Huquqiy tarbiya
Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiyani
Download 25.62 Kb.
|
Huquqiy tarbiya
Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiyani. Huquqiy tarbiyani tashkil etish davrida bolalar faoliyati mazmuni tahlili tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shuningdek, o'z faoliyatlarini real baholashga o'rgatib borish talab etiladi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat qo'-mitalari, mahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o'zini o'zi bosh-qarish organlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kabi organlar faoliyati haqida ilk tushunchalarni o'rganish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi ichki vatashqi siyosati mohiyatini o'zlashtirish, xalqaro huquqiy munosabatlarni yo'lga qo'yilishi tartibi bilan tanishib, hu haqida ham ilk tasavvurlarga ega bo'lib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong, balki siyosiy ong ham shakllanadi. Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo'lgan g'oya va qarashlar o'z navbatida huquqiy g'oya va qarashlarning vujudga kelishini ta'minlaydi.
Ma'lumki, 1989-yil 20-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan «Bola huquqlari to'g'risida konvensiya» qabul qilingan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga 1992-yil 9-dekabrda qo'shilgan va Respublikamiz uchun konvensiya 1994-yil 29-iyuldan boshlab qonuniy kuchga kirgan. 2008-yil 7-yanvarda O'zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Qonunda 18 yoshga to'lgunga qadar shaxslarni bola deb tushunish, ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar bolalarning qonuniy vakillari hisoblanishi, ota-ona qaramog'idan mah-rura bo'lgan bolalarning ta'minotini ta'minlash, ta'lim-tarbiya berish, hu-quq va manfaatlarini himoya qilish uchun 14 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlarga vasiy va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetma-ganlarga homiy tayinlanishi, yetim, jismoniy, aqliy va ruhiy nuqsonli, ijti-moiy himoyaga muhtoj bolalarning davlat tomonidan himoya qilinishi belgilab qo'yildi.«Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to'g'risida»gi konvensiyani ratifikatsiya qilish to'g'risida 2008-yil 4-aprelda, «Bolalar mehnatining og'ir shakllarini ta'qiqlash va yo'q qilishga doir shoshilinch choralar to'g'risida»gi Jeneva konvensiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida 2008-yil 8-aprelda Qonunlar qabul qilindi. Mazkur konvensiyalami ratifikatsiya qilish to'g'risida Qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008-yil 12-sentyabrda 207-sonli qarori qabul qilinib, Milliy harakat rejasi tasdiqlandi va bolalar mehnatining og'ir shakllarini ta'qiqlash, yo'q qilishga doir chora-tadbirlar ko'rildi. 2008 yil 16-aprelda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishga doir qo-nun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonuni va Oila kodeksiga o'zgartishlar kiritilib, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, ta'lim, davolash va bosh-qa muassasalarning mansabdor shaxslari hamda fuqarolarga ota-onalar qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar haqidagi ma'lumotlarni vasiy-lik va homiylik organiga taqdim etish majburiyati yuklatildi. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlarni va-siylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, ularni joylashtirishda qonun talablarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi. Oliy Majlis Senatining o'n oltinchi yalpi majlisida bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasi amaliyotidan bolalarni himoyalash, bolaning sog'lig'iga xavf tug'dirish yoki ta'lim olishiga monelik qilish yoxud uning salomatligiga, jismoniy, aqliy, ma'naviy, axloqiy va ijtimoiy kamol topishiga zarar.zahmat yetkazishi mumkin bo'lgan iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda nar qanday ishni bajarishdan himoya qilish maqsadida «O'zbekiston Respublikasining Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ Protokolga (Nyu-York, 2000-yil 25-may) qo'shilishi haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. R.Mahmudov huquqiy madaniyatning asosini tash-kil etuvchi qismlar moddiy, ma'naviy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa mafkuraviy omillardan iborat ekanligini, demakki, moddiy hamda ma'naviy xususiyatga ega bo'lgan asosiy, bir-biriga muvofiq qismlarni ajratib ko'rsatadi. Huquqshunos olimlar Sh.O'razaev, M.Qoriyevlar esa huquqiy madaniyat huquqiy bilimlarni egallash, huquqiy me'yorlarning amaliyotda o'z isbotini topishi hamda boshqa mualliflardan farqli ravishda huquqning obro'si va qonunning ijtimoiy hayotdagi o'rni bilan belgilanishini qayd etib o'tadilar: «Huquqiy madaniyat tushunchasi - huquqning rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli, huquqning obro'si va shu singari unsurlardan tashkil topadi». A.F. Nikitin esa shaxs huquqiy madaniyati tarkibini tushunishga o'zi-ga xos tarzda yondashadi hamda shaxs huquqiy madaniyatini murakkab psixologik hodisa deb baholaydi. U chunonchi, uning tarkibiy qismlarini: huquqiy bilimlar va ularni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasi; qonunga nisbatan shaxs munosabati va nihoyat shaxsning huquqiy mazmunga ega bo'lgan vaziyatlardagi faoliyatidan iborat»deb ta'kidlaydi. Demak, shaxs huquqiy madaniyati negizida quyidagilar aks etadi: 1) huquq va huquqiy tizim borasida yetarli ma'lumotga ega bo'lish, huquqiy bilim asoslarini o'rganish, ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj va qiziqishning hosil bo'lishi, egallangan nazariy-huquqiy bilimlarni ama-liyotga tadbiq etish borasidagi ko'nikmani shakllantirish hamda mala-kaga ega bo'lish; 2) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni uyushtirish chog'ida o'z faoliyati timsolida huquqiy madaniyat unsurlarini namoyon etish, ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy faollikni yuzaga keltira olishda ko'rinadi. Shaxs huquqiy madaniyatini quyidagi ikki asosiy qismga ajratish mumkin; 1) huquqiy ong; 2) huquqiy faoliyat.
Download 25.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling