Huquqni muhofaza qilish akademiyasi


Savol: Mazkur vaziyatda “Tabassum” MCHJning yondashuviga


Download 423.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi423.88 Kb.
#1561914
1   2
Bog'liq
2-KURS TITUL cccccxxx

Savol: Mazkur vaziyatda “Tabassum” MCHJning yondashuviga 
huquqiy jihatdan tahlil qiling. Bankning penya va jarima undirishni talab 
qilishi to‘g‘rimi? Vaziyatga huquqiy baho bering. 
 
 


Ushbu kazusga javob beradigan bo‘lsak, birinchi navbatda kredit 
shartnomasiga oid bir nechta savollarga javob berishimiz lozim. Bularga misol 
qilib, kredit o‘zi nma, qanday tartibda tuziladi, kimlar tuzadi va shu kabi bir nechta 
savollarga javob berishimiz lozim bo‘ladi. Kreditga to‘xtaladgn bo‘lsak, 
Kredit 
boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj 
boʻlib 
turgan 
yuridik 
va jismoniy 
shaxslarga ishlab 
chiqarish va 
boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida 
qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Kredit (lotincha creditum — qarz, credo 
— ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan 
ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. 
Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va 
boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi 
qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy 
munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham Kredit boʻla olmaydi. 
Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq 
(kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan 
taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, 
qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli 
(6 yildan ortiq) Kreditga boʻlinadi. Kredit shartnomasi bu kreditor va qarz oluvchi 
o‘rtasida tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Kredit shartnomasi bo‘yicha 1 taraf 
bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) 2 tarafga (qarz oluvchiga) 
shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit 
berishi) qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar 
to‘lash majburiyatini oladi.
Kredit munosabatlarni Kredit berivchi va Kredit oluvchi o‘rtasida vujudga 
keladi . Kredit munosabatlarni quyidagi tamoillar amal qiladi.
1 Olingan pul yoki tovarlar qaytarilishi 
2 muayyan muddatni belgilanishi 
3 shartnomada belgilangan foizlarni to‘lash


Kredit shartnomasi yozma shaklda yozilishi shart “Tabasum” mchj 
zamonaviy asbob – uskunalar sotib olish bank bilan uch yil muddatga kredit 
shartnomasi tuzadi va bank jamiyatga yillik 14 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 
uch yil muddatga zamonaviy asbob-uskuna sotib olish uchun kredit mablag‘i 
ajratdi. Bu vaziyatda Milliy bankning Olmazor filiali va “Tabassum” MCHJ 
o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan, bank jamiyatga yillik 14 foiz 
ustama haq to‘lash sharti bilan uch yil muddatga zamonaviy asbob-uskuna sotib 
olish uchun kredit mablag‘i ajratdi
Endi kredit shartnomasiga to‘xtalib o‘tsak,
Fuqarolik kodeksining
744 – moddasiga ko‘ra: “Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa 
kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda 
tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi 
esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini 
oladi”. Bu norma taraflarning doirasini belgilaydi. Yuqoridagi shartnomada bir 
taraf “Tabassum” MChJ kredit oluvchi, ikkinchi taraf Milliy bankning Olmazor 
filiali ya’ni kreditor hisoblanadi. “Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan 
tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir 
qismini, shu jumladan, vakolatxonalar vazifasini bajara oladigan alohida 
bo‘linmasidir
1
”. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda Milliy 
bankning Olmazor filialini biz yuridik shaxs deb atay olmaymiz. Milliy bankning 
Olmazor filialini yuridik shaxs deb atashimiz uchun huquqiy asoslar yetarli emas. 
Shu sababli, Olmazor filiali sudga mustaqil tarzda da’vo arizasi kirita olmaydi. 
Faqatgina bankning markaziy boshqarmasi ushbu holat yuzasidan da’vo kiritish 
vakolatiga ega.
Fuqarolik kodeksining 260 – moddasiga ko‘ra: “qonunchilik yoki shartnoma 
bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada 
bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka 
hisoblanadi”.Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan 
hollarda to‘laydigan va qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan 
1
O’zbekiston Respublikasining 21.12.1995 yildagi Fuqarolik kodeksi 47-moddasi. (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) 


neustoyka jarima hisoblanadi. Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib 
yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun 
majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka 
penya hisoblanadi
2
. Shartnomaga ko‘ra, taraflar neustoyka miqdorini o‘zaro 
kelishuv asosida belgilagan. Neustoykaning bu ko‘rinishini shartnomaviy 
neustoyka deb ataymiz. FK ning 263 – moddasida qonuniy neustoykaga ta’rif 
beriladi. Ya’ni: “Neustoyka to‘lash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki 
tutilmaganligidan qat’iy nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy 
neustoyka) ni to‘lashni talab qilishga haqli. Qonuniy neustoykaning miqdori, agar 
qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan ko‘paytirilishi mumkin”. Milliy 
Bankning Olmazor filiali tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,9 foiz 
miqdorida, ammo qarz summasining 70 foizi dan oshiq boʼlmagan miqdorda penya 
hamda majburiyatning bajarilmagan qismining 25 foizi miqdorida jarima toʼlashi 
toʼgʼrisida shart kelishuv asosida amalga oshirilganini inobatga olsak, 
neustoykaning miqdori qonunga ko‘ra to‘g‘ri belgilangan. Qonuniy neustoykaning 
ham miqdori normativ – hujjatlarda keltirilgan. Bu turdagi neustoykaning 
shartnomaviy neustoykadan farqi miqdorning o‘zgarmasligidir. “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning shartnomaviy – huquqiy bazasi to‘g‘risida ” gi 
Qonunning 25 – moddasiga ko‘ra penyaning miqdori 0,5 foiz miqdorda lekin 
majburiyatning bajarilmay qolgan qismining 50 foizdan oshib ketmagan miqdorda 
belgilanishi, jarimaning miqdori esa 15 foizni tashkil qilishi shart. Ushbu 
normalarga asoslangan holda kredit shartnomasi qonunga asosan tuzilgan va 
haqiqiy deb aytishimizga asos bor. Endi esa garov tushunchasiga keladigan 
bo‘lsak, Garov tushunchasiga Fuqarolik Kodeksining quyidagi moddalarida to‘liq 
ma’lumot keltirib o‘tilgan. “264 – modda. Garov tushunchasi va uning vujudga 
kelish asoslari 
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni 
majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garovga ko‘ra qarzdor 
garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga 
2
O’zbekiston Respublikasining 21.12.1995 yildagi Fuqarolik kodeksi 261-moddasi 2-3-qism (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) 


oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning 
qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa 
kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda 
tutilgan tartibda, haqli bo‘ladi”
3

“266 – modda. Garovga qo‘yuvchi 
Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi 
mumkin. Ashyoning mulkdopi ashyoni garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. 
Garovga qo‘yiladigan huquqning egasi bo‘lgan shaxs huquqni garovga qo‘yuvchi 
bo‘lishi mumkin. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qo‘yishga 
yo‘l qo‘yilmaydi”
4

“Garov to‘g‘risi da” gi qonunning 11 – moddasiga ko‘ra: “Garov 
to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak. Ipoteka to‘g‘risidagi 
shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlani shikerak bo‘lgan shartnoma 
bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol – mulkni yoki mol – 
mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial 
tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va
transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar 
mustasno”. Ko‘chmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, ko‘p kvartirali 
uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy 
shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek 
turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda ko‘chmas mulk 
jumlasiga kiritilgan va ularga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa mol – mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin
5

Ammo, ushbu vaziyatda taraflar “Tabassum” MCHJ hamda Milliy bankning 
Olmazor filiali o‘rtasidagi garov shartnomasi ya’ni, garovga ko‘chmas mulkni 
qo‘yish ishlari natarial tartibda tasdiqdan o‘tkazilmagan. Taraflar o‘zaro kelishib, 
o‘zlarining muxrlarini bosishgan. Bu esa Milliy bankning Olmazor filiali garovni 
3
https://lex.uz/docs/111189 
4
https://lex.uz/docs/111189 
5
O’zbekiston Respublikasining 04.10.2006 yildagi “Ipoteka to’g’risi da” gi 58-sonli qonuni 6-modda 1-qism. 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son) 


undirish bo‘yicha da’vosini haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi. Bundan kelib 
chiqadiki, Olmazor filiali garovni undirib olishga haqli emas.
Banklar faoliyatini tartibga soluvchi “Bank va bank faoliyati to‘g‘risida” gi 
qonunning 29 – moddasiga ko‘ra: “bank filiali bankning yuridik shaxs bo‘lmagan, 
bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan o‘ziga 
berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida bo‘linmasidir”. “O‘z 
mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol – mulkka ega 
bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol – mulk bilan javob 
beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la 
oladigan va ularni amalga oshiraoladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda 
da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shax shisoblanadi
6
”.“Agar 
qarzshartnomasida qarzni qismlab (bo‘lib – bo‘lib) qaytarish nazarda tutilgan 
bo‘lsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan 
muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini 
tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli
7
”. 
Banklar O‘zbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va 
boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin. 
Bank filiali bankning yuridik shaxs bo‘lmagan, bank nomidan bank 
faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan o‘ziga berilgan vakolatlar 
doirasida harakat qiluvchi alohida bo‘linmasidir. Bankning talabiga kelsak kredit 
shartnomasida ko‘rsatilgan kredit qarzi va unga hisoblangan foizlar belgilangan 
kundan kechiktirilgan kun uchun 0.9 foiz miqdorda, ammo qarz summasining 70 
foizdan oshmagan penya hamda majburiyat bajarilmagan qismining 25 foizi 
miqdorida jarimani undurib olishi mumkin. 
6
O’zbekiston Respublikasining 21.12.1995 yildagi Fuqarolik kodeksi 39 – moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Axborotnomasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) 
7
O’zbekiston Respublikasining 21.12.1995 yildagi Fuqarolik kodeksi 736-moddasi 2-qismi. (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) 


Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bu muamoli vaziyatda Kredit shartnomasi 
to‘g‘ri tuzilgan bo‘lib "Tabassum "MCHJ ning keltirgan vajlari natog‘ri. Chunki u 
o‘zini yuridik shaxs maqomiga g‘ ega emasligini va garov shartnomasini lozim 
darajada rasmiylashtirilmaganliginni aytb o‘tgan va bunga asos qilib Fuqarolik 
kodeksining 39 – moddasini ko‘rsatadi. Vaholanki Fuqarolik kodeksining
39 – moddasini talablariga "Tabassum " MCHJ to‘liq javob beradi. Bundan 
tashqari “Tabassum” MCHJ ning garov shartnomasini rasmiylashtirshda barcha 
talablarga rioya etilmaganligini aytadi . Bu vaj ham asossiz bo‘lib “Ugolok” 
xususiy korxonasi garovga o‘zining 200 kv.m maydoniga ega bo‘lgan binosini 
garovga qo‘yishga rozilik beradi va garov shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Garov shartnomasini tuzishda barcha qonun - qoidalariga rioya etilib tog'ri 
rasmiylashtirilgan deb hisoblayman. Chunki yuqorida garov shartnomasining 
tuzilishi qonunlar bilan korsatilgan bo‘lib so‘zimning isbotini ko‘rsatadi. 
Endi Milliy bankning Olmazor filialining talablariga keladigan bo‘lsak,
Bankning qo‘ygan talablari qisman tog'ri. Chunki “Tabassum” MCHJ bilan bank 
o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi shartlarini kredit oluvchi ya'ni qarzdor 
“Tabassum” MCHJ shartnomada ko‘rsatilgan summalarni to‘lab berishi shart 
hisoblanadi. Lekin Kreditor ya'ni bank kredit shartnomasida ko‘rsatilganda ko‘p 
miqdorda penya va jarima undurishni so‘raydi. Shunday ekan taraflar o‘rtasida 
tuzilgan kredit shartnomasi shartlariga muvofiq, majburiyatning bajarilishini 
ta’minlash maqsadida, bank tomonidan mijozga agarda shartnoma shartlari lozim 
darajada bajarilmaydigan bo‘lsa, ya’ni kredit qarzi va unga hisoblangan foizlar 
belgilangan jadvaldan kechiktirilgan holda to‘lanadigan bo‘lsa, har bir 
kechiktirilgan kun uchun0,9 foiz miqdorida, ammo qarz summasining 70 foizidan 
oshiq bo‘lmagan miqdorda penya hamda majburiyatning bajarilmagan qismining 
25 foizi miqdorida jarima to‘lashi kerak. Lekin qarz oluvchi tomonidan shartnoma 
shartlari lozim darajada bajarilmaganligi sababli bank sudga da’vo ariza bilan 
murojaat qilib, jamiyatdan kredit qarzi, unga hisoblangan foiz va qarz 
summasining 80 foizi miqdorida penya va 30 foiz miqdorida jarima undirishni 
so‘raydi . Bankning bu talabi natog‘ri. Sud bu vaziyatda kreditorga qarzdordan 
shartnomada ko‘rsatilgan summalarni undurib beradi, ya’ni qarz summasining 70 


foizidan oshiq bo‘lmagan miqdorda penya hamda majburiyatning bajarilmagan 
qismining 25 foizi miqdorini undirib beradi. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
J.I.Yuldashev, 
M.X.Borotov, 
V.R.Topildiyev, 
N.F.Imomov, 
V.Y.Ergashev, J.I.Babaev, Sh.N.Roʻzinazarov, O.Oqyulov. Fuqarolik huquqi. 
Darslik. –T., 2017-yil. 314 b. 
2. V.R.Topildiyev. Fuqarolik huquqi. –T., 2014-yil 280 b. 
Normativ-huquqiy hujjatlar: 
3. O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – T.: ―Yuridik adabiyotlar 
publish 2022 y. -174 bet.
4. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi.o‗zbekiston 
Respublikasida xizmat ko‗rsatgan yurist prof. O.Oqyo‗lovning umumiy tahriri 
ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2017. 112-bet.
5. Fuqarolik huquqi (yuridik texnikumlaruchun darslik) / Mualliflar 
jamoasi. O.Oqyulov,N. Imomov, M. Baratov va boshqalar. - T.: TDYU, 2021 - 
192 bet.
6. Братусь С.Н. Предмет и система советского гражданского права. — 
М., 1963. С. 42—47.
7. А лексеев С.С. П редмет советского социалистического
гражданского права. Свердловск., 1959. С.72 
8. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. (2022-yil 1-
avgustgacha bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). “Yuridik adabiyotlar 
publish”. –T.: 2022 y. 607 b. 
Internet saytlari: 
1. www. norma.uz
2. www. lex.uz
3. www. adolat.uz 
4. https://fheruz.wordpress.com 
 

Download 423.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling