Husayin voiz koshifiyning axloqiy qarashlari
Download 34.12 Kb.
|
HUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY QARASHLARI
Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir,
Hayotlik ayyomining hosili yaxshi nom orttirishdir, – deydi. Bu Voiz Koshifiy axloqiy taʼlimotining yetakchi gʻoyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator hikoyat va rivoyatlar bilan koʻrsatadi. Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi insonlarning xulq, feʼl atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda boʻlishi shart boʻlgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, saxovat, rostgoʻylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir taʼriflab oʻtadi. Koshifiy axlokdi inson deganda, ilm-maʼrifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, saxiy, ochiq qalb insonni tushungan. Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” (Husayn Boyqaroning oʻgʻli – Abdulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy oʻz asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari boʻyicha ham oʻz davri uchun muhim fikrlarni olgʻa suradi. U davlatni odilona boshqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini alohida taʼkidlaydi: Jahonda pok suv ichmakka boʻlmas hech kim qodir, Agar shohlar siyosat tigʻin eliga qilmasa zohir, – deydi. Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, u shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat adolatli boʻlsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak: Mamlakat tobqoy siyosatdin nizom, Gar siyosat boʻlmasa yetgay xalal, Topmagʻay olam ishi aslo tuzut. Besiyosat hech vaqtu hech mahal. Yoki: “… Adl (adolat – R. M. ) siyosatsiz mavjud boʻlmas. Siyosat yoʻq boʻlsa, sardorlik zaif. Na uchunkim mulku-millat ziynati, dinu davlati musallahi siyosatdur”, deb mamlakat taraqqiyotini, adolat qaror topishini ham Koshifiy siyosatga bogʻlaydi. Demak, Husayn Voiz Koshifiy shoir, yozuvchi, olimgina emas, balki dono siyosatchi ham boʻlgan. Uning jamiyat, davlat, tinchlik, ixtiloflarni osoyishtalik bilan hal etish zarurligi toʻgʻrisidagi fikrlari hozir ham oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning maʼnaviy davrasida boʻlgan XV asr Xuroson va Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qoʻshgan hamda oʻz asarlari bilan soʻnggi avlodlarga katta taʼsir koʻrsatgan mashhur allomalardan boʻlib tarihda qoldi. U qomusiy ijodi bilan oʻz davri maʼnaviy yuksalishi yoʻlida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Download 34.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling