Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
) aybdorning alohida ruhiy jismoniy holati 2)
Download 51.29 Kb. Pdf ko'rish
|
jinoyat oraliq 26 04 2023 NOD...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
1) aybdorning alohida ruhiy jismoniy holati
2) jabrlanuvchining aybi bilan sodir etilgan bo‘lishi lozim. Kuchli ruhiy hayojonlanish- qisqa muddatli, ammo jo‘shqin his-tuyg‘uli hayajonlanish, ochiqdan - ochiq, qisqa muddatda tutaqib ketish va ayni chog‘da nihoyatda kuchli, shiddatli kechinma, qattib g‘azablanib ketishga aylanuvchi jahl, vahimaga aylanib ketuvchi qo‘rquv, chorasizlikdan natijasida qo‘rquv bo‘lib, buning natijasida aybdor o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatini va ularni ifoda qilish imkoniyatini qisqa muddatga yo‘qotadi. Jinoyat kodeksi 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdorni Oʻzbekiston Respublikasi JK 98-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortish uchun quyidagi uchta jihat: 1) nizo manbai – jabrlanuvchining gʻayriqonuniy zoʻrligi yoki ogʻir haqorati yoxud boshqa gʻayriqonuniy harakatlari; 2) nizo manbai natijasida aybdorda kuchli ruhiy hayajonlanish (fiziologik affekt) holatining yuzaga kelganligi; 3) subyektning shunday holatda toʻsatdan jabrlanuvchini oʻldirib qoʻyishi mavjudligini aniqlash zarur. Affekt deb, oʻta kuchli, tez paydo boʻladigan va kuchli, qisqa vaqt ichida davom etadigan ruhiy holatga aytiladi. Odamning affekt holatida sodir etadigan qilmishi «portlash» kabi oʻtadi. Odam fiziologik affekt holatida oʻz harakatlari uchun javob bera oladi, nima qilayotganini tushunadi, biroq oʻz harakatlarini idora qilish qobiliyati boʻshashib, oʻzini toʻla idora qila olmaydi. Shaxs ana shu qobiliyatini toʻla yoʻqotgan hollarda, u patologik affekt holatida boʻladi, bu shaxsni aqli noraso deb topish uchun shart-sharoit vujudga keladi 2 . 2 Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar.Tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 412 bet. Yorqinovga nisbatan ruhiy bosim og‘ir haqorat alomatlari sezilmagan. Shunda Yorqinovni kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida qasddan odam o‘ldirish uchun asoslar yetarli bo‘lmaydi. Chunki Yorqinov o‘z xatti-harkatlarini anglab ortidan sezdirmasdan borib pichoq urib o‘ldirgan. Sudyaning chiqargan hukmiga keladigan bo‘lsak o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish deb topmoqda. O‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lishi kerak. O‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish usullariga, jumladan, hayotdan mahrum etishdan oldin yoki qotillik sodir etish jarayonida jabrlanuvchini qiynoqqa solish yoki unga qattiq azob yetkazish bilan bog‘liq (kuchli og‘riq beruvchi zahardan foydalanish, tiriklayin yoqib yuborish, uzoq muddat ovqat, suv bermaslik) hollarni ham kiritish mumkin. Badanga ko‘plab shikast yetkazish orqali odam o‘ldirish, faqat aybdor buni jabrlanuvchiga qattiq azob-uqubat yetkazishga qaratilgan to‘g‘ri qasd bilan sodir etgan bo‘lsa, o‘ta shafqatsizlik ko‘rinishi, deb baholanishi mumkin 3 . Bundan ko‘rinib turibdiki sudya chiqargan hukm ushbu jinoyat 97 - moddaning 2-qismi “j” bandi bilan javobgarlikka tortishga asos bo`la olmaydi. Yorqinovning harakatlari o`ta shafqatsizlik alomatlari mavjud emas. Agar u Botirovning tana a’zolarini o‘ta shafqatsizlarcha bo‘laklarga bo‘lib maydalab yoki terini shilib olganida ochlik bilan qiynab zaharlab o‘ldirganida edi 97 - moddaning 2-qismi “j” bandi bilan javobgarlikka tortishga asos bo‘lar edi. Voqeaning obyekti shaxsning hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq ijtimoiy munoasabatlar, obyektib tomondan odam oʻldirish qonunga xilof ravishda boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilishda ifodalanadi, subyekti Yorqinovning o‘zi aqli raso jismoniy shaxs, subyektiv tomondan to‘g‘ri qasddan sodir etilganligi. Xulosa qilib aytganda tergovchining aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan oʻldirish deb baholagan lekin bu yerda hech qanday yordamga muhotjlik, ojizlik holatlari kuzatilmagan. Advokat mazkur holatni kuchli ruhiy hayajonlanish xolatida sodir etilgan deb hisoblagan lekin bu yerda kuchli ruhiy bosim, hayajonlanish, fiziologik affekt holati 3 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.2004 13-son yuzaga kelmagan. Affekt odamning ruhiy holati kabi turli xil. Jahl, gʻazab, qoʻrquv,gʻam, xursandlik affektlari mavjud. Affekt paydo bo‘lishi natijasida natijasida aybdor oʻz harakatini nazorat qilish imkoniyatini va ularni idora qilish qobiliyatini qisqa muddatga yoʻqotadi. Sudyaning ish boʻyicha chiqargan hukmi ham notoʻgʻri chunki oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirish holati yani boʻlaklarga boʻlib, ochlik bilan oʻldirish, ogʻriq beruvchi zahardan foydalanib oʻldirish holatlari kuzatilmagan. Sodir etilgan ish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx 3.Oliy sud plenumi ”Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 4. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. Download 51.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling