Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar har bir talaba 21+10=31 ta masalani
Download 112.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Yasashga doir masala amaliy
Amaliy topshiriq Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar har bir talaba 21+10=31 ta masalani ishlashi kerak. Talabalar topshiriqlarni daftar yoki listga yoziladi hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. 1. Berilgan uch nuqtaning ikkitasidan o`tkazilgan to`g`ri chiziqqa parallel qilib uchinchi nuqtadan to`g`ri chiziq o`tkazing. 2. Berilgan to`g`ri chiziqda shunday nuqta topingki, uni to`g`ri chiziq tashqarisida berilgan nuqta bilan tutashtiruvchi kesma va shu to`g`ri chiziq bilan berilgan kattalikdagi burchak hosil qilsin. 3. Faqat sirkuldan foydalanib, berilgan kesmani davom ettirmasdan uning davomida yotuvchi nuqtani toping. 4. Ma`lum uzunlikdagi kesmani berilgan burchak tomonlari orasiga burchakning tomonlarini kesib o`tuvchi ma`lum to`g`ri chiziqqa parallel ( yoki bu kesma burchakning bir tomoni bilan ma`lum burchak tashkil etadigan) qilib joylashtiring. 5. Berilgan burchak tomonlari orasiga ma`lum uzunlikdagi kesma uchlarini burchak tomonlaridan teng kesmalar ajratadigan qilib joylashtiring. 6. Berilgan nuqtadan berilgan burchak tomonlaridan teng kesmalar ajratadigan to`g`ri chiziq o`tkazing. 7. Berilgan burchakning uchidan uning tashqarisida yotuvchi hamda burchak tomonlari bilan teng burchaklar hosil qiluvchi to`g`ri chiziq o`tkazing. 8. Burchak va nuqta berilgan. Shu berilgan nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, uning berilgan burchak tomonlari orasidagi kesmasi burchakning bir tomonida shu to`g`ri chiziq ajratgan kesmaga teng bo`lsin. 9. Berilgan nuqtadan berilgan ikki parallel to`g`ri chiziq orasidagi kesmasi ma`lum uzunlikda bo`lgan to`g`ri chiziq o`tkazing. 10. Berilgan burchak tomonlarini ma`lum uzunlikdagi kesmalar hosil qilib kesib o`tkazuvchi to`g`ri chiziq o`tkazing. 11. Uchburchakning asosiga parallel qilib uchburchak yon tomonlarini kesganda, bir yon tomonining pastki kesmasi ikkinchisining ustki kesmasiga teng bo`lgan to`g`ri chiziq o`tkazing. 12. To`g`ri burchakni teng uchga bo`ling. 13. Sirkul va chizg`ich yordamida quyidagi burchaklarni yasang: 15⁰, 22⁰, 30′, 60⁰, 75⁰, 105⁰, 112⁰30′, 120⁰, 135⁰, 150⁰. 14. O`rta perpendikulyar tushunchasidan foydalanmay, berilgan to`g`ri chiziqqa uning berilgan nuqtasidan perpendikulyar chiqaring. 15. Uchi chizmada ko`rsatilmagan burchakning bissektrisasini toping. 16. Berilgan A nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, berilgan B va C nuqtalardan u to`g`ri chiziqqacha masofalar teng bo`lsin. 17. Berilgan A nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, berilgan B va C nuqtalardan bu to`g`ri chiziqqa o`tkazilgan perpendikulyarlar orasidagi masofa berilgan kesmaga teng bo`lsin. 18. Berilgan ikki nuqtaning har biridan bittadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, ularning berilgan to`g`ri chiziq bilan kesishuvidan teng tomonli uchburchak hosil bo`lsin. 19. Burchak ichidagi nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, uning burchak tomonlari orasida qolgan kesmasi shu nuqtada teng ikkiga bo`linsin. 20. Berilgan aylanaga shunday ikki urinma o`tkazingki, ular o`zaro berilgan burchak ostida kesishsin. 21. Aylana ichida berilgan nuqtadan shunday vatar o`tkazingki, u vatar shu aylanada teng ikkiga bo`linsin. 1-masala. Bir burchagi va shu burchak uchidan chiqqan balandligi hamda bissektrisasi berilgan uchburchak yasang. 2-masala. Asosi c va ikki yon tomoniga tushirilgan medianalari m a , m b berilgan uchburchak yasang. 3-masala: Aylanada shunday nuqta topilsinki, u berilgan ikki nuqtadan teng masofada yotsin. 4-masala: Uchburchakning bir tomonida shunday nuqta topingki, u nuqta uchburchakning qolgan ikki tomonidan teng uzoqlikda joylashgan bo`lsin. 5-masala. Berilgan radius bo`yicha berilgan nuqtadan o’tib, berilgan to’g’ri chiziqqa urinuvchi aylana chizing. 6-masala. Asosi, uchidagi burchagi va shu uchidan tushirilgan balandligi berilgan uchburchak yasang. 7.Masala: Balandligi, perimetri va asosiga yopishgan bitta burchagi berilgan uchburchak yasang. 8-masala. A burchak va uning bir tomonida B berilgan; bu burchakning ikkinchi tomonida shunday C nuqta topingki, |AC|+|CB| yig`indi berilgan l kesmaga teng bo`lsin. 9-masala. Quyidagi elementlarga ko`ra to`g`ri burchakli uchburchak yasang 10-masala. Ikki tomonining ayirmasi va shu tomonlar qarshisidagi burchaklarining yig`indisi va ayirmasi berilgan uchburchak yasang. Download 112.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling