Huquqiy fanlarni


Download 172.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi172.14 Kb.
#210250
  1   2   3
Bog'liq
YAN



 

 

 



 

 

 



HUQUQIY FANLARNI 

O’QITISH 

1-Dars samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omollarni sanang. Reproduktiv ta‘limda bunday omillar 

bo‘lmaganmi. 

2-Tasavvur qiling. Siz pedagogsiz. Hozirgi ta‘lim tizimida o‘zingiz uchun o‘zgacha xos qanday hayot 

tarzini yaratar edingiz. 

3-Keys topshirig’I; Zamonaviy ta‘limda ―bilim‖ , ―ko‘nikma‖ , ―malaka‖ tushunchalariga yuridik ta‘lim 

doirasida izoh bering va asoslang. Ularning umumiy va farqli tomomlarini tushuntirimg. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


     1-Dars samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omollarni sanang. Reproduktiv ta’limda bunday 

omillar bo’lmaganmi. 

 

Bugungi kun uzluksiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan tub o‗zgarishlarni yanada 



takomillashtirish uchun kompyuter texnologiyasini ta‘lim jarayonidagi o‗rni, uning pedagogik va 

psixologik xususiyatlarini ilmiy-tadqiqot misolida yoritish, kompyuter vositalaridan 

foydalanishga bo‗lgan e‘tibor va ehtiyoj darajalarini yana bir bora ko‗rib chiqishni talab etadi. 

Buning uchun: 

• ta‘lim tizimida kompyuter texnologiyalari o‗rnini aniqlash; 

• kompyuter yordamida o‗quvchining tafakkuri va dunyoqarashining o‗zgarishini, xotirasining 

shakllanishida kompyuterning samaradorligi qanday rol o‗ynashini aniqlash; 

• «kompyuter — o‗yinchoq» va «kompyuter — bilim olish vositasi» atamalari orasidagi 

chegaralarni aniqlash; 

• o‗quvchilarning o‗quv jarayonida ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirish metodlarini aniqlash. 

Kompyuter yordamida multimediali jihozlardan foydalanishda o‗quvchi qarorlar, farmonlar va 

qonunlarni qabul qilinish jarayonlari ovozini, uni tabiiy harakatlarini, o‗ziga xos xarakterli 

belgilarini o‗rganib boradi. Huquq fanlarini  o‗rganishda ham kompyuter imkoniyatlaridan 

foydalanish yaxshi samara beradi. Huquqiy  darslarda multimedia vositalaridan foydalanish va 

ularni tatbiq etish davomida o‗quv jarayonida o‗ziga xos yangi usul vujudga keladi. Ularni o‗quv 

materiallarini ko‗rgazmaliligini oshishi, o‗quvchilarning bilim samarasini nazorat qilish 

imkoniyatining paydo bo‗lishi, o‗qituvchining o‗z ish faoliyatini yangi uslub va usullar asosida 

tashkil etishga yondashuvlar bilan bevosita izohlash mumkin.  O‗quvchilarga mavzu yuzasidan 

ma‘lumotlarni kompyuter yordamida qabul qilishga bo‗lgan qiziqishlarini va bevosita huquqiy 

darslar samaradorligini oshirishda undan foydalanishni hisobga olgan holda, o‗zlashtirish qiyin 

bo‗lgan mavzularni kompyuter vositalari asosida tatbiq etish imkoniyatlari o‗rganildi va amalga 

oshirildi. Tadqiqot ishlari davomida multmedia vositalaridan foydalanish davomida o‗quv 

jarayoni va huquqiy darslarining sifat samaradorligi oshganligini o‗quvchilarning mavzular 

yuzasidan olgan bilimlarining sifat ko‗r-satkichlarini yuqori darajaga ko‗tarilganligi bilan 

izohlash mumkin. Xulosa o‗rnida shuni ta‘kidlash joizki, kompyuterlashgan dars jarayonlari 

nafaqat o‗quvchining bilim va ko‗nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, balki 

o‗qituvchilarning ilmiy izlanishga va o‗z ustida tinimsiz mehnat qilishlariga keng imkoniyat 

yaratadi. Dеmak, pеdagogika insonni go`dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va 

turmush odobiga o`rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir. Tarbiya va 

tarbiyashunoslik haqidagi bu ta'rif ma'no va mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi 

xulq-atvori, odob-axloqi, bu boradagi milliy an'anlarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda 

tarbiyalanuvchining to`la amal qilishi, milliy qadriyat, ma'naviyat va ma'rifatga hurmat, iymon 

va vijdon singari go`zal fazilatlar singgan. O`n ikkinchi chaqiriq O`zbеkison Rеspublikasi Oliy 

kеngashining o`n birinchi sеssiyasida 1992 yil 8 dеkabrida qabul qilingan O`zbеkison 

Rеspublikasining Konstitutsiyasini chuqur tahlil qilib ko`rilsa, unda yuqorida zikr qilingan 

tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar o`z ifodasini topganini kuzatish mumkin. Boshqacha 

aytganda, bizning Konstitutsiyamiz - milliy tarbiya va tarbiyashunoslik qomusidir. Uning dеyarli 

har bir moddasida tarbiya ma'nolari silsilasi mavj urib turibdi. Bizning mamlakatimizda yosh 

avlodga ta'lim-tarbiya bеrishning yagona tizimi yaratilgan bo`lib, talabalarni ilmiy-dunyoqarash, 

insonparvarlik, g`oyaviylik, ijtimoiy gumanizm hamda intеrnatsionalizm, vatanimizga chеksiz 

muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usuli qo`llanib kеlinmoqda. Fanning bakalavr tayyorlash 



tizimida pеdagogik qonuniyatlarini ishlab chiqarish taraqqiyoti, kollеjlardagi tarbiyaviy 

munosabatlar, umumpеdagogik mutaxassislik ta'limining o`zaro bog`liqligi mеtodlari bilan 

talabalarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlab borish ko`zda tutiladi. 

 

O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o`zgardi, 



rivojlandi. Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy 

shakllarda olib boriladi: 

1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega 

bo`ladi. 

2. Dars mashg`uloti asosan belgilangan minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval orqali olib 

boriladi. 

3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. 

4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim 

tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni 

o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. 

Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda. 

1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar. 

2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar. 

Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg`ulot o`qituvchining kundalik o`quv matеrialini tizimli 

bayon qilib bеrishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va 

malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatishni 

o`z ichiga oladi.  

O‘qitishning reproduktiv metodi. 

Bu usullar o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari 

darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o‘quvchilarning o‘quv 

materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta‘minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita 

boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish 

maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni asosan axborot 

xarakterida bo‘lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta‘riflasa, o‘quvchilarning bilimlarini 

mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor 

bilimlar yo‘q bo‘lsa samarali qo‘llanadi. 

Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. 

Reproduktiv usulda o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo‘llaydi. Muammoli 

ta‘lim. Muammoli deb, o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash, bilish 

vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi.O‘quvchilarning fikrlash 

faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan 

muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik 

qarashlarida o‘quvchilarni o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda 

mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini, zo‘riqmasligini ta‘kidlagan. 

Muammoli vaziyatda: 

o‘quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya‘ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish; 

o‘quvchilarda bilishga qiziqish uyg‘otish; 

tahlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. 

Ta‘lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, 

ta‘lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlarga xosdir. 




Muammoli vaziyat fanning mazmuni o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o‘rganish usullarini 

hisobga olgan holda yaratiladi. 

Ta‘lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullari. Ayniqsa deduktiv o‘qitishga talab 

va e‘tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv 

usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma‘lum mantiqini - xususiydan 

umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi. Deduktiv usul o‘quv 

materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi. Nazariy 

materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi 

masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir. Ta‘limda ragbatlantirish va 

tanbeh berish.O‘quv jarayonini rag‘batlantirish, o‘qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. 

Rag‘batlantirish kishining ichki mayliga ta‘sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga 

aylanadi. O‘qishga qiziqishni rag‘batlantirish turlaridan biri o‘qishda ma‘lum qiyinchilik 

sezayotgan o‘quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir. 

1.Har bir dars aniq maqsadni ko‘zlagan holda puxta rejalashtirilmog‘i lozim. Bu jarayonda 

o‘qituvchi darsning ta‘limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya‘ni qanday 

tamomlash, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi. 

2.Har bir dars aniq g‘oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchi esa ulardan 

tarbiyaviy maqsadda foydalanmog‘i lozim. 

3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan 

bog‘lanmog‘i, ko‘rsatmali vositalar bilan jihozlanmog‘i lozim. 

4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil 

etilishi lozim. 

5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor. 

6.Dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faol munosabatda bo‘lishi lozim, o‘quvchi-talaba 

passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim. 

7.Mashg‘ulotlar butun sinf bilan va har bir o‘quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini 

e‘tiborga olgan holda olib borilishi kerak. 

8.O‘qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog‘liq holda mustaqil yurtimizdagi o‘zgarishlardan 

talabalarni xabardor qilish. 

9.Darsda prezidentimizning ta‘lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga, 

farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o‘z o‘rnida foydalanish.  

Dars bilim va ko‘nikma, malakalar bilan o‘quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu 

sababli o‘quv mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o‘tish uchun sarflanadi. 

Darsga quyilan tarbiyaviy talablar: 

Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish; 

Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 

Bolalarda o‘qishga oid ijobiy motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish-o‘rganishga havas, ishtiyoq

qiziqishni shakllantirish; 

Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. 

Qisqacha qilib aytganda dars samaradorligiga tasir o‘tgazuvchi omillarni eng sarasi shular deb 

o‘ylayman. 

 

    2-Tasavvur qiling. Siz pedagogsiz. Hozirgi ta’lim tizimida o’zingiz uchun o’zgacha xos qanday 




Download 172.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling