Husayn voiz koshifiyning hayoti va ijodi reja


Ikkinchidan, dag‘allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan ga- pirsin


Download 58.74 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi58.74 Kb.
#1287198
1   2   3
Bog'liq
4. Husayn Voiz Koshifiy notiq va ahloq targ’ibotchisi

Ikkinchidan, dag‘allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan ga- pirsin.
Uchinchidan, gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin.
To'rtinchidan, ovozini baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga ma­le! keltirmaydigan qilib gapirsin.
Beshinchidan, odamlarga naf’i tegadigan ma’noli gaplarni ga­pirsin.
Oltinchidan, agar so‘zning qimmati - qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulugMarning so‘zi bamisoli urug'dir, agar urug‘ puch yoki chirigan bo‘lsa, uni qayerga ekmang unib chiqmaydi”2.
Husayn Voiz Koshifiy martabaga yetmaganlaming suhbat-odobi haqida ham alohida to‘xtalib, bunda u quyidagi sakkizta qoidaga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi:
Birinchidan, so'ramagunlaricha gapirmasin.
Ikkinchidan, gapirayotganda ovozini baland ko‘tarmasin.
Uchinchidan, gapirayotganda o‘ngu so‘lga qaramasin.
To‘rtinchidan, g‘arazli va kinoya gaplarni gapirmasin.
Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betgachoparlik qilmasin.
Oltinchidan, pushaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin.
Yettinchidan, odamlar gapini bo‘lib so‘z qotmasin.
' Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik taiiqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Kornilov taijimasi). - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994. 57-58-betlar. ‘

: Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Kornilov taijimasi). - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994. 58-bet.
Sakkizinchidan, ko‘p gapirmasin. Chunki ko‘p gapirish aqli no- qislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham, soz gapirishni shior etsin”1.
Bundan besh asr muqaddam aytilgan ushbu o‘gitlar inson ma’naviy tarbiyasi kun tartibida turgan, bizning zamonamizda ham dolzarb ma­sala bo‘lib turibdi. Xullas, Husayn Voiz Koshifiyning har bir asari ol- am-olam ma’noga ega bir xazinadir. O‘z umrini odamlar qalbini ilmu ma’rifat nurlari bilan munavvar qilishga bag‘ishlagan adib va mashhur voiz 1505 yilda Hirotda vafot etgan.

Download 58.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling