgan. Feodalizmning ashaddiy dushmani bo‘lgan yakobinchilar esa xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya’ni fuqarolik jamiyatining birdan-bir asosi deb bilganlar. Tarix saboqlaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qatlamlarga ajratgan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusni rag‘batlantirgan, hokimiyatga nisbatan mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.
O‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy munosabatlar qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va xususiy biznesga keng yo‘l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatini qaror topishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo‘lishi bilan bog‘laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng ko‘lamda xususiylashtirish (aksiyalashtirish) jarayonlari amalga oshirilmoqda.
«Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, – deydi Prezident I. A. Karimov, – davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo‘ladi. Ayni shu tufayli davlat iqtisodiyotga o‘zining tartibga soluvchi ta’sirini maqbul ravishda o‘tkaza oladi»6.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling