Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari
Download 99 Kb.
|
1557205824 74286
Ikkinchi jihati. Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o‘zaro munosabati shakl va mazmun o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjud bo‘lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o‘rinli bo‘ladi. Buni O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Mamlakatimizda mulk shaklini o‘zgartirish, xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Prezidentning 1992-yildagi farmoni bilan Davlat mulk qo‘mitasi tashkil etilgan edi. Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnaq topishi uchun fuqarolik jamiyatida hur fikrlilik, siyosiy plyuralizm ham qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko‘p partiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko‘lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoqlari, uyushmalari, mehnatkashlar mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin. Tahlil yuritilayotgan jabhada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb yozilgan. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo‘lmog‘i lozim. Fuqarolar qonun oldida huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etilishi lozim. Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat idoralari bilan muloqotda huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu teng huquqiy munosabatlarda tomonlardan birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini tiklashga erishishi mumkin. Huquqiy davlatchilikning muhim tamoyillaridan biri ana shunday. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat fuqarolik jamiyatini boshqaruv tizimi, balki o‘zini o‘zi boshqaruvchi fuqarolik jamiyatiga bog‘liq, uning manfaat va ehtiyojlariga bo‘ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling