Hurmatli talabalar yuqoridagi mavzular bilan to‘liq tanishib chiqing va
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek tilining sohada qollanilishi Amaliy topshiriq
2-topshiriq. Rus va boshqa (fors,arab) tillardan o‘zlashtirish yoki so‘zma-
so‘z tarjima qilish orqali yasalgan 20 ta (sohangizga oid) so‘zni yozing ularning har biriga gap tuzing va izohlang. 3-topshiriq: Matnni o’qing va o’z faoliyatingizda bu me’yorlarga qanday amal qilasiz? Misollar bilan izohlab bering. O‘zbek adabiy tilining me’yorlari: 1. Fonetik me’yorlar. Bunda hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo‘llanilishi me’yor hisoblanadi. 2. Leksik-semantik me’yor (so‘z qo‘llash)lar. So‘z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo‘lgan ko‘rinishini tanlab olish hozirgi o‘zbek tilining lugʻaviy me’yori hisoblanadi. Imlo, talaffuz, tarjima lugʻatlarida lugʻaviy me’yor o‘z aksini topadi. So‘zning ma’nosini bilmay ishlatish, shevaga xos so‘zlarni qo‘llash, paronimlarning ma’nosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan to‘gʻridan to‘gʻri kalka-tarjima qilish me’yor hisoblanmaydi. Masalan: bo‘lsa o‘rnida bo‘sa so‘zini ishlatish, yorugʻ o‘rnida yoruqso‘zidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari. 3. Talaffuz me’yorlari (orfoepik). Til birliklarining ogʻzaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi. Ruscha so‘zlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva to‘gʻri aytilishi Maskva) so‘zlarni o‘zbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yo‘l-jo‘l) talaffuz me’yorlarini egallashda orfoepik lugʻatlarning ahamiyati katta. 4. Aksentologik (urgʻuning to‘gʻriligi) me’yorlar. Bunda so‘z va gaplarda urgʻuni to‘gʻri qo‘llash me’yori tushuniladi. Urgʻuni to‘gʻri ishlatmaslik so‘z ma’nosiga ta’sir qiladi: olma-meva, olma-buyruq fe’li. 5. Grammatik me’yor: Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi. Ammo kelishik qo‘shimchalarini noto‘gʻri qo‘llash uchraydi. Ba’zan – ning o‘rnida –ni, -lar o‘rnida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida ko‘rdim. (direktorni o‘z xonasida ko‘rmoq). Direktorning xonasida ko‘rdim. (Boshqa birovni direktor xonasida ko‘rmoq). 6. So‘z yasalish me’yorlari: So‘z yasovchi qo‘shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so‘z yasalish me’yori hisoblanadi. Ba’zan nuqtda sifat yasovchi –li va ot yasovchi –lik qo‘shimchalari farqlanmay ishlatiladi. Paxtali chopon o‘rnida paxtalik chopon. 7. Imloviy me’yorlar (orfografik). Hozirgi o‘zbek adabiy tilining me’yorlari 1956- yil “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilindi.Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bo‘gʻin ko‘chirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy me’yor so‘zlarning to‘gʻri, xatosiz yozilishiga asoslanadi. 8. Grafik (yozuv) me’yorlari: Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bo‘lib, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat. 9. Punktuatsion me’yorlar: Bu me’yor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta, qo‘shtirnoq, qavs) 10. Uslubiy me’yor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma’qulini qo‘llash adabiy tilning uslubiy me’yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto‘gʻri foydalanish, so‘z takror ayrim eskirgan so‘zlarni qo‘llash nutqni uslubiy jihatdan buzadi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya qilish majburiy sanaladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling