I – bob. Antik davr O’rta Osiyo tarixi bo’yicha moddiy va yozma manbalarning o’rganilishi


Download 112.36 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi112.36 Kb.
#1830248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5420521080018187433

Mavzuning obyekti va predmeti. Mavzuning tarixiy manbasini antik davri tarixiy davr voqyealari va unda manbalarning tutgan o’rnini o’rganish tashkil etadi. Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz. To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik o’ziga asir etadi. Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin.
Mavzuning ahamiyati Antik davrning so’nggi bosqichi hisoblangan Rim adabiyoti ham insoniyatga olam-olam ma’naviy boyliklar in’om etdi. Antik dunyoning badiiy go’zalligiga asos solgan Homer ijodigina emas, shu bilan birga, Esxil, Sofokl, Evripid va Aristofan kabi so’z san’atkorlarining nodir adabiy durdonalari ham bitmas tuganmas badiiy estetik zavq manbaidir. Gesiod, Gerodot, Fukidid, Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ iste’dodlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat qimmatlidir. Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga xosdir.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, Ikkita bob, to’rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I – BOB. Antik davr orqali O’rta Osiyo tarixi bo’yicha moddiy va yozma manbalarning o’rganilishi.
1.1 Antik davr tarixining yozma manbalarda O’rta Osiyo tarixini aks etishi
O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz. Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan. Geradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Geradot, Sitseronnning (miloddan avvalgi 106-43) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi1. Geradot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga xurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi. Geradotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. “Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 ) hamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan. Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sisiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan2. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O’zbekistonning qadimiy xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma-kompilyasiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir. Diodorning asari to’la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan avvalgi 500-449 dan to miloddan avvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos. Bu asar 1774-1775- yillari I.Alekseyev tomonidan olti qismda va 1874- 1875-yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan. Pompey Trog (milodgacha I-milodning I asrlari o’rtasida yashab o’tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuriya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha dunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urfodat va taqdir deb hisoblagan. “Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud1.
Pompey Trogning bu asari Yustin tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan. Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, Kichik Osiyoning Nikomadiya shahri


Download 112.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling