Namunaga qarab ko’chirish usuli. Nusxa ko’chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli reja


Download 28.32 Kb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi28.32 Kb.
#1328520
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Mavzu Statistika fanining predmeti va metodi Statistika to’gr



Namunaga qarab ko’chirish usuli. Nusxa ko’chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli)
REJA:

  1. Husnixatga o`rgatishning usullari

  2. Chiziqli usul.

  3. Genetik usul.

  4. Namunaga qarab yozish usuli.

  5. Namunaga qarab ko’chirish usuli.

  6. Nusxa ko’chirish usuli.

  7. Tasavvur orqali yozish usuli.

Tayanch atamalar: chiziqli usul, genetik usul, namunaga qarab yozish usuli, namunaga qarab ko’chirish usuli, nusxa ko’chirish usuli, tasavvur orqali yozish usuli.
Husnixatga o’rgatish metodikasi ham boshqa fanlar qatori o’zining metod va usullariga ega. Ular davr talablari asosida takomillashib bormoqda. Hozirgi kunda o`quvchilarni husnixatga o`rgatishda quyidagi metod va usullar ta`lim jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda:
1.Chiziqli usul.
2.Genetik usul
3.Namunaga qarab yozish usuli.
4.Namunaga qarab ko’chirish usuli.
5.Nusxa ko’chirish usuli.
6.Tasavvur orqali yozish usuli.
7.Ritmik usul(sanoq-ohang)
8.Harf shakllarini tahlil qilish usuli
9.Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli
10.Qo’l harakatini mashq qildirish usuli.
11. Qo`l uzmasdan yozish usuli.
11.Xatolar ustida ishlash usuli.
Chiziqli usul. Qaysidir harfni yozilishini o’rganish uchun o’quvchi harfning barcha belgilarini, harfdagi alohida elementlarning joylashish o’rnini, hajmini o’rganib bilishi kerak. O’quvchiga harfni to`g`ri joylashtirish daftar varag`iga yotiq chiziqlar chiziladi, daftarda o’ziga xos setka paydo bo’ladi. O’quvchilar yozuv setkalari ichiga har bir harfni joylashtirib yozadi.
Qatorning yo’nalishini ko’rsatib turuvchi chiziq va kataklar harf elementlarini joylashtirishni anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham chiziqli usul yozuvga o’rgatishning asosiy usullaridan hisoblanadi. Chiziqli usulning salbiy tomonlari ham mavjud:
1) kataklarda yozish bolaning mustaqilligini bir muncha cheklab qo’yadi, uning diqqatini harf va so`zlarni yozishdan ko`ra chiziqlarga qaratadi;
2) kataklar orasiga yozishni o’rgangan o`quvchilar aniq va tez yozish malakalarini egallay olmaydilar. Shuning uchun ham o’quvchi harfning elementlarini yozishni o’zlashtirib olgandan so’ng kataklarga yozishga ehtiyoj sezmaydi. Ikkinchi sinfdayoq bolalar bir chiziqli daftarga yozishga o’tadilar.
3) qo’l kaftlarining va panjalarining erkin harakatlanishi rivojlantirish uchun ko’rsatkich va katta barmoqning mayda muskullarini rivojlantirish lozim. Chiziqli usulda mayda muskullar va qo’lning kaft qismi yaxshi rivojlanmaydi. O`quvchilarda ko’rsatgich barmoq va ayniqsa uning uchi yaxshi rivojlanmasa, bola ko’rsatkich barmoq bilan ruchkani qattiq bosib yozadi. Bolalar bosh barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar.
Chiziqli usuldagi tayyorgarlik mashqlari bolalar qo’lini yozuvda kerak bo’ladigan nozik va aniq harakatlarga tayyorlab boradi. Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining yengil va egiluvchan bo’lishiga erishishdir. Chiziqli usul harflarni husnixat bilan yozishga va yozuv tezligini oshirishga yordam beradi.
Bu usulni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi o’rgatilayotgan davrda qo’llash mumkin. Masalan, Oo harflarini yozishga o`rgatish uchun barmoqlarni aylana harakat qildirish mumkin.

Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling