Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi


Download 24.61 Kb.
bet2/5
Sana02.04.2023
Hajmi24.61 Kb.
#1321040
1   2   3   4   5
Bog'liq
Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi

Kazuslar.

  1. KAZUS

Tasavvur qiling. Siz o’qishni tugallab, bir advokatlik firmasiga ishga joylashdingiz. Firmada Sizdan yoshi katta, tajribasi ko’proq, turli xarakterdagi mutaxassislar ishlashadi. Rahbar esa aynan sizga firmaning korporativ imijini yuksaltirishga oid ma’ruza tayyorlab, jamoa oldida 20 minutlik chiqish qilishni ishonib topshirdi?


Vazifa: Mana shu sharoitda ishni nimadan boshlagan, ma’ruza mazmunini nimalar bilan to’ldirgan bo’lar edingiz. Harakatlaringizni asoslang va izohlang.



  1. KAZUS

Yaqinda uchratgan kishingiz (masalan, advokatlik firmasi rahbari, tuman prokurori, savdo markazidagi ish yurituvchi, sizga ta’lim berayotgan o’qituvchi yoki o’zingiz bilgan boshqa biror odamning) imijini batafsil tasvirlab, o’sha kishining tavsifnomasini tuzing.



  1. KAZUS

Bugungi kunda siz o’qiyotgan yuridik texnikumning milliy va xorijiy darajadagi imijini yuksaltirish, buning yordamida unga nafaqat o’zimizdan, balki chet ellardan ham abiturientlarni, magistrlarni, professor-o’qituvchilarni ko’proq jalb etish – nihoyatda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Savol-topshiriq: Agar Sizga universitetimizning imijini keng va har tomonlama targ’ib qilish vazifasi topshirilsa, bu ishni siz qanday usullar va vositalar yordamida amalga oshirgan bo’lar edingiz? Harakatlaringizni asoslab bering.



  1. KAZUS

Tasavvuringizdagi zamonaviy ishbilarmon kishi (huquqshunos olim, o’qituvchi, tadbirkor, advokat, oshpaz, dizayner) imijini yaratishga harakat qiling. Bunda Siz uning qaysi jihatlarini, ayniqsa, bo’rttirib ko’rsatgan bo’lar edingiz?





  1. KAZUS

Bizdan kimdir ko’mak so’rasa, bu so’rovni bajarish uchun ma’lum bir vaqtni ajratishga to’g’ri kelsa, bu masalani chuqur o’ylab, keyin rozilik bergan ma’qul. Boshqacha aytganda, biz o’z vaqt rejimimiz va imkoniyatimiz doirasidan tashqaridagi “iltimos”larga “Yo’q” degan javobni bera olishimiz kerak.



Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling