Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI


Download 148.69 Kb.
bet5/9
Sana24.03.2023
Hajmi148.69 Kb.
#1290804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KONSTITUTSIYA VA EKOLOGIK SIYOSAT Kurs ishi

TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI.


2.1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbai.

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda)


Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof muhitini muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonun hujjatlari tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi.
Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari mustahkamlangan bo’lib, u atrof muhitini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologiya huquqi,burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.
Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlari majburiyat sifatida qayd etiladi.Bu ekologiyaga nisbatan oqilona munosabatda bo’lsih davlat siyosati darajasida qayd etilganidan dalolat beradi.
Konstitutsiyaning ”Jamiyatning iqtisodiy negizlari”bobining moddalarida mulk huquqining mazmuni e’tirof etilishi bilan bir qatorda, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
Konstitutsiyaning 55-moddasida(Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir) berilgan qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklari xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni ekologik-huquqiy munosabatlarning davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.
Hozirgi kunda jahonning ko’plab hududlarida toza ichimlik suvi tanqis bo’lib bormoqda. Albatta, bu ekologik me’yorlar buzilishi tufayli suv zaxiralari sifatining yomonlashuvi oqibatida yuz berayotgani bugun hech birimizga sir emas. Aytish joizki, sanoat chiqindilari va o’g’itlardan intensiv foydalanish ko’pgina hollarda suvda zararli kimyoviy moddalarning ortishiga sabab bo’lib, noto’g’ri sug’orishlar turoq sho’rlanishi va suvning bug’lanish darajasini kuchayishiga olib keladi.
Ekologiya huquqi tabiat va jamiyat tizimida paydo bo’ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko’p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo’lib, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o’rganuvchi fandir.
Ekologik munosabatlar tizimida tabiiy resurslar, ya’ni yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish keng va muhim o’rinni egallaydi.
Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibatida tabiatda turli ekologik muammolar paydo bo’ladi va ekologik muammolar paydo bo’ladi va ekologik inqiroz keskinlashadi. Ekologiya huquqining tamoyillari tabiat-jamiyat tizimidagi o’zaro munosabatlar yo’nalishi, chegaralarini belgilab berishda, ekologik-huquqiy mexanizmining barqarorligini kafolatlashda va qonunlar qoida-talablarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo’lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimlarga bo’lishadi:
● davlat va huquning umumiy tamoyillari;
● atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillar;
● tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratgan tamoyillar.
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda qonuniylik, ijtimoiy adolat, oshkoralik, ishontirish majburlov choralarining kombinatsiyasini, shaxslar huquq va burchlarining birligi va boshqalardan foydalanadi.
Orol dengizi tarixidan ◇
XX asrning 60-yillarida Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga har yili 56 kub.km suv quyilgan. Aholining sezilarli tarzda ko’payishi, urbanizatsiya, yerlarning shiddat bilan o’zlashtirilishi, ekologik oqibatlarni o’ylamasdan Orol dengizi havzasida yirik gidrotexnik va irrigatsiya inshootlarining qurilishi sayyoradagi eng chiroyli havzaning qurishiga olib keldi.

Download 148.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling