Huquqni muhofaza qilish akademiyasi


Бўлиб ўтган воқеани ўрганинг, қилмишни юридик таҳлил этинг (объект


Download 51.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi51.29 Kb.
#1613162
1   2   3
Bog'liq
jinoyat oraliq 26 04 2023 NOD...

Бўлиб ўтган воқеани ўрганинг, қилмишни юридик таҳлил этинг (объект, 
объектив томон, субъект ва субъектив томонларини аниқланг). 
Жиноят кодекси ҳамда тегишли Олий суд Пленуми қарорига асосланиб
терговчи, адвокат ҳамда суд томонидан қилмишга берилган ҳуқуқий баҳоларнинг 
ҳар бирини муҳокама қилинг ва унга нисбатан ўз фикрингизни баён этинг. 


Yuqorida keltirib o‘tilgan holat yuzasidan Yorqinov Botirov tomonidan o‘z 
uyida qattiq do‘pposlangan, birozdan so‘ng Yorqinov uyidan pichoqni olib chiqib 
sezdirmasdan borib ortidan pichoq urgan natijada Botirov vafot etgan. Yorqinovga 
nisbatan tergovchining harakatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak aybdorga ayon bo‘lgan 
ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish deb kvalifikatsiya qilmoqda lekin Botirov 
nogiron tang ahvolda emas shuning uchun Botirovni ojiz ahvolda deb toppish noo‘rin 
bo‘ladi. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan bo‘lishi shart. 
Agarda Botirov ojiz ahvolda bo‘lganida Yorqinovni dopposlashga kuchi yetmagan 
bo‘lar edi.
Bu haqida Oliy sud Plenumida ham quidagicha keltirilib o‘tilgan: Aybdorning 
harakatlarini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya 
qilishda, ojiz ahvol, deb jabrlanuvchining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy jihatdan 
(jismoniy nuqsonlari, ruhiyati buzilganligi, juda yosh yoki keksaligi, qattiq og‘riq 
yoki behush holatda yoxud uyquda bo‘lganligi, alkogol, giyohvandlik vositalari
ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa 
kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida og‘ir darajada mastligi tufayli) o‘zini himoya 
qilishga, aybdorga faol qarshilik ko‘rsatishga qodir emaslik yoki o‘ziga nisbatan sodir 
etilayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tushuna olmaslik yoxud o‘z 
harakatlarini boshqara olmaslik holati tushunilishi kerak
1
. Yuqorida keltirilgan 
vaziyatlarning 
hech 
biri 
Botirovga 
to‘g‘ri 
kelmaydi.
Demak ushbu qarorga asoslanib biz jabrlanuvchi Botirovni biz ojiz ahvoldagi
shaxs deb topa olmaymiz. 
Yorqinovni Jinoyat kodeksi 98-modda bilan javobgarlikka tortishimiz
uchun 
Yorqinov Botirov uni do‘pposlayotganida yonida pichoq bo‘lganida
Botirovga zarba 
berganida ushbu modda bilan kvalifikatsiya qilish to‘g‘ri bo‘lar edi.
Yorqinov 
Botirovga pichoq bilan hujum qilish uchun o`z uyiga qaytib kirgan va
pichoqni olib chiqqan. Bu orada ketgan vaqt shaxsni kuchli hayajonlanish
holatidan chiqqanini bildiradi. Bu orqali Yorqinov Botirovga pichoq bilan zarba
berishda affect holatida bo‘lmaganligi uchun 98-modda bilan kvalifatsiya
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori 8-bandning birinchi xatboshisi. 


qilinmaydi.
Advokatning xulosasiga keladigan bo‘lsak Jinoyat kodeksi 98-moddasi 
bilan kvalifikatsiya qilishini so‘ragan. Kuchli ruhiy hayajonlanish juda qisqa 
muddatda yuzaga chiqadi. Kuchli
ruhiy hayojanlanish holatida odam o‘ldirgan deb 
topish, jarayonida sudlar
tamonidan ikki jihat hisobga olinadi.

Download 51.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling