Hurmatli talabalar yuqoridagi mavzular bilan to‘liq tanishib chiqing va


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1396569
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ozbek tilining sohada qollanilishi Amaliy topshiriq

5-Topshiriq. 
Ta’lim 
sohasida 
davlat 
tilining 
mavqeini 
tiklashga yo`naltirilgan sa’y-harakatlar to‘g‘risidagi fikr va mulohazalaringizni 
yozing.


6-Topshiriq. Matnni o‘qing. 
O’z faoliyatingizda shu narsalarga amal 
qilasizmi? 
Nutqning tо‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni 
tо‘g‘ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik 
va grammatik meyorlari talablariga mos keladigan nutq tо‘g‘ri nutqdir. Nutqning 
talaffuz madaniyati til materiallarini tо‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir. 
Bunga sо‘z va iboralarning tо‘g‘ri diksiyasi, sо‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va 
pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda 
mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: Semiz papkali 
kishi keldi, Onasiz bola о‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning qaysi gap 
bо‘lagiga tushishiga kо‘ra turli ma’nolarni anglatishi mumkin. Madaniy nutqda 
sо‘zlarning tо‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir. Ayrim sо‘zlarni 
eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi birbiriga yaqin 
sо‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida x tovushi о‘rnida h ni 
(shoh-shox), u tovushi о‘rnida о‘ (ulkan-о‘lkan) ni, ruscha о‘zlashmalardagi о‘ 
tovushi о‘rnida o (kollej) ni talaffuz qilish g‘ayri me’yoriydir. Intonatsiya tufayli 
sо‘zlarning ma’no ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Odatda, intonatsiya nutq 
sо‘zlanib turgan vaziyatda yuzaga keladi va u nutqiy talabga kо‘ra har xil 
kо‘rinishda bо‘ladi. Masalan: keling sо‘zi ohangiga kо‘ra samimiyat, norozilik, 
masxaralash kabi qator ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bahor sо‘zi gap intonatsiyasi 
bilan aytilmasa sо‘zligicha turaveradi, ammo tegishli intonatsion modelga muvofiq 
aytilsa darak, sо‘roq, undov gaplarga aylanadi. Tо‘g‘ri nutq tuzish uchun fikrni har 
tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z variantlarini topa bilish, ularni 
о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy ma’nosini tushunmaslik uni 
xato qо‘llashga olib keladi. Masalan: G‘ofir Solihboyning qiroli edi. Sinonimlar 
nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi. 
Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy nozikliklarini tо‘la anglagan holda 
foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq. 
Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri 
shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash 
muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi 
tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib 
qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda
matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi: gap 
askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning 
ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. - 
Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari 
qatnashdi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling