Huquqiy ta’lim-tarbiya


Download 14.14 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi14.14 Kb.
#1304596
Bog'liq
Huquqiy ta


Huquqiy ta’lim, Huquqiy tarbiya- Ta’lim taraqqiyotida muhim mezon

Abdumo’minov Ilhomjon Abdumannob o’g’li


Namangan davlat unversiteti
Yuridik fakulteti talabasi
+998943825397
Huquqiy ta’lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo'lib, yoshlikdan  boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta ’lim muassasalaridayoq xulqatvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi,  ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g ‘risida boshlangich  tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va  chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi  zarur. Shuning  uchun 
2000-yildan 
boshlab 
0 ‘zbekiston 
Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta 
ta’lim maktablaridan boshlab, barcha ta’lim turlarida bosqichma- 
bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi 
y o lg a qo‘yildi.
151

Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy 

bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi 
ko'nikma va malakalami hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi 
huquqiy sifatlami qaror toptirish va huquqiy madaniyatni 
shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs 
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya 
jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal 
etiladi:
- o'quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy- 
huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi 
ahamiyati to'g'risida ma’tumotlar berish;
- o'quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo'lgan ehtiyojni 
yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o'quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi 
ko'nikma va malakalami hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasawur, 
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy 
mas’ullik, 
huquqiy 

faollik, 

huquqiy 

e’tiqod 

va 

huquqiy 

salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o'quvchilar 
huquqiy 

madaniyati 

(huquqiy 
m e’yorlar, 
qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to'g'ri baholash
harakat va harakatsizlikning qonuniy bo'lishiga erishish, davlat 
Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va 
burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni 
qaror toptirish, har qanday ko'rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi 
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e ’tiqodlar, 
tasavvurlar, baholar, his-tuyg'ular va ma’naviyatning boshqa 
tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong 
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan 
tasawur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo'lib, ijtimoiy- 
psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. M a’lumki, 
huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va 
huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, 
ahamiyati va talablari to'g'risidagi g‘oyalar, qadriyatlami o'z ichiga
152

olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, y a’ni 

huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan 
ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi 
navbatda, yuridik normalami amalga oshirishning, huquq amal 
qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq 
«yashaydi», amal qiladi,
Huquqiy faoliyat - huquqiy m e’yorlar, qonunlar talablariga 
nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish, 
qonunlami hurmat qilish, ulami shaxs erkini himoya qilish kafolati 
sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol 
ishtirokni tashkil etishga yo'naltirilgan amaliy xatti-harakatlar 
majmui.
Huquqiy madaniyat - bu kishilaming huquqiy bilim darajasi, 

huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga 


rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, 
u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy 
voqelikni ongli ravishda tushunib, o ‘zlashtirishni; umumiy madaniy 
asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, 
tarixiy xotira, urf-odatlar va an'ana! ami; aholi tomonidan qonunlami 
bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori 
darajasini, ular riufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, 
huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining 
samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslaming 
qonunga itoatkorligini talab etadi.
Download 14.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling