O‘zbekiston umumiy uyimiz


Download 172.08 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi172.08 Kb.
#1140194
Bog'liq
O‘zbekiston – umumiy uyimiz


O‘zbekiston – umumiy uyimiz
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning bebaho boyligi – tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, fuqarolar va millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash masalasiga davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tomonidan bir qator vazirlik, jamoat va ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikda “Turkiston” saroyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” respublika V do‘stlik va madaniyat festivalida ushbu jihatlar yana bir bor o‘zining yorqin ifodasini topdi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbirga senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, milliy madaniyat markazlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy diplomatik korpus vakillari taklif etildi.


Festivalning ochilishida Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi ahillik, do‘stlik va bag‘rikenglik muhiti mamlakatimizda inson omiliga ustuvor e’tibor qaratish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.


Bugungi kunda mamlakatimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat, o‘n olti diniy konfessiya vakillari yagona va ahil oila farzandlaridek yashab, mamlakatimiz taraqqiyoti, istiqlolimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyat hayotining barcha jabhalarini jadal ravnaq toptirish yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. Mamlakatimizda millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik, ahillik va bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, tinchlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi oqilona va dono siyosat jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Ushbu jihatlar do‘stlik va madaniyat festivali doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamkorligida o‘tkazilgan «Fuqarolararo va millatlararo totuvlik – mamlakat obodligini ta’minlashning muhim omili» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ham alohida ta’kidlandi.


1992-yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazining tashkil etilishi mamlakatimiz hududida istiqomat qilayotgan millati, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ahilligi va hamjihatligini yanada mustahkamlashga qaratilgan izchil siyosatni amalga oshirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda yurtimizda bir yuz qirqdan ziyod milliy madaniyat markazlarining samarali faoliyat ko‘rsatayotgani millatlararo munosabatlarni, ijtimoiy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yorqin ifodasidir.


Respublika Baynalmilal madaniyat markazi millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, har bir millatga xos urf-odat va an’analarni saqlash va rivojlantirishda milliy madaniyat markazlariga yaqindan ko‘maklashish, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga oid jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Yoshlarni hech kimdan kam bo‘lmagan, o‘z qadr-qimmatini teran anglagan, mustaqil fikrlovchi insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash mazkur markaz faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yilning mamlakatimizda Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilinishi barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari kabi ushbu markaz zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi.


Markaz tomonidan o‘tkazilayotgan do‘stlik festivallari, ilmiy-amaliy anjumanlar, ijodiy loyihalar, badiiy va foto ko‘rgazmalar shu ezgu maqsadga xizmat qilayotir. 2013-yilning aprel oyida Navoiy viloyatidan boshlangan «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» do‘stlik va madaniyat festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, tuman va shaharlarda bayramona ruhda o‘tkazildi. Festival doirasidagi rang-barang tadbirlarda jonajon yurtimiz azaldan turli millat va elatlarning o‘zaro tinch-totuv yashab, mehnat qiladigan diyor sifatida jahonga ma’lum va mashhur ekani, istiqlol yillarida bu jihatlar yangi ma’no-mazmun bilan yanada boyigani turli musiqiy dasturlar yordamida ifoda etildi.


– O‘zbekistondek bag‘rikeng yurtda tug‘ilib, voyaga yetganimdan g‘oyat baxtiyorman, – deydi “Svetlitsa polska” Respublika polyak milliy madaniyat markazi rahbari Oleg Skuridin. – Shu yurtda ta’lim olib, kasb-hunar egalladim. Hayotda o‘z o‘rnimni topdim. Oilam, farzandlarim shu zaminda o‘sib-ulg‘aydi. Millatlar o‘rtasidagi tinchlik va ahillikni ta’minlash, barcha fuqarolarning iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish yo‘lidagi e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimiz Islom Karimovdan g‘oyat minnatdormiz.


– Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonda turli millat vakillarining emin-erkin yashashi, ta’lim olishi, o‘z ijodiy qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mehnat qilishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Zoya Soy. – Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan insonparvar qoida va tamoyillar hayotda o‘z ifodasini topayotganining amaldagi yaqqol namunasidir.


Festivalda milliy madaniyat markazlari badiiy jamoalarining yurtimizdagi tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ulkan g‘amxo‘rlikni hamda beg‘ubor va samimiy tuyg‘ularni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.


Festival doirasida “Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali O‘zbekiston” mavzuida tasviriy va amaliy san’at asarlari, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.







REFERAT
Mavzu: O’zbekiston umumiy uyimiz

Download 172.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling