Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama


Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili


Download 453.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana03.11.2023
Hajmi453.88 Kb.
#1744735
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
87915 (1)

7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili. Chiroyli 
yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. O’quvchining imloviy savodxonligi haqida 
g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro 
xatosiz muomala uchun g’amxo’rlik demakdir. Shu sababli ham savod o’rgatish 
davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid 
malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi. 
Malumki, savod o’rgatish davrida o’quvchi gapni bosh harf bilan yozish
so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga ko’chirish, kishilar ismi, 
sharifi, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda 
o’rganadi. 
Chiroyli yozuv darslarida so’zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini 
tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini 
puxta egallashlariga zamin yaratadi. 
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida 
savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. 
Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi. 


51
Buhing uchun harflarning shaklini to’g’ri yozish, ularni to’g’ri ulashning ahamiyati 
kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan boglash, 
so’zlarni qatorda to’gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil 
ishlarining (bo’gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik 
tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Husnixatga o’rgatishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi? 
2. Husnixatga o’rgatishda ongillik tamoyiliga qanday amal qilinadi? 
3. Husnixatga o’rgatishda genetik tamoyilining ahamiyatini tushuntiring. 
4. Takrorlash tamoyili deganda nimani tushunasiz? 
5. Husnixatga o’rgatishda qanday ko’rgazmalardan foydalaniladi? 
6. 1-4-sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatishda ularning qaysi holatlari 
hisobga olinadi? 
7. O’quv va yozuvning o’zaro aloqadorligi nimalarda namoyon boladi? 
8. Chiroyli yozuv imlo bilan qanday aloqadorlikka ega? 

Download 453.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling