Husnixatga o'rgatishning usul va va metodlari
Nusxaga qarab ko’chirish usuli
Download 31.96 Kb.
|
Husnixatga o\'rgatishning usul va va metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nusxa ko’chirish usuli.
- Tasavvur orqali yozish usuli
- Savol va topshiriqlar
Nusxaga qarab ko’chirish usuli. Bu usul qadimiy usul bo’lib, hozirgi kunda ham qimmatini yo’qotmagan holda qo’llanilib kelinmoqda. Bu usulda o'quvchilar harflarni “Husnixat” kitobi yoki “Yozuv daftari”dagi namunalarga qarab ko’chirib yozadilar.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo’lni yurg`izib mashq qilish mehanik jarayon bo’lib, o’quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar. Namunaga qarab yozdirish o’qituvchining vaqtini tejaydi, unumli ishlashga yordam beradi. Nusxa ko’chirish usuli. Bu metod harf shaklini to’g`ri tasavvur qila olmaydigan, yozayotganda daftar chiziqlaridan pastga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o’quvchilar uchun qo’llaniladi. Ayrim hollarda o’qituvchi chiroyli yozuvga o’rgatishning dastlabki davrida o’quvchilarni harf, uning elementlari haqida to’g`ri tasavvurga ega qilish uchun yupqa xitoy qog`ozidan ham foydalanishi mumkin. Lekin bunday mashqlar qo’l harakatini o’stirish uchun yordam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi samara bermaydi, o’quvchi harf shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladi. Shuning uchun ham bu usuldan o`quvchilar bilan yakka shug`ullanganda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tasavvur orqali yozish usuli. Bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini yozdirish usuli ham yaxshi samara beradi. O’qituvchi doskaga yozib ko’rsatgan harf yoki uning bog`lanishlarini o’quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirlb ko’rsatadi va bu orqali o’quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So’ng o’quvchi daftarga yozishga kirishadi. Bunday mashq usuli o’quvchining qiziqishini oshiradi. Havoda yozishni mashq qilishda o`quvchilar tirsagi parta ustida tirishi kerak, aks holda harflar hajmi bir xil bo`lmaydi, qilingan mashq samara bermaydi. Bu usulning salbiy jihati shundaki, o’qituvchi bu usuldan foydalanganda barcha o’quvchilarning qo’l harakatini to’g`ri yoki noto’g`riligini bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o’quvchininggina qo’l harakatini kuzatib tegishli ko’rsatma beriladi. Savol va topshiriqlar: 1.Yozuvga o’rgatishda qanday usullardan foydalaniladi? 2. Chiziqli usulning ijobiy va salbiy tomonlarini bayon qiling. 3. Genetik usul husnixatga o’rgatishda qanday ahamiyatga ega? 4. Tasavvur orqali yozish usulini misollar orqali izohlang. 5. Nusxa ko’chirish usulini misollar bilan ko`rsating. 6.Yuqoridagi usullarni qo’llab dars ishlanmasini tayyorlang. Mavzu: Husnixatga o`rgatishning usullari (Ritmik usul(sanoq-ohang. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli. Qo’l harakatini mashq qildirish usuli. Qo`l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli) REJA: 1. Ritmik (sanoq-ohang) usul. 2. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. 3. Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli. 4. Qo’l harakatini mashq qildirish usuli. 5. Qo`l uzmasdan yozish usuli. 6. Xatolar ustida ishlash usuli. Download 31.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling