Husanboy xoldorov 2020-2021-yillar +99893 678 68 77
§ 4. Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf o\'zbekiston tarixidan testlar to\'plami (2)
§ 4. Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati
boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi 1. Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin tomonidan O’rta Osiyoga favqulotda komissar qilib tayinlangan shaxsni aniqlang? A) Kuropatkin B) Kobozev C) Kolesov D) Perfilyev 2. Qachon Turkiston ishchi , soldat, krestyan, musulmon va dehqonlarning V o’lka sezdi bo’lib o’tadi? A) 1918-yil 21-aprel – 1-may B) 1918-yil 20-aprel – 1-may C) 1918-yil 23-aprel – 2-may D) 1918-yil 25-aprel – 5-may 3. Turkiston ishchi ,soldat,krestyan, musulmon va dehqonlarning V o’lka sezdi qayerda bo’lib o’tadi? A) Moskva B) Toshkent C) Samarqand D) Qo’qon 4. “Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston sovet respublikasi haqidagi nizomi” qachon qabul qilingan? A) 1918-yil 30-may B) 1918-yil 1-may C) 1917-yil-30-aprel D) 1918-yil 25-may 5. Kimlarning ko’rsatmasiga binoan “Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston sovet respublikasi haqidagi nizomi” qabul qilinganligini aniqlang? A) Kobozev va Perfilyev B) Lenin va Stalin C) Risqulov va Kichik Ergash D) Frunze va Lenin 6. Turkiston avtanom sovet sotsialistik respublika qachon tuzilganligini aniqlang (TASSR)? A) 1918-yil 30-may B) 1918-yil 30-aprel C) 1917-yil-30-iyul D) 1919-yil 25-may 7. 1918-yilning 17-25-iyunida Toshkentda …..? 1. Turkiston o’lka bolsheviklarining tashkiliy syezdi bo’lib o’tdi 2. Turkiston kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi 3. Ivan Tobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi 4. Turkiston Markaziy Komiteti tarkibiga mahalli kommunistlardan Nizomiddin Xo’jayev kiritildi 5. Respublika siyosiy hayotida Turkiston Komunistik partiyasi yetakchi mavqega ega bo’ldi. A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5 8. O’z saflarida milliy kommunistlar va ayrim jadidlarni birlashtirib, sovet rejimining mustamlakachilik siyosatini tanqid qilgan tashkilotni aniqlang? A) “Sho’roi Ulamo” B) “Sho’roi Islomiya” C) “Musulmonlar byurosi” D) “Turkiston kommunistik partiyasi” 9. Qachon Turkiston Kommunistik partiya sining II konferensiyasida RKP (b) o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilindi? A) 1919-yil mart B) 1919-yil aprel C) 1919-yil may D) 1919-yil iyun 10. Musulmonlar byurosi raisini aniqlang? A) N. Xo’jayev B) A. Muhitdinov C) T. Risqulov D) Yu. Aliyev 11. Quyidagi shaxslardan nechtasi Musulmonlar byurosi faoliyatida ishtirok etmagan? 1. T.Risqulov 2. N.Xo‘jayev 3. A.Muhitdinov 4. Y.Ibragimov 5. Yu.Aliyev 6. Munavvarqori 7. Abdulla Avloniy 8. F. Xo’jayev A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 12. 1920-yil yanvarda Turkiston ASSR MIK raisi, o‘lka Musulmonlar byurosi raisi T. Risqulov qanday talablar bilan chiqqan edi? 1. Turkiston Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni Turk Respublikasi deb atash 2. Yagona kommunistik partiya – Turkiston turkey alqlarining kommunistik partiyasini (qisqacha Turk partiyasi) tuzish 3. Turkiston ASSR Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish, 4. Musulmonlarning alohida armiyasini tuzish va qizil armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkiston hududidan olib chiqib ketish 5. Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti (Turkfront)ni tugatish A) 1,2,3 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5 13. T. Risqulovning Turkistonni mustaqillik tomon olib boruvchi ushbu fikrlariga kimlar qarshi chiqdi? A) M.V. Frunze va V.I. Lenin B) I. Tobolin va I. Stalin C) F. Kobozev va M.V. Frunze D) F. Kolesov va V.I. Lenin 14. Qachon T. Risqulov o‘z vazifasidan ozod qilinib, Moskvaga ishga chaqirib olindi? A) 1920-yilning yozi B) 1920-yilning kuzi C) 1920-yilning qishi D) 1921-yilning yozi 15. Turkistonda qachon boshlangan ocharchilik bolsheviklarning qattol siyosati natijasida tobora kuchayib borgan? A) 1917-yilning yozi B) 1918-yilning kuzi C) 1917-yilning qishi D) 1918-yilning yozi 16. 1918-yil 20-noyabrda Turkiston ASSRda kimning raisligida ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi tuzilgan ? A) T. Risqulov B) Madaminbek C) F.Xo’jayev D) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev 17. 1917-1923-yillarda qayerda yuz bergan ocharchilik natijasida 1 mln kishi(1), va 200 000 (2) kishi o‘lib ketgan? A) 1-Sirdaryo va 2-Toshkent 7 B) 1-Farg‘ona vodiysida va 2-Samarqandda C) 1-Buxoro va 2-Samarqandda D) 1-Farg’ona va 2-Toshkentda 18. Turkiston o‘lkasidan Markazga oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqib ketish tobora kuchaydi. … tashib ketilayotgan non mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat turlarining miqdori bir necha marta ko‘paygan? A) 1919-yilda B) 1921-yilda C) 1920-yilda D) 1922-yilda 19. Nechanchi yillarda Turkistondan Rossiyaga 4,4 mln pud g‘alla jo‘natilgan? A) 1921-1922-yillarda B) 1922-1923-yillarda C) 1924-1925-yillarda D) 1920-1922-yillarda 20. Bolsheviklar sovet hokimiyatining dastlabki davri “Harbiy kommunizm” deb yuritgan siyosati qaysi davrda amalga oshirilgan? A) 1921-1922-yillarda B) 1918-1919-yillarda C) 1917-1919-yillarda D) 1918-1920-yillarda 21. “Butun sanoat ishlab chiqarishi davlat qo‘lida jamlanishi, qattiq markazlashtirish asosida boshqarilishi; dehqonlar o‘zi yetishtirgan mahsulotning ortiqchasini davlatga topshirishi (oziq-ovqat razvyorstkasi, ya’ni taqsimoti); davlat esa oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini taqsimlashni o‘z qo‘liga olshi; bozor yo‘qotilib pul muomalasi natura (mahsulotlar) bilan almashtirishi; mehnatga yaroqli barcha aholi majburiy mehnatga jalb qilishi (mehnat militarizatsiyasi)” bu …? A) “Harbiy kommunizm” B) “Bolshevizm davri” C) “Sotsialistik qurilish” D) “Qayta qurish” 22. “Harbiy kommunizm” siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra ……. qarshi qaratilgan bo‘lib, sotsializm qurish usuli sifatida mutlaqo yaroqsiz edi? A) Xalqqa B) Jadidlarga C) Musulmonlarga D) Dehqonlarga 23. Qachon RKP (b) X syezdi oziq-ovqat razvyorstkasini oziq- ovqat solig‘i bilan almashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi? A) 1921-yil mart B) 1921-yil aprel C) 1921-yil iyul D) 1923-yil aprel 24. XX asr boshlarida Sovet hokimiyati Turkistondagi barcha fabrika-zavodlarni o‘z egalari qo‘lidan tortib olib, undan avvalo nimada foydalandi? A) Mudofaaga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishda B) Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishda C) Markaz mafaatlari uchun xizmat qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda D) Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda 25. XX asr boshlarida Turkistonda kimlar fuqarolik huquqlaridan mahrum etildi? A) Xususiy mulk egalari B) Zodagonlar C) Jadidlar D) Taraqqiyparvar milliy ziyolilar 26. Turkistonda qachon Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) joriy qilindi? A) 1921-yil mart B) 1921-yil avgust C) 1921-yil iyul D) 1923-yil aprel 27. Turkistonda Yangi iqtisodiy siyosat NEPning asosi nimalardan iborat edi? 1. Boshqaruv tizimida islohotlar o’tkazish 2. xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish 3. ishlab chiqaruvchiga erkinlik berish 4. Dehqonlarga bir qadar erkinlik berish 5. Iqtisodiyotga rahbarlik qilishning harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish 6. Xususiy mulk egalari tekinxo‘rlar deb e’lon qilish 7. Ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini markazga junatish A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,5 C) 1,4,5,6 D) 1,5,6,7 28. Sovet hokimiyati tomonidan O‘rta Osiyoda yer-suv islohoti necha bosqichda amalga oshirilgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 29. O‘rta Osiyoda yer-suv islohoti birinchi bosqichi qachon va qayerda amalga oshirilgan? A) 1921-1922-yillarda Turkiston ASSR va Qozog‘iston ASSRda B) 1921-1922-yillarda Turkiston ASSR va Turkmaniston ASSRda C) 1922-1923-yillarda Turkiston ASSR va Qozog‘iston ASSRda D) 1921-1922-yillarda Tojikiston ASSR va Qozog‘iston ASSRda 30. Yer-suv islohotini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish 1921- yil bahorida boshlanib, u dastlab qaysi viloyattlarda amalga oshirildi? 1. Yettisuv 2. Sirdaryo 3. Farg‘ona 4. Samarqand 5. Buxoro 6. Toshkent A) 1,2,3 B) 2,3,4,5 C) 1,2,5,6 D) 1,2,3,4 31. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Yer-suv islohotining birinchi bosqichida yer tuzish jamg‘armasiga 1722626 desyatina yer qo‘shildi B) Sovet hokimiyati tomonidan resurslardan mahalliy aholiga faqat 600000 desyatina yer ekin ekish va yaylovlar uchun ajratildi C) Pud – 17,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi D) Desyatina – (ruscha desyat – o‘n) metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling