Husanboy xoldorov 2020-2021-yillar +99893 678 68 77


§ 3. Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana31.01.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1832862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10-sinf o\'zbekiston tarixidan testlar to\'plami (2)

§ 3. Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar
davlatchiligi tarixida yangi bosqich 
1. Butunturkiston o’lka musulmonlarining favqulotda IV 
qurultoyi qachon va qayerda o’tkaziladi?
A) 1917-yilning 26-28-noyabr kunlarida Qo’qonda
B) 1917-yilning 26-28-noyabr kunlarida Toshkentda
C) 1918-yilning 26-28-noyabr kunlarida Samarqanda
D) 1917-yilning 26-28-dekabrida kunlarida Buxoroda 
2. Butunturkiston o’lka musulmonlarining favqulotda IV 
qurultoyida ko’rilgan asosiy masalani aniqlang?
A) Turkistonni yagona davlatga aylantirish masalasi
B) Turkistonni boshqarish shakli masalasi
C) Turkistoning yer-suv masalasi
D) Mamlakatning rus bosqinidan xalos etish masalasi 
3. Turkiston Muxtoriyati qachon tashkil topganligini aniqlang?
A) 1917-yil 27-noyabr B) 1917-yil 21 noyabr
C) 1917-yil 24-dekabr D) 1917-yil 23-fevral 
4. Turkiston Muxtoriyatining markazi qaysi shahar ekanligini 
aniqlang?
A) Toshkent B) Qo’qon C) Samarqand D) Namangan 
5. Qachon tarkib topayotgan mazkur hukumatning nomi 
aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi? 
A) 1917-yil 27-noyabr B) 1917-yil 29-noyabr
C) 1917-yil 28-noyabr D) 1917-yil 23-fevral 
6. Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV 
qurultoyi yig‘ilishda Butunrossiya Ta’sis Majlisi chaqirilgunga 
qadar hokimiyat … va … qo‘lida bo‘lishi kerak, deb qaror qabul 
qildi? 
A) Muvaqqat Harbiy Kengash, Majlisi Oliy 
B) Turkiston Harbiy Kengashi, Turkiston Xalq (Millat) Majlisi 



C) Milliy Mudofaa Kengashi, Ulamolar Majlisi 
D) Turkiston Muvaqqat Kengashi, Turkiston Xalq (Millat) Majlisi 
7. Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashining tarkibi necha 
kishidan iborat hukumat tuziladi?
A) 5 kishi B) 8 kishi C) 9 kishi D) 7 kishi 
8. Turkiston Muxtoriyatining bosh vaziri etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) M.Tinishboyev
B) Islom Sulton Shoahmedov
C) Mustafo Cho’qay
D) Ubaydulla Xo’jayev
9. Turkiston Muxtoriyatining harbiy vaziri etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) M.Tinishboyev
B) Islom Sulton Shoahmedov
C) Mustafo Cho’qay
D) Ubaydulla Xo’jayev 
10. Turkiston Muxtoriyatining tashqi ishlar vaziri etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) M.Tinishboyev
B) Islom Sulton Shoahmedov
C) Mustafo Cho’qay
D) Ubaydulla Xo’jayev 
11. Turkiston Muxtoriyatining bosh vazir o’rinbosari etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) Solomon Gersfeld
B) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
C) Islom Sulton Shoahmedov D) Abdurahmon O’razayev 
12. Turkiston Muxtoriyatining yer suv boyliklari vaziri etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) Solomon Gersfeld B) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
C) Islom Sulton Shoahmedov D) Abdurahmon O’razayev 
13. Turkiston Muxtoriyatining oziq-ovqat vaziri etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) Solomon Gersfeld
B) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
C) Obidjon Mahmudov D) Abdurahmon O’razayev 
14. Turkiston Muxtoriyatining ichki-ishlar vazirining o’rinbosari
etib kim tayinlanganligini aniqlang?
A) Solomon Gersfeld
B) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
C) Islom Sulton Shoahmedov D) Abdurahmon O’razayev 
15. Turkiston Muxtoriyatining moliya vaziri etib kim 
tayinlanganligini aniqlang?
A) Solomon Gersfeld
B) Hidoyatbek Yurug’li Agayev
C) Islom Sulton Shoahmedov D) Abdurahmon O’razayev 
16. Quyidagilarni mutaxasisligi bilan moslashtiring?
1. M.Tinishboyev 2. Solomon Gersfeld, Mustafo Cho’qay, 
Abdurahmon O’razayev, Ubaydulla Xo’jayev 3. Hidoyatbek 
Yurug’li Agayev 4. Obidjon Mahmudov
a) Tog’-kon sanoati mutaxasisi b) agranom c) huquqshunos
d) temiryo’l muhandisi
A) 1-b,2-a,3-c,4-d
B) 1-d,2-c,3-b,4-a
C) 1-a,2-c,3-b,4-d
D) 1-a,2-b,3-c,4-d 
17. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. 
…. Bosh vazir
lavozimini bajarishga kirishdi? 
A) Mahmudxo’ja Behbudiy B) Ubaydulla Xo’jayev 
C) Mustafo Cho‘qay D) Kichik Ergash
18. Qachon Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati 
a’zolari imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu 
Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, 
jinsi, yoshi va siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, yakdillik va 
hamjihatlikka da’vat etilgan edi? 
A) 1917-yil 1-dekabr B) 1917-yil 2-dekabr
C) 1917-yil 29-noyabr D) 1917-yil 6-dekabr 
19. Avval chiqayotgan qachon gazetasi ham o‘z sahifalarida 
muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o‘rin bera boshladi? 
A) “Hurriyat” B) “Ulug‘ Turkiston” 
C) “El bayrog‘i” D) “Birlik tug‘i” 
20. Nashr ishlarini yaxshilash uchun kimning bosmaxonasi 
hukumat ixtiyoriga o‘tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo‘shinni 
tashkil qilishga kirishdi 
A) M. Buhbudiy B) A. Fitrat 
C) O. Mahmudov D) Hamza 
21. Turkiston Muxtoriyatining harbiy vaziri boshchiligida harbiy 
ko’rik (parad) qachon o’tkazilganligini va unda qancha askar 
qatnashganligini aniqlang?
A) 1918-yil ,1200 askar
B) 1919-yil 2500 askar
C) 1918-yil 2000 askar D) 1917-yil 2000 askar 
22. Hukumat iqtisodiy sohada qancha miqdorida ichki zayom 
chiqarishni yo‘lga qo‘ydi? 
A) 20 million so‘m B) 25 million so‘m 
C) 35 million so‘m D) 30 million so‘m 
23. Turkiston Muxtoriyati hukumati aholini ocharchilik 
changalidan qutqarish uchun qayerdan mamlakatga g’alla olib 
kelish ishlarida amaliy qadamlar tashladi?
A) Qozog’istondan Orenburg orqali B) Sibirdan Kavkaz orqali
C) Kavkazdan Orenburg orqali D) Erondan Turkmaniston orqali 
24.Turkiston Muxtoriyati hukumalatini alqab sherlar yozgan 
shoirlarni aniqlang?
A) Cho’lpon, Fitrat, Hamza B) Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy
C)Fitrat, Behbudiy,M.Qori D)Behbudiy,M.Qori,Abdulla Qahhor 
25. Muxtoriyat e’lon qilingan 27-noyabr kunini “Milliy Laylatul 
qadrimiz” deb nomlagan quyidagi shoirni aniqlang?
A) Cho’lpon B) Behbudiy
C) M.Qori
D) Fitrat 
26. Quyidagilardan qaysi biri Turkiston Muxtoriyatining nashri 
emas?
A) “El bayrog’I” B) “Birlik tug’I”
C) “Svabodniy Turkestan” D) Al-Izoh 
27. Qayerda bo’lib o’tgan viloyat Sovetlatining sezdida 
yig’ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo’shilishga qaror qabul 
qildilar?
A) Toshkent B) Samarqand C) Qo’qon D) Buxoro 
28. Quyidagi qaysi gazetada yozilishicha Toshkentda 60000 
kishidan iborat namoyish bo’lib o’tadi?
A) “Ulug’ Turkiston”
B) “Al-Izoh”
C) “El bayrog’I”
D) Turkestanskiy vedemosti 
29. Qachon Toshkentda 60000 kishidan iborat namoyish bo’lib 
o’tadi?
A) 1917-yil dekabr B) 1917-yil yanvar 
C) 1917-yil noyabr
D) 1918-yil fevral
30. Toshkentda 60000 kishidan iborat namoyishga kim 
rahbarlik qilgan?
A) Cho’lpon
B) Behbudiy
C) Munavvarqori
D) Fitrat 
31. Toshkent Soveti rahbarini aniqlang? 
A) Krovichenko
B) A. Kerenskiy 
C) G. lvov 
D) Ivan Tobolin 
32. Qachon Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari 
Sovetlarining favqulodda bo‘lib o‘tgan IV syezdida Turkiston 
Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi? 
A) 1918-yil 19-26-yanvar B) 1918-yil 20-25-yanvar 
C) 1918-yil 13-19-yanvar 
D) 1918-yil 11-15-fevral
33. Turkiston o‘lka XKS qachon Turkiston Muxtoriyatiga qarshi 
harbiy harakatlarni boshladi? 
A) 1918-yil 27-yanvar
B) 1918-yil 30-yanvar 
C) 1918-yil 29-yanvar D) 1918-yil 26-fevral
34. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? 
A) 30-yanvar kechqurun Toshkentdan yuborilgan dastlabki 
harbiy otryadlar Skobelevdan Qo‘qonga to‘p va pulemyotlar 
bilan yetib keldi 
B) 31-yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi 
C) 6-fevralda esa shaharda yong‘inlar bo‘ldi. 
D) Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qo‘shinidan tashqari 
qo‘qonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, 
cho‘kich, tayoq ko‘targan xaloyiqning soni 10 000 kishiga yetdi 
35. “Dashnoq-sutyun partiyasi” qaysi xalqning partiyasi 



hisoblanadi?
A) Armanlar
B) Gruzinlar
C) Ozarbayjon D) Boshqirdlar 
36. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? 
A) Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun mavjud bo‘lgan 
B) Eshelon – (fr. – zina, zinapoya) maxsus yuk, texnika, 
artilleriya, tank va qo‘shinlar ortilgan poyezd yoki avtokolonna 
C) “Xo‘qand hozir o‘liklar shahri” degan dahshatli ibora “El 
bayrog’I” gazetasida chiqqan 
D) Dashnoqlar – (armancha) – arman millatchilarining 
“Dashnoqsutyun” (ittifoq) partiyasi a’zolari. 
37. 18-fevraldan boshlab amalda muxtoriyat hukumatining 
rahbariga aylangan shaxsni aniqlang? 
A) Kichik Egash
B) Katta Ergash 
C) Madaminbek
D) M. Cho’qay 
38. Turkiston o‘lkasi harbiy komissari Ye.Perfilev boshchiligidagi 
piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat nechta eshelon 
bolsheviklarning harbiy kuchlariga madad berish uchun 
Qo‘qonga keldi? 
A) 9 B) 10 C) 11 D) 13 
39. Qo’qon shahri ustiga necha kun davomida to‘plardan 
yondiruvchi snaryadlar otildi? 
A) 2 B) 3 C) 5 D) 7 
40. Qo‘qonning o‘zida … kun davomida … kishi o‘ldirildi 
A) 3, 100 000 B) 3, 10 000
C) 5, 10 000 D) 2, 10 000
41. “Ulug‘ Turkiston” gazetasi chuqur qayg‘u bilan xabar 
berganidek, “…. Xo‘qand (Qo‘qon) tarixining eng dahshatli kuni 
edi. Armanilar ayricha faoliyat ko‘rsatganlar” 
A) 18-fevral B) 20-fevral 
C) 21-fevral D) 22-fevral 
42. Turkiston Muxtoriyati va Rus bolsheviklari o’rtasidagi 
shartnoma qachon qayerda imzolandi?
A) 1918-yil 22-fevralda Toshkentdagi Rus-Osiyo banki binosida
B) 1918-yil 22-fevralda Qo’qondagi Rus-Osiyo banki binosida
C) 1917-yil 22-fevralda Toshkentdagi Rus-Osiyo banki binosida
D) 1918-yil 22-martda Toshkentdagi Rus-Osiyo banki binosida 
43. Sovet rejimiga qarshi qurolli qarshilik harakati eng avvalo 
1918-yilning erta bahorida qayerda ko’tarilgan?
A) Turkistonda
B) Farg’ona vodiysida
C) Xorazmda
D) Buxoroda 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling