Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi


Download 24.61 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi24.61 Kb.
#1321040
1   2   3   4   5
Bog'liq
Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi

Savol-topshiriq: Mazkur holat, sizningcha, nimalar, qanday sabab va omillar bilan izohlanadi? Huquqshunoslik fanlarining bugungi darajasi, qonunshunoslik sohasidagi yangi qarashlar, qolaversa, hayotda uchraydigan huquqiy holatlar rang-barangligidan kelib chiqqan holda javoblaringizni asoslang. 



  1. KAZUS

Mazkur matn ma’nosini auditoriyaga yaxshi etkazib berish uchun qanday slayd yoki slaydlar tayyorlagan bo’lar edingiz? Tasavvuringizdagi slaydlarni qog’ozga tushiring.
Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab chiqarishining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ijtimoiy qadriyatlarni sodda, barcha uchun tushunarli bo’lgan tilga ko’chirish, ommaviy savodxonlikning o’sishi, kitob nashr qilishning vujudga kelishi ommaviy madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. XX asrda radio, kino, TV, video, kompyuterlar tizimining paydo bo’lishi natijasida esa ommaviy madaniyat rivoji yangi bosqichga ko’tarildi.
Afsuski, dunyoda demokratiya va erkinlik, oshkoralikni zo’r berib targ’ib qilayotgan buzg’unchi kuchlar insonlar ongiga ta’sir ko’rsatishning turli yo’llaridan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Jumladan, “ommaviy madaniyat” mafkuraviy tazyiqning eng xavfli qurollaridan biriga aylandi. “Iste’molchilik kayfiyati o’zagini tashkil etgan ommaviy madaniyat asl kishilik madaniyatiga zid, uni poymol etadigan, mohiyatini buzadigan va oxir-oqibat insonni jon saqlashdan o’zga maqsadi bo’lmagan jonzot, hayvon darajasiga tushiradigan, xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir”.



  1. KAZUS

O’zini o’zi taqdim qilish – tinglovchining talabidan kelib chiqqan holda insonning o’zi haqida hikoya qila olishi. Bizdan tanishish, suhbat, turli treninglar, ijtimoiy tarmoqdagi anketalarda o’zimiz haqimizda ikki og’iz gapirib berishimizni ko’p so’rashadi. Bir qarashda engil ko’ringan bu topshiriq ko’pchilikni o’ylantirib qo’yadi. Zero, insonning o’z hayoti haqida qisqacha hikoya qilib berishi anchagina mushkul ish. Qanday boshlash kerak, nimani gapirish kerak, nima muhim?

Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling