Huquqiy tarbiya


Download 25.62 Kb.
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi25.62 Kb.
#222627
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Huquqiy tarbiya

Huquqiy faoliyat huquqiy me'yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat'iy va og'ishmay amal qilish, qonunlarni hur-mat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e'tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo'nal-tirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.

Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyi-dagilar e'tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savod-xonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas'ullik, huquqiy e'tiqod, huquqiy salohiyat.

Huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lo­zim. Bolalar oilada, maktabgacha ta'­lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'-naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'-risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengay-tirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999-o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab, har bir ta'lim tizimida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo'lga qo'yildi.


Download 25.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling